Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi


 Ishlab chiqarishning umumiy tavsifi



Yüklə 56,44 Kb.
səhifə5/11
tarix30.12.2023
ölçüsü56,44 Kb.
#164299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik -fayllar.org

2.1.3. Ishlab chiqarishning umumiy tavsifi 
Ishlab chiqarish – bu ishlab chiqarishning iqtisodiy resurslari yoki omillarini
iqtisodiy sub’ektlarga zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni olish uchun
o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat.
Ishlab chiqarishning quyidagi turlari farqlanadi:
- moddiy ne’matlar va xizmatlarni olishga qaratilgan moddiy ishlab chiqarish
(sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqalar);
- nomoddiy ishlab chiqarish – nomoddiy xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq
(sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalar).
Ishlab chiqarishda ishlab chiqarishning turli-tuman omillari qo‘llanadi:
- tabiiy resurslar;
- investitsion resurslar;



- mehnat resurslari;


- tadbirkorlik ko‘nikmalari.
Ishlab chiqarish faoliyatining har xil turlari ajratiladi:
- buyurtmali ishlab chiqarish - individual buyurtmalar bo‘yicha ishlab
chiqarish, ushbu turi hatto kichik ko‘lamida ham yuqori unumdor bo‘lishi mumkin,
unga yuqori malakali mehnat resurslariga yuqori talab xos bo‘ladi;
- moslashmaydigan ommaviy ishlab chiqarish - bir turdagi standartlash-
tirilgan mahsulotni ishlab chiqarish. Bu holda ko‘p kapitalni talab qiladigan
texnologiya ishlatiladi. Ushbu ishlab chiqarish faqat ishlab chiqarishning katta
hajmida unumli bo‘lishi mumkin;
- moslashuvchan ommaviy ishlab chiqarish - tejamkor ommaviy ishlab
chiqarishning afzalliklarini butlovchilarning turli birikmalaridan foydalanish yo‘li
bilan ishlab chiqariladigan buyumlari nomenklaturasini kengaytirish bilan
birlashtiradi.
- oqimli ishlab chiqarish - unga xom ashyo va materiallarni uzluksiz iste’mol
qilish va bunga mos holda mahsulotning uzluksiz oqimi xos bo‘ladi. Haftasiga 7
kun tun-kun ishlashda eng katta unumdorlikka erishiladi, chunki jihoz-
uskunalardan foydalanish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, tannarxi shunchalik kam
bo‘ladi. Bu mehnat resurslaridan nisbatan kam foydalanishni talab qiluvchi yuqori
avtomatlashtirilgan va ko‘p kapitalni talab qiluvchi ishlab chiqarishdir.
Ishlab chiqarishning unumdorligi. Ishlab chiqarish tavsifini yaratishda,
nafaqat ishlab chiqariladigan mahsulot turini va uni ishlab chiqarish hajmini, balki
ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati, ishlab chiqarish xarajatlari va mehnat
unumdorligi bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishning texnik vositalari va texnologik
usullarini hisobga olish lozim.
Ishlab chiqarishni tashkil etish ishlab chiqarishning barcha omillarining
muvofiqlashgan faoliyatini, ularning proporsional miqdoriy nisbatini va o‘zaro
birbirini almashishini ta’minlaydi. Mahsulotlarning belgilangan hajmini ishlab
chiqarish uchun iqtisodiy resurslarini birlashtirish ishlab chiqarish texnologiyasi
deyiladi.
U yoki bu texnologiyani tanlash mezoni ishlab chiqarishning unumdorligi
deyiladi, u iqtisodiy va texnologik bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy - ishlab chiqarishning omillariga xarajatlar va uning daromadlari
orasida qiymat bog‘liqligini aks ettiradi. Agar ishlab chiqarish usuli ishlab
chiqarishda ishlatiladigan resurslarning minimal muqobil qiymatini ta’minlaydigan
bo‘lsa, u iqtisodiy unumli hisoblanadi.
Texnologik - ishlatiladigan resurslar va olinadigan mahsulot orasida
bog‘liqlikni moddiy ifodalanishida tavsiflaydi.
Agar:



- ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ushbu resurslar hajmida maksimal


mumkin bo‘ladigan bo‘lsa;
- unda omillarning kamroq miqdori ishlatiladigan mahsulotning belgilangan
hajmini ishlab chiqarishning boshqa usuli bo‘lmasa, texnologiya unumli deb
hisoblanadi.
Shunday qilib, ishlab chiqarishning muayyan usulining texnologik
unumdorligi ikkita usul bilan baholanadi:
- ushbu usulda mahsulot chiqarishni maksimallashtirish orqali;
- ushbu mahsulot chiqarish hajmiga zarur bo‘lgan resurslarning miqdorini
minimallashtirish orqali.
Texnologiyani tanlash yuzasidan qaror qabul qilish uchta bosqichda 
bajariladi:
- mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish usullarini aniqlash;
- mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish usullari ichidan bir necha texnologik
unumli ishlab chiqarish usullarini tanlash;
- mavjud texnologik unumli usullardan bitta iqtisodiy unumli usulni tanlash.
Narxlar (resurslarga yoki tayyor mahsulotga) yoki bozor kon’yunkturasining
boshqa parametrlarining o‘zgarishi avval tanlangan ishlab chiqarish usulini
samarasiz qilishi va aksincha, boshqa usulni unumli qilishi mumkinligini hisobga
olish lozim.

Yüklə 56,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə