Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi


 Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash



Yüklə 56,44 Kb.
səhifə11/11
tarix30.12.2023
ölçüsü56,44 Kb.
#164299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik -fayllar.org

6.2.8. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash mahsulotni loyihalash ishlarining
davomidir. Bu bosqichda, ushbu mahsulot qanday texnik usullar va vositalar,
ishlab chiqarishni tashkil etish usullari yordamida tayyorlanishi lozimligi
aniqlanadi, uning tannarxi ishlab chiqarishning unumdorligi yakuniy aniqlanadi.
Ishlab chiqarishning texnik darajasini oshirish va xarajatlarini kamaytirish, mehnat


sharoitini yaxshilash, atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida ushbu metodika har


bir yangi mahsulot uchun ham, an’anaviy mahsulot uchun ham ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash oxvativaet texnologik jarayonlarni
loyihalashni qamrab oladi, ya’ni:
- jihoz-uskunalarni tanlash va sex maydonida joylashtirish;
- maxsus texnologik jihozlashni aniqlash va loyihalash;
-
mehnat,
materiallar,
xom
ashyo
va
energiyaning
xarajatlarini
me’yorlashtirish.
Texnologik jarayon deganda boshlang‘ich materiallar, xom ashyo va yarim
tayyor mahsulotning holatini va xususiyatlarini o‘zgartirish yo‘li bilan mahsulotni
tayyorlash usullarining yig‘indisi tushuniladi.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash jarayonida ishlab chiqarish
jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish usullari ishlab chiqiladi,
shuningdek ishlab chiqarishni tashkil etishning ba’zi masalalari hal etiladi, ya’ni:
oqimli usullarni joriy qilish, ish o‘rinlarini va uchastkalarini tashkil etish va
jihozlash, transport vositalari va xom ashyoni, yarim tayyor mahsulot va
mahsulotlarni saqlash vositalarini tanlash va hokazo.
Texnologik tayyorlash yo‘nalishli texnologiyasini ishlab chiqishdan, ya’ni
asosiy operatsiyalarni bajarish ketma-ketligini aniqlashdan va ularning sexlarda
jihoz-uskunalarining
muayyan
guruhlariga
biriktirilishi
ketma-ketligini
aniqlashdan boshlanadi. Ayni paytda texnologik jihoz-uskunalarni tanlash, vaqt
me’yorlarini hisoblash va ishlarning razryadini belgilash amalga oshiriladi, tegishli
malaka darajasi bo‘lgan ishchilarning mutaxassisligi ko‘rsatiladi. Yo‘nalishli
texnologiyaga muvofiq har bir sexga va uchastkaga ishlov beriladigan mahsulot
turlari biriktiriladi, bu ularning ixtisoslashuvini, korxonaning ishlab chiqarish
tuzilmasida o‘rni va rolini belgilab beradi.
Keyin har bir sex va uchastka uchun operatsion texnologiya ishlab chiqiladi,
uning tarkibida har bir ishlab chiqarish operatsiyasini bajarish ko‘rsatmalari va
parametrlarini o‘z ichiga olgan operatsiyalar bo‘yicha texnologik kartalar mavjud.
Individual va mayda seriyali ishlab chiqarishlar hamda texnologik
jarayonlarni ishlab chiqishning nisbatan sodda texnologiyasi bo‘lgan korxonalar
odatda yo‘nalishli texnologiya bilan cheklanadi. Ommaviy va yirik seriyali ishlab
chiqarishlarda yo‘nalishli texnologiyadan keyin batafsilroq operatsiyalar bo‘yicha
texnologiya ishlab chiqiladi.
Bu bosqichda taklif qilinadigan barcha mumkin bo‘lgan texnologiyalardan
keyin optimal texnologiyani tanlash amalga oshiriladi. Bunda texnologik va texnik
ko‘rsatkichlar taqqoslanadi, mahsulotning tannarxi qiyoslanadi.



Ishlab chiqarishning optimal texnologiyasi mehnat unumdorligini oshirish,


boshqa variantlarga qaraganda mahsulotning eng past tannarxida uni
tayyorlashning talab etilgan sifatini ta’minlashi lozim.
Yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulotlarni ishlab
chiqarish jarayonlarini modernizatsiyalash moddiy va tashkiliy tayyorlashni talab
qiladi. Ishlab chiqarishni moddiy tayyorlash yangi jihoz-uskunalarni sotib olish,
montaj va sozlashni, asboblar va moslamalarni, xom ashyoni va materiallarni
tayyorlash yoki sotib olishni, ya’ni ishlab chiqarishni barcha moddiy-texnik
resurslar bilan ta’minlash ko‘zda tutadi.
Tashkiliy tayyorlash ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni
takomillashtirish hamda ularni yangi mahsulotni tayyorlash sharoitlariga, yangi
texnika va texnologiyaga moslashtirishni o‘z ichiga oladi. Bunga shuningdek
ishlab chiqarishning yangi xususiyatiga muvofiq kadrlarni tanlash va joy-joyiga
qo‘yish, boshqarish apparatining tuzilmasiga, mehnatning funksional va ierarxik
taqsimotiga tuzatishlarni kiritish kiradi.
Nazorat savollari
1. Kimyo-farmatsevtik va biotexnologik ishlab chiqarishlarni loyihalashning
umumiy asoslari
2. Loyiha bosh muhandisining vazifalari.
3. Texnik taklif.
4. Eskiz loyiha.
5. Texnik loyiha.
6. Avan-loyiha.
7. Sertifikatsiya.
8. Ishlab chiqarishning texnik va texnologik rivojlanishi vazifalari.
9. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash.
10. Texnik tayyorlashni rejalashtirish.
Adabiyotlar:
1.
Yusupbekov N.R., Muhammedov B.I., G’ulomov Sh.M. Texnologik
jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish: texnika oliy o‘quv yurtlari
talabalari uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2011.-576 b
2.
Адилов Ф.Т. Построение информационно-управляющих систем для
непрерывных промышленных производств. – Ташкент: ТашГТУ, 2015.
-160с.
3.
Arben Cela, Mongi Ben Gaid. Optimal Desgn of Distributed Control and
embedded Systems. – Germany:Springer, 2014. 466p.



http://fayllar.org



Yüklə 56,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə