Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi



Yüklə 56,44 Kb.
səhifə2/11
tarix30.12.2023
ölçüsü56,44 Kb.
#164299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik -fayllar.org

- texnik taklif (TT) – hujjatlar to‘plami (loyihani ishlab chiqishning maqsadga
muvofiqligini texnik va texnik-iqtisodiy asoslash (TIA));
Xulosa buyurtmachi texnik topshirig‘ini tahlil qilish va ishlab chiqilayotgan
yoki mavjud buyumning xususiyatlarini hisobga olib, ularni qiyosiy baholash
asosida beriladi. Belgilangan (korxonada, vazirlikda va hokazo) tartibda
kelishilgan va tasdiqlangan TT eskiz loyihasini ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
- eskiz loyihasi (EL) - (uning maqsadini, asosiy parametrlari va gabarit
o‘lchamlarini belgilaydigan) hujjatlar to‘plami.
Ob’ektning nihoyatda murakkabligi holatida ushbu bosqichdan avval
avanloyiha (loyihadan avvalgi tadqiqot) bo‘lishi mumkin.
Zarur bo‘lganda EL bosqichida ishlab chiqilayotgan ob’ektning maketlarini
yasash va sinovdan o‘tkaziladi.
- texnik loyiha (TL) – hujjatlar to‘plami (yakuniy texnik echimlarni o‘z ichiga
olgan, loyihalashtiriladigan ob’ektning tuzilishi haqida to‘liq tasavvur beruvchi, ish
hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang‘ich ma’lumotni beruvchi).
Barcha ishlar sikli loyiha faoliyatiga yakun yasaydigan bosqich -
sertifikatlash (yaratilgan buyumning sifati darajasini aniqlash va uning talablarga
muvofiqligini tasdiqlash) bilan tugatiladi.

2.1. Ishlab chiqarishning texnik va texnologik rivojlanishi vazifalari 
2.1.1. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash
Yangi, zamonaviy va jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotni
o‘zlashtirish ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni tashkil etish va
takomillashtirish bilan bevosita uzluksiz bog‘langan.


Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash izchil bog‘liq bo‘lgan standartlar bilan


belgilab beriladigan yangi texnika va texnologiyani yaratish, o‘zlashtirish va joriy
qilish bo‘yicha ilmiy, loyiha-konstruktorlik, texnologik va ishlab chiqarish-xo‘jalik
ishlarning majmuidir.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash konstruktorlik va texnologik tayyorlashni
o‘z ichiga oladi, shuningdek, korxonada mavjud bo‘lgan texnik tayyorlash rejasiga
muvofiq bajariladi.
Korxona moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ishlab chiqarishni, mehnatni
va boshqarishni tashkil etish ishlab chiqarishni texnik tayyorlashdan iborat bo‘lib,
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish;
- yangi mahsulotni yaratish yoki chiqariladigan mahsulotni yaxshilash;
- mahsulotni tayyorlash texnologik jarayonini ishlab chiqish;
- yangi asosiy va yordamchi jihoz-uskunalarni sotib olish;
- ishlab chiqarishni moddiy-texnik ta’minlash;
- kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;
- texnik-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish;
- axborot ta’minotini tashkil etish.
Texnik tayyorlash mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqarishni samarali
o‘zlashtirish, ishlab chiqarishning yangi texnologik usullarini va tashkil etish
yo‘llarini joriy qilish maqsadida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishni texnik
tayyorlashning vazifasi zamonaviy ilm-fan va texnika yutuqlari asosida ishlab
chiqarish jarayonini yuqoriroq texnik va texnologik darajaga o‘tkazish imkonini
beradigan texnik, tashkiliy va iqtisodiy sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Ishlab
chiqarishni
texnik tayyorlash
konstruktorlik va
texnologik
tayyorlashdan iborat. Turli ko‘lamdagi va yo‘nalishdagi korxonalarda ishlab
chiqarishni tayyorlashning texnologik bosqichlari turlicha ifodalanishi mumkin.
Lekin ishlab chiqarishni tashkil etishga oid ishlarning asosiy qismi korxonaning
bevosita vakolatiga kiradi.


Yüklə 56,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə