Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan tizimlarini tarkibi va strukturasi


 Texnik tayyorlashni rejalashtirish



Yüklə 56,44 Kb.
səhifə3/11
tarix30.12.2023
ölçüsü56,44 Kb.
#164299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarining tasnifi. Texnologik -fayllar.org

2.1.2. Texnik tayyorlashni rejalashtirish
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash zavod ichidagi rejalashtirish ob’ekti
bo‘lib, ishlab chiqarishni texnik va tashkiliy rivojlantirishning rejalarini
tafsilotlashtirish va aniqlashtirishdan iborat.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash rejasini ishlab chiqish uzoq muddatli va
o‘rta muddatli rejalashtirishning uzviy qismidir. Uzoq muddatli rejalashtirishda
texnik tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari va bosqichlari, uni boshlash va
yakunlash muddatlari, ishlarning turlari, muayyan ijrochilar, moliyalashtirish
manbalari va ob’ektlari bo‘yicha bo‘lingan holda aniqlanadi.



Yillik rejalarga yil davomida bajarilishi lozim bo‘lgan rejadagi ishlarning


bosqichlari va turlari kiradi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirish uchun boshlang‘ich
ma’lumot: korxonani texnik rivojlantirish rejasining topshiriqlari, ishlarning tarkibi
va hajmini aniqlash uchun me’yorlar, ularning texnik tayyorlashning barcha
bosqichlari bo‘yicha davomiyligi.
Rejalashtirish usullari. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlashni rejalashtirishni
tashkil etishda ishlab chiqarishni texnik tayyorlashning me’yorlari muhim o‘rin
tutadi.
Mavjud me’yorlardan quyidagilarni farqlash lozim: ishlab chiqarishning
hajmli me’yorlari, ishlab chiqarishni tayyorlash bo‘yicha ishlar hajmining moddiy
ifodalanishidagi me’yorlari va ushbu ishlarning mehnat sig‘imi me’yorlari.
YUqoridagi me’yorlar mahalliy xususiyatga ega, chunki ularni ishlab
chiqishda muayyan korxonada uning faoliyat yuritishi o‘ziga xosligi va iqtisodiy
holatini hisobga olib, yangi buyumlarni o‘zlashtirishning hisobot ma’lumotlarini
tahlil qilish va umumlashtirish natijalari hisobga olinadi.
Hajmli me’yorlar texnik tayyorlash bo‘yicha ishlarning hajmini moddiy
ifodalashda hisoblashga imkon beradi. Ushbu hisoblar texnologik operatsiyalar
soni, chizma va texnik hujjatlarining hajmi, original detallarning soni va ularning
tayyorlash murakkabligi kabi ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash ishlarining mehnat sig‘imi me’yorlari
ushbu korxonada, balki sohada ham, yondosh korxonalarda va raqobatchi
korxonalarda buyumlarni konstruksiya qilish va texnologik jarayonlarni loyihalash
tajribasini aks ettiruvchi me’yorlar bo‘yicha aniqlanadi.
Rejalashtirishda ko‘pincha ishlab chiqarishda fan-texnika yutuqlarini joriy
qilishni tezlashtirish uchun texnik tayyorlashning muddatlarini qisqartirish, texnik
tayyorlash xarajatlarini kamaytirish va ishlarning sifatini oshirish vazifalari
e’tiborga olinadi.
Tayyorlash
muddatlarini
kamaytirish
uchun
ishlarni

Yüklə 56,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə