Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


-Rasm. Abu Dabi YaIM sining o’sishi va unda neftdan tashqari soha



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
kitob

 
2.3-Rasm. Abu Dabi YaIM sining o’sishi va unda neftdan tashqari soha 
ulushining o’zgarishi dinamikasi 2008-2030 yillar prognozi
23
 
Dasturdan o‘rin olgan asosiy vazifalardan yana biri itisodiyotni 
23
Abu Dabi YaIM sining o’sishi va unda neftdan tashqari soha ulushining o’zgarishi dinamikasi 2008-2030 yillar. 
The Government of Abu Dhabi “The Abu Dhabi Economic Vision 2030” //November 2017. 16-bet.


57 
diversifikatsiya qilish va uning raqobat bardoshligini ta‘minlashva unda neft sohasi 
ulushini pasaytirish. Bu borada aniq vazifa belgilangan bo‘lib 2017-yilgi YaIM dagi 
neft sohasining ulushini 58% dan 2030-yilga kelib 36% gacha tushirish maqsad 
qilindi. Bunda 2030 yilga kelib neft sohasi 1,8 barobar va qolgan sohalar 3,4 
barobaga o‘sishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda ushbu sohaning ulushini 48% 
(2013) gacha ko‘tarishga erishildi va bu borada hukumat re‘ja asosida davom 
etmoqda. 
2017-yil 80 mlrd AQSh doll. ga teng loyihalar amalga oshirildi. Bulardan neft 
va gaz sohasiga – 32 mlrd AQSh doll., qurilish va ko‘chmas mulk - 26 mlrd AQSh 
doll., transport sohasiga – 13 mlrd AQSh doll., sanoat va ishlab chiqarishga – 6 mlrd 
AQSh doll., sog‘liqni saqlash – 4 mlrd AQSh doll., elektroenergiya va suv ta‘minoti 
- 3 mlrd AQSh doll.,asosiy sohalar hisoblanadi. Bundan tashqari dasrur eksport 
tovar tarkibini ilm-fan, innovatsiyon maxsulotlari bilan boyitish ham ko‘zda 
tutilgan. 
Yangi ishlab chiqilgan dastur quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirishni maqsad 
qilgan: 
- aholi turush darajasini, ularning malakasini oshirish hamda yaratuvchanlikka 
o‘rgatish; 
- mustahkam jamiyat barpo etish; 
- yashash, ziyorat va ishlash uchun eng qulay joy qurish; 
- hashamatli va barqaror shahar barpo etish
-iqtisodiyotni jahondagi yetakchi markazga aylantirish; 
- hukumat faoliyatini oliy darajaga chiraish; 
Dastur doirasida 2021-yilgacha iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha uchta maqsad 
qo‘yilan bo‘lib, ulr quyidagilarni tashkil etadi: 

diversifikatsiya, biznes loyihalardagi innovatsiyalar va mehnat hamda 
kapitalning yuqori samaradorligi evaziga iqtisodiyotning turli inqirozlarga 
chidamliligini ta‘minlash; 

savdo, logistika, turizm va moliya sohalari bo‘yicha jahonda eng yuqori 
beshlik markazlaridan biriga aylanish; 


58 

Dubay shahrini jahonda biznes yuritish uchun eng qulay maskanlardan biriga 
aylantirish; 
Yuqorida keltirilgan davlat dasturlaridan tashqari mamlakatda kelajak 
yillarida iqtisodiyot diversifikatsiyasini rivojlanishida yanada ko‘proq imkoniyat 
yaratuvchi ishlar amalga oshirilmoqda. Ularning asosiylar sifatida quyidagilarni 
keltirishimiz mumkin: 
Jebel Ali portini kengaytirish ishlari. Jahonning eng yirik port operatorlaridan 
biri (Dubay Port World) ma‘lumotiga ko‘ra hozirgi kunda Jebel Ali portini 
kengaytitsh bo‘yicha umumiy narxi 850 mln AQSh doll.ga teng qurilish ishlari olib 
borilmoqda. 2017-yil yakuni bo‘yicha 60% ish tugallangan bo‘lsa, hozirda uchinchi 
terminal bo‘yicha ishlar yakunlanmoqda. Ushbu loyiha portning yuk o‘tkazish 
hajmini yiliga 19 mln konteynerga yetkazishi loyihalashtirilgan ushbu ko‘rsatkish 
2017-yili 13 mln ni tashkil qilgan. 
2021-yili Mars sayyorasiga zond uchirilishi. BAA hukumati 2021- yilgacha 
mars sayyorasini o‘rganish maqsadida unga zond uchirishni rejalashtirmoqda. 
Ushbu loyihaga 5,4 mlrd AQSh doll. miqdorida investitsiya sarflanadi. ―Al-amal» 
ya‘ni Umid deb nomlangan kosmik loyiha ustida 75 ta olim ish olib bormoqda.52 
Ushbu loyiha natijasida jahon kosmonaftika sohasiga hissa qo‘shish bundan 
tashqari, mamlakatda ilm-fan texnika sohalari rivojlanishi maqsad qilimoqda. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə