Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


-rasm. 2011-2017 yillarda BAA YIM tarmoq tarkibi va uning



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
kitob

2.1-rasm. 2011-2017 yillarda BAA YIM tarmoq tarkibi va uning 
o’zgarishi
21
 
Iqtisodiy rivojlanishni tarmoqlar bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, 2017-yil neft 
sohasidagi o‘sish 4,8% ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2017-yilgi 7,6% lik 
o‘sishdan ancha past bo‘lsa ham umumiy iqtisodiy o‘sishda hissasi yuqori bo‘ldi. 
Neftdan tashqari sektorda o‘tgan yildagi miqdorga nisbatan o‘sish 5,4% ni tashkil 
etdi va bu ko‘rsatkich 2014-2015 yillardagi mos ravishda 4,1% va 3,3% lik 
o‘sishdan ancha yuqori ko‘rsatkichni egalladi. Ko‘chmas mulk va biznes sektori 
BAA YaIM sidagi eng katta (12,3%) ulushga ega bo‘lgan neftga bog‘liq bo‘lmagan 
tarmoq hisoblanadi. U 2017-yili oldingi yilga nisbatan 8,7% ga o‘sdi va 2017-yildan 
buyon uch yil davomida oldingi yillarga nisbatan ikki barobarga yaqin o‘sib 
21
 
XVF ma‘lumotlari asosida tuzildi. ―2017 Article IV Consultation — Staff Report; Press Release; And Statement 
by the Executive Director for the United Arab Emirates IMF Country Report No. 14/187. July 2017. 36-bet. 


49 
kelmoqda. Savdo va hizmat ko'rsat‘sh sohasining YaIM dagi ulushi 2017-yil 11,6% 
ni tashkil etdi va oldingi yilga nisbatan 2,4% ga ko‘tarildi, ammo o‘tgan davr 
mobaynida ushbu ko‘rsatkish past edi. Transport va aloqa sohasi bilan taqoslaganda 
2015-2017 yillar ushbu sohada o‘sish kuzatildi va 2017-yilda 7,3% ga os‘di. YaIM 
da ishlab chiqarish sohasi 8,5% ulushga ega bo‘lib 2017-yildagi yuqori o‘sish 
ko‘rsatkichidan so‘ng 2017-yil 1,2% ga ko‘tarildi 
Kutilganidek, qurilish soahasi o‘tgan yili BAA iqtisodiyoti o‘sishiga ijobiy 
ta‘sir ko‘rsatdi. Uning YaIM dagi ulushi 2015-yildan buyon birinchi bor oldingi yil 
ko‘rsatkishidan 3,8% ga oshdi. Mamlakatda mehmonxona biznesi 2017-yil 6,6% ga 
o‘sdi va 2017-yildagi ko‘rsatkich oldingi yilgi 3,6% ko‘rsatkichdan 1% ga baland 
bo‘lishiga qaramasdan YaIM dagi ulushi hali ham 2% ni tashkil etmoqda. Moliya 
sohasidagi yuksalish o‘tgan yillardagiga nisbatan (2014-2015 yillarda mos ravishda 
2,7% va 3,4%) juda keskin o‘sdi va ushbu ko‘rsatkich 2017 yil 8,8% ni tashkil etdi. 
Hukumat hizmatlari 10% ga o‘sdi va uning mamlakat YaIMsidagi ulushi inqirozdan 
oldingi holat 3% ga yaqin bo‘lgan bo‘lsa 2017-yili 6%ni tashkil etdi. 
Dunyo bo‘yicha mamlakatlar iqtisodiyotini raqobat bardoshligi indeksi 
bo‘yicha 2017-yil BAA Yaqin Sharq mintaqasida birinchi o‘rin egallagan bo‘lsa, 
jahonda Portugaliya (46), Ispaniya (45), Rossiya (42), Fransiya (28), Avstraliya 
(16), va hatto Yaponiya (24) mamlakatlaridan ham yuqori Kanadan(7) keyingi 8 
o‘rinni egalladi. Mutaxasisslarning fikricha bunga asosiy omil bo‘lib mamlakatda 
iqtisodiyot diversifikatsiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning miqyosi 
kengligidadir. Abu Dabi va Dubay amirliklarida neft-kimyo sohasiga bog‘liqlikni 
pasaytirish uchun savdo, turizm, logistika, aviatsiya, infratuzilma va bank moliya 
sohalariga kiritgan katta miqdordagi investitsiyalar ham ushbu omilga sabab bo‘ldi. 
Birinchi bobda ko‘rib chiqganimizdek diversifikatsiya iqtisodiy rivojlanishni 
qo‘llab-quvvatlash, uning faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi va turli 
o‘zgaruvchanliklar ta‘sirini kamaytiradi. Mamlakatda Dubay o‘z iqtisodiyotini 
diversifikatsiyasiga eng katta ahamiyat bergan amirlik bo‘lib qolmoqda. Iqtisodiy 
rivojlanishning “Dubay modeli” quyidagi omillar asosida amalga oshirildi: 
- davlat boshqaruvi asosida rivojlanish; 


50 
- “tezlashtirilgan” qarorlarni qabul qilish; 
- migrantlarning importi orqali moslashuvchan ishchi kuchiga ega bo‘lish; 
- sanoat sohasini bosib o‘tib servis sohasini tashkil etish; 
- jahon talab etgan hizmatlarni joriy qilish; 
- investitsiya imkoniyatlarini yaratish; 
- talab yaratilishiga sabab bo‘lgan taklif; 
- brendlashtirish orqali bozorni egallash; 
- xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni yahshilash; 
Haqiqatdan ham mamlakatda investitsiya qabul qilish va xalqaro savdo 
bo‘yicha juda katta natijalarga erishildi, bunda albatta chet el investorlari uchun 
yaratilgan shart-sharoitlar va ishlab chiqilgan iqtisodiy-siyosatning yuqori 
darajadaligi katta ahamiyat kasb etmoqda. Aynan mammlakatda iqtisodiy va siyosiy 
barqarorlik 2012-2014 yillar oralig‘ida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar miqdorini 
ikki barobarga 12 mlrd AQSh dollari miqdorigacha ko‘tardi. Portfel investitsiyalar 
miqdori esa ushbu davr mobaynida 5 barobarga oshdi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə