Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning Birlashgan



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
kitob

2.2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning Birlashgan 
Arab Amirliklari amaliy tajribasi 
Birlashgan Arab Amirligi (BAA) yettita amirlikdan tashkil topgan federatsiya 
bo‘lib, o‘z navbatida u iqtisodiyotining kattaligi bo‘yicha Fors ko‘rfazi mintaqasida 
Saudiya Arabistoni Podshohligi va Erondan so‘ng uchinchi o‘rinda, shuning dek 
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadning yuqorligi bo‘yicha Qatardan keyin 
ikkinchi o‘rinni egallagan. Ammo bundan 50-60 yil avval Amirlik hududi qum 
cho‘llaridan iborat bo‘lib, uning kam sonli va asosan savodsiz aholisi o‘tovlarda 
yashab kontrabanda va marvarid yetishtirish bilan shug‘ullangan. 
Qizig‘i shundaki, hozirgi kunda BAA iqtisodiyoti so‘nggi yillarda tez 
sur‘atlar bilan o‘sib kelishda davom etmoqda. 2017-yil YaIM miqdori 402 mlrd 
AQSh doll.ni, aholi jon boshiga hisobida 43 876 AQSh doll.ni tashkil etgab bo‘lsa. 
Shu yili YaIM miqdori o‘sishi 5% ni tashkil etdi.24 Bugungi kunda mamlakat 
iqtisodiyotning bunday tempda o‘sishiga sabab turizm, savdo, transport va ishlab 
chiqarish sohalarida erishilgan yutuqlar natijasi bo‘ldi. Mamlakat iqtisodiyotining 
rivojlanish yo‘li jahonning ko‘pchilik mamlakatlarinikidan farq qildi. BAA barcha 
rivojlangan mamlakatlar bosib o‘tishi kerak bo‘lgan ―bosqich 25 larni bosib 


45 
o‘tmadi. Iqtisodiyotni tez sur‘atlarda rivojlanishini va unga kerak bo‘lgan moliya 
mablag‘larini ularni o‘zida yig‘gan ulkan neft zahiralari ta‘minlab berdi. 
Yaqin Sharq Instituti prezidenti Yevgeniy Satanovskiy fikricha tarixan BAA 
ga ikki marotaba omad kulib boqdi. Birinchi marotaba 1950-yillar mamlakat 
hududida katta neft zahiralari topilishi bilan bog‘liq bo‘lsa ikkichisi o‘tgan davr 
mobaynida hukumat a‘zolarining yuritgan samarali iqtisodiy siyosati deb 
hisoblaydi. O‘sha davrda hukumat konsessiya shartnomasi asosida ish olib borib 
sotuvdan tushgan daromad teng yarmini davlat budjetiga toplab bordi. Hukumat 
vakillarining aqilli siyosatiga misol qilib quyidagini aytib o‘tish joiz. 1971-yil 
yettita amirlik birlashib mustailligi e‘lon qilindi va ushbu davrdan so‘ng Abu-Dabi 
amiri shayx Zaid bin Sulton Al-Nahyon neft daromadlarida o‘tirgan qo‘shni 
mamlakatlar hukumatidan farqli o‘laroq uning birinchi maqsadi mamlakat iqtisodida 
neftning ahamiyatini pasaytirishga qaratdi. Bundan tashqari Dubay amiri shayx 
Rashid bin Said Al-Maktum amirlik hududida birinchi neft zahiralari topishi 
bilanoq, o‘z e‘tiborini malakatda infra tuzilmani: avtomobil va dengiz yo‘llarini 
rivojlantirishga qaratdi. Bunga uning 70-yillarda qurdirgan Port Rashid, Jebel Ali 
portlari va Al-Shindag‘a tuneli misol bo‘la oladi. Misollardan ko‘rinib turibdiki 
BAA hukumati a‘zolari avvaldan faqatgina neft sanoatiga bog‘lanib qolmay 
iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirishga e‘tibor berishgan. 
Quyidagi BAA iqtisodiyoti rivojlanishi asosiy bosqichlarini ko‘rsatuvchi 2.1-
jadvalda ko‘rishimiz mumkinki hukumat tomonidan iqtisodiyotni diversifikatsiyasi 
strategiyasi birinchi bo‘lib 1980-yillar boshlangan. O‘sha davrda mamlakat neft 
eksportidan tushgan daromadlar unchalik katta bo‘lmasada, (15 mlrd AQSh doll.) 
ushbu mablag‘larni neftdan tashqari daromad keltiruvchi va katta investitsiya talab 
etmaydigan sohalarga jalb qilib yangi loyihalar ishlab chiqishga kirishildi. Bundan 
tashqari 80-90 yil oralig‘ida mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiyasida katta 
ahamiyat kasb etgan uchta asosiy davlat dasturlari qabul qilindi. Bular: 
- 1985- yil Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish bo‘yicha davlat dasturi
- 1987-yilgi Davlat investitsiya dasturi; 
- 1989-yil Turizm industriyasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi; 


46 
2.1-jadval 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə