Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


Mehnat resurslarining taqsimlanishi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
kitob

3. Mehnat resurslarining taqsimlanishi. 
Aholi bandligining turlu 
tarmoqlarda joylashuvi YaIMda ushbu tarmoqlar ulushi rivojlanishiga olib keladi. 
Mexnat resurslari turli daromad keltiruvchi sohalar bilan shug‘ulanishi, ushbu 
sohalarda xizmat va maxsulotlarni yuqori miqdorlarda ishlab chiqarishga imkon 
beradi va albatta buning natijasida YaIM da yangi sohalar ulushi yanada kengayadi. 
Aksincha yagona bir sohaga ixtisoslashgan iqtisod mamlakat miqyosida yuqori 
ishsizlik darajasiga saba bo'lishi mumkin. Misol sifatida hozirgi kunda neft 
sanoatiga bog‘liq mamlakatlar ushbu sohada sanoatlashuv yuqoriligi 


31 
mutaxassislarga bo‘lgan talabni pastligiga sabab bo‘ladi. Fors ko‘rfazida neft 
sanoati mintaqada o‘rtacha 47% ulushga teng bo‘lsada ushbu tarmoqda iqtisodiy 
faol aholining faqatgina 1% band hisoblanadi. 
Usbu ko‘rsatkich tashkilot mutaxasisslari tomonidan katta yettilik (G7) 
mamlakatlari, yuqori rivojlangan va Fors Ko‘rfazi mamlakatlari o‘rtasida 
diversifikatsiya darajasini solishtirish maqsadida hisoblab chiqildi. (1.2- rasm).
1.2-Rasm. 2012-2017 yillarda Jahondagi ba’zi mamlakatlar 
diversifikatsiyalashganlik darajasi
19
 
Ko‘rsatkichlar FK mamlakatlarida ixtisoslashuv darajasi qanchalik yuqori 
bo‘lsa diversifikatsiya darajasi shunchalik past bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Ammo neft 
sanoatiga bog‘liqlik o‘tgan davr mobaynida mamlakatlarning iqtisodiyti 
diversifikatsiyalashuvini o‘sishiga to‘sqinlik qilmadi. Yana bir misol Norvegiya neft 
19
R. Abouchakra ―Economic diversification: The Road to Sustainable Development // Booz&company. Pritnted in 
USA. 2018. 5-bet. 


32 
zahirasiga boy mamlakatlardan biri bo‘lsada hozirda u diversifikatsiyalashgan 
iqtisodiyotga ega. 
Hozirgi kunda iqtisodiyot diversifikatsiyasi uning barqarorligi va 
raqobatbardoshligini ta‘minlashda asosiy ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri 
hisoblanadi.
O‘z navbatida diversifikatsiyaning rivojlanmaganligi past darajadagi 
samaradorlik va raqobatbardoshlikka olib keladi. Iqtisodiyotning samaradorligi va 
uning raqobatbardoshlik darajasi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, qaybir sohada qancha 
ko‘p mexnat va kapital resurslari to‘plansa uning bozordagi narxini va 
raqobatbardoshligini pasayishiga sabab bo‘ladi. Yagona ustivor sohaga bog‘liq 
bo‘lish qolgan sohalarning samaradorligi va raqobatbardoshligini susaytiradi. Ushbu 
sohada yuqori bog‘liqlik boshqa sohalarni rivojlanishiga salbiy ta‘sir ko‘rsatib 
narxlar o‘zgarishi davrida yuqori darajadagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. 
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki diversifikatsiya, 
hozirgi kunda nafaqat korxona va ishlab chiqarish balki butun mamlakat va jahon 
xo‘jaligida katta ahamiyat kasb etuvchi omil hamda u ushbu xo‘jaliklar 
rivojlanishida 
asosiy 
omillarda 
biridir. 
Iqtisodiyotni 
rivojlanishida 
diversifikatsiyaning bir qator afzalliklari mavjud bo‘lib ularga quyidagilarni misol 
qilishimiz mumkin: 

o‘z vaqtida va to‘g‘ri tanlangan diversifikatsiya strategiyasi doimo yuqori 
daromad keltirishga sabab bo‘ladi; 

diversifikatsiya yagona bozor yoki sohaga bog‘liqlik darajasini pasaytirishga 
va undan qutilishga yordam beradi

asosiy tarmoq yoki sohada narxlarning pasayishi kuzatilganida boshqa 
sohalardan keladigan daromadga ega bo‘lish; 

tarmoqlarni ko‘paytirish orqali tavakkalchilik darajasini pasaytirish; 

iste‘molchilar va hamkorlarga nisbatan bozorda hukumronlikka ega bo‘lish; 

sohalar bo‘yicha rivojlanish moliyaviy resurslarni yanada samarali 
taqsimlashga imkon beradi
Ammo shu bilan birga iqtisodiyot diversifikatsiyasi bir nechta kamchiliklari 


33 
mavjud bo‘lib ular turli muammolarga sabab bo‘lishi mumkin: 

turli sohalarni bir xilda rivojlantirish uchun katta moliyaviy resurslar va 
investitsiyaning talab etilishi; 

samarali diversifikatsiyaga erishish uchun u bo‘yicha to‘liq tajribaga ega 
bo‘lish har bir soha bir tekis rivojlanishini taminlash kerakligi; 

har bir sohani yuqori malakali mutaxassislar va mexnat resursi bilan 
ta‘minlash; 

ba‘zi rivojlanishi kerak bo‘lgan sohalarning daromad keltirish davri uzoq 
bo‘lishi; 

turli sohalar bo‘yicha resurslarning taqsimlanishi yagona sifatli maxsulotni 
yo‘qotishiga olib kelishi mumkinligi; 
Diversifikatsiya strategiyasi albatta afzallik tomlaridan ustunlikka ega va uni 
qo‘llashda har bir tashkilot va mamlakat o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda 
foydalana olishi uning kelajakda barqarorligi va raqobatbardoshligini ta‘minlab 
beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə