Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


Sanoatning tarmoq diversifikatsiyasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
kitob

1. Sanoatning tarmoq diversifikatsiyasi. 
Diversifikatsiyaning ushbu shakli 
snaoat ishlab chiqarishni uning turli asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘zaro teng yoki 
birmuncha yaqin ulushga ega bo‘lishini talab etadi. Aksincha iqtisodiyotning 
yagona bir sohaga bog‘lanib qolishi unda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning 
buzulishiga olib keladi. 
2. Korxonaning hajmi bo’yicha diversifikatsiya. 
Sanoat ishlab 
chiqarishning bunday diversifikatsiyasi bosh korxona extiyoji va ehtimoldagi 
qo‘shimcha 
iste‘molchilarning 
ehtiyojlaridan 
kelib 
chiqib, 
sanoat 
korxonalariningeng maqbul hajmlarini belgilash imkonini beradi. Undan tashqari 
kichik va o‘rta biznes korxonalarida eksperimental va texnologik jihatdan juda 
ilg‘or, ommaviy-uzluksiz ishlab chiqarishlarda o‘zini oqlamaydigan yagona ishlab 
chiqarishlar mujassamlashadi. 
3. Sanoat mahsulotlarini sotish bozorlari bo’yicha diversifikatsiya. 
Mahsulot sotilishini diversifikatsiyalash muammosining hal etilishini milliy ishlab 
chiqaruvchilarni konkret bozorlardagi talab konyukturasiga bog‘liq bo‘lmaslik, 
ishlab chiqarish yo‘nalishlarini qayta o‘zgartirishga mablag‘ sarflamasdan mahsulot 
sotuvi yo‘nalishlarini o‘zgartirish imkonini beradi. Bu hol ularning ishlab chiqarish 
va texnologiyalarini muntazam modernizatsiyadan, yangi marketing tadqiqiotlarini 
olib 
borishdan 
ozod 
etmaydi. 
Ammo 
o‘rta 
muddatli 
istiqbolda 
diversifikatsiyalashgan sotuv bozorlarining mavjudligi korxonalar faoliyatini va 
ularning daromadlari barqarorligini ta‘minlab boradi. 
4. Xomashyo bozorlari diversifikatsiyasi. 
Mamlakat yoki iqtisodiy tashkilot 


25 
o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, ichki xom ashyo resurslariga mo‘ljal qilish 
o‘rinlidir. Moliya bozorlarining betartibligi va barcha yetakchi valyutalarning, 
inflyatsiyasining jadallashuvi sharoitida xomashyo bozorlarining har qanday 
diversifikatsiyasi xomashyo narxini o‘sishi bilan bog‘liq tannarxning o‘sib ketishi 
bilan saqlab qololmaydi. Ammo o‘z xom ashyo resurslariga ega mamlakatlarda 
ushbu usul birmuncha o‘z mazmunini yo‘qotadi. 
Yuqorida keltirib o‘tilgan barch mavjud diversifikatsiya turlariga asoslangan 
sanoat siyosati milliy iqtisodiyotni texnologik, ishlab chiqarishni unumdorligi va 
sifat parametrlari bo‘yicha dunyo peshqadamlari qatoriga olib chiqishida asosiy 
omillardan biri bo‘ladi. 
Yuqori diversifikatsiyalashgan sanoat sektoriga ega mamlakatlar sifatida 
AQSh, Yaponiya, Germaniya, Kanada kabilarni misol keltirishimiz mumkin. 
Hozirgi kunda AQSh sanoati umumiy YaIMning 20% ga teng ulushini egallaydi va 
unda axborot texnologiyalari, mashina asbob uskunalar, innovatsion maxsulotlar 
sanoatning 1/3 ni tashkil etsa, qolgan qismi yonilg‘i energetika, kimyo, elektronika, 
oziq-ovqat, iste‘mol tovarlari o‘rtacha 5-7% dan teng ulushga ega. Yaponiya sanoat 
sohasi ham shu kabi turli tarmoqlar bo‘yicha nisbatan teng ulushga ega, unda 
innovatsion texnologiyalar asosiy o‘rinda tursa kemasozlik, avtomobilsozlik, kimyo 
va yengil sanoat tarmoqlari keyingi o‘rinlarda turadi. 
Diversifikatsiya strategiyasi investitsiya sohasida ham yuqori ahamiyatga ega. 
Diversifikatsiyalashgan investitsion portfeliga ega bo‘lish tavakalchilik darjasini 
pasaytirish, yuqori daromadga ega bo‘lish hamda rivojlanmagan sohalarni kiritilgan 
investitsiyalar orqali rivojlantirish imkonini beradi. O‘z navbatida investitsiyalarni 
diversifikatsiya qilish ularni sohalar bo‘yicha taqsimlanish darajasi va oldinga 
qo‘yilgan maqsad orqali amalga oshiriladi, ya‘ni ularni tavakkalchilik darajasi 
rivojlantirish kerak bo‘lgan sohalar hamda shakliga ko‘ra olib kirilishi ko‘zda 
tutiladi. Investitsiyalarni diversifikatsiya qilishda uch xil strategiya mavjud bo‘lib 
ular: agressiv, o‘rta va konservativ usullardir. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə