Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


 Iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning mohiyati va yo’nalishlari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
kitob

1.2. Iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning mohiyati va yo’nalishlari 
Diversifikatsiya tushunchasi uzoq tarixga ega bo‘lib jahon ho‘jaligida ushbu 
atamaning paydo bo‘lishi XV asrlarga to‘g‘ri kelsa, u o‘tgan asrning 60-yillaridan 
boshlab ishlab chiqarishda foydalana boshlandi. Bu so‘z, lotin tilidan olingan bo‘lib, 
―diversus – turli, har xil, va ―facere 
– 
bajaraman degan so‘zlardan olingan bo‘lib, 
turli-tumanlashtirish, o‘zgartirish ma‘nosini anglatadi. Iqtisodiy lug‘atlarda ushbu 
terminga keng va tor ma‘noda quyidagicha ta‘rif berilgan: Diversifikatsiya tor 
ma‘noda tashkilotlarning asosiy faoliyat turiga aloqadorligi va amaliy bog‘liqligi 


20 
bo‘lmagan sohalarga kirib borishi tushunilsa, u keng ma‘noda xo‘jalik faoliyatini 
yangi tarmoqlarni, ya‘ni xizmat va tovarlarning turini kengaytirish tushuniladi.
Ammo hozirgi kungacha xo‘jalik tashkiloti yoki iqtisodiyotlarni 
diversifikatsiya qilishning aniq belgilangan konsepsiyasi ishlab chiqilmagan. 
Horijda ishlab chiqilgan eng birinchi ishlanmalar tashkilotlarning shaxsiy amaliyoti 
natijasiga asoslangan edi. Shuning uchun ham hozirda uni nazariy jihatdan 
ta‘riflash, uning mazmun mohiyatini to‘liq qamrab oluvchi ta‘rif berish birmuncha 
qiyin. Uni iqtisodchilar har bir sohaga bog‘liqligi jihatidan turlicha tariflashga 
harakat qilishgan.
Jahon xo‘jaligida eng birinchilardan bo‘lib diversifikatsiya strategiyasi AQSh, 
Yaponoya, Germaniya mamlakatlarida o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
amamliyotda qo‘llay boshlandi. Uning nazariy hamda amaliytaraflari birinchi bo‘lib 
amerikalik iqtisodchi M.Gort (1962) va undan bir muncha keyin Y.Yesinari (1979) 
boshchiligidagi bir guruh yapon olimlari tomonidan ochib berishga harakat qilingan. 
Ular olib borgan izlanishlar asosida diversifikatsiya bozorning turli noqulay 
sharoitida har qanday iqtisodiy faoliyatning tavakkalchilik darajasini pasaytirish 
hamda korxonaning moliyaviy holati barqarorligi darajasini ko‘tarishga qaratilgan 
strategiya sifatida ta‘riflandi. 
Bundan tashqari Amerikalik iqtisodchi B.Allen ta‘rifiga ko‘ra ― diversi-
fykatsiya – birdan ortiq aktivga ega bo‘lish»degan ma‘noni anglatadi.
Ushbu ta‘rif 
ko‘proq investitsiyalarni va moliyaviy resurslarni tartibga solish tomonidan kelib 
chiqib aytilgan. Korxonalar ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilishnuqtainazaridan 
G.Kargina diversifikatsiyaga quyidagicha ta‘rifberadi:―bu bir vaqtning o‘zida bir-
biriga bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish turlarini 
rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan maxsulot nomenklaturasi va assortimentni 
kengaytirish. 
 
Ba‘zi olimlar diversifikatsiyani baza topish maqsadidagi firmalarning asosiy 
faoliyatidan tashqari ish olib borish sohasidagi marketing faoliyatining strategiyasi 
sifatida qarashadi. Masalan, U.Kaporliskiy va A.Filinalarning fikricha ― diversify-
katsiya firmaning asosiy faoliyatidan tashqari yangi faoliyat turini o‘zlashtirish 


21 
borasida olib boradigan marketing strategiyasidir».
10
Bu kabi iqtisodiy adabiyotlarda 
diversifikatsiya jarayonini yangi bozorlarga chiqish maqsadida korxonaning asosiy 
faoliyatidan tashqari marketing strategiyasi sifatida talqin etadilar. Ammo bunday 
ta‘rifga to‘la qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki tashqi savdo, ya‘ni eksport va import ham 
asosiy ishlab chiqarishning natijasi hisoblanadi. Asosiy ishlab chiqarishni 
modernizatsiya va rekonstruktsiya qilmasdan, uning xarakterini o‘zgartirmasdan
turib, tashqi aloqalarda sezilarli natijalarga erishib bo‘lmaydi. Eksport tarkibini 
diversifikatsiyalash zaruratining nafaqat tashqi, balki ichki imkoniyat va omillarga 
ham bevosita bog‘liqdir. 
Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, diversifikatsiya so‘zining 
mohiyati ko‘pgina mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinadi, ya‘ni har bir sohani 
tahlil qilganda unda oldinga qo‘yilgan maqsadga ko‘ra va diversifikatsiyaning shu 
sohaga ta‘luqli tomonini ko‘rib o‘tishga harakat qilinadi. Biz ham milliy ho‘jaliklar 
yoki mamlakatlar iqtisodiyotini diversifikatsiyasiga ta‘rif beradigan bo‘lsak birinchi 
navbatda maqsadni aniqlab olishimiz darkor. Milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya 
qilishning maqsadi 
– 
yagona tarmoqqa bog‘liqlik darajasini yo‘qitish, bozor 
konyukturasi o‘zgarishini o‘z vaqtida anglay olish, korxonaning iqtisodiy faoliyatini 
barqarorlashtirishdan iborat. Ushbu ta‘rifga asosan: konyuktura o‘zgarishi yangi 
texnika va texnologiya, fan yutuqlarini joriy qilish jarayonlarini inobatga olgan 
holda faoliyat ko‘rsatishi lozimligi ta‘kidlanadi.
 
Yuqorida keltirib o‘tilgan ta‘riflar va maqsaddan kelib chiqib iqtisodiyot 
diversifikatsiyasiga quyidagicha ta‘rif o‘rinli. Diversifikatsiya – ishlab chiqarish va 
savdo-sotiq samaradorligini oshirish, bozorda raqobatbardoshlikni ta‘minlash 
maqsadida daromad manbalarini kengaytirish, sohalar bo‘yicha ishlab 
chiqariladigan yoki import va eksport qilinadigan tovarlar turlarini (assortimentini) 
ko‘paytirish hamda ishlab chiqarishda yangi innovatsion sohalarni o‘zlashtirishdir. 
Diversifikatsiya nafaqat bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishga yoki yagona 
xo‘jalik faoliyatiga bog‘liqlikning oldini olish uchun, balki an‘anaviy bozorlardagi 
ulushini oshirish, yangi bozorlarni egallash, kapital oqimi uchun yangi sohalarni 
izlab topish va boshqa maqsadlarda ham amalga oshiriladi. 
 


22 
Ammo diversifikatsiya strategiyasi hozirgi kunga kelib har bir sohada turlicha 
amalga oshiriladi va ularni tarmoq yoki maqsadga yo‘naltirilganligiga qarab 
quyidagi turlarga bo‘lishimiz mumkin: sanoat, eksport va import, qishloq xo‘jaligi 
tarmoqlari diversifikatsiyasi, investitsiya, tavakkalchilik, hamda maxsulot ishlab 
chiqarishda diversifikatsiya. Bundan tashqari faoliyat turi bo‘yicha diversifikatsiya, 
xizmatlar, resurslar va bozor diversifikatsiyasi turlari ham mavjud. Ishlab chiqarish 
va xizmatlar diversifikatsiyasi asosan korxonalar miqyosida amamlga oshiriladigan 
siyosat bo‘lib, bu bir vaqtning o‘zida yagona korxona yoki konsern bo‘yicha bir-
biriga bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish turlarini rivojlantirish bo‘lib, asosiy 
maqsad yuqori daromad olish, samadorlikni oshirish va bankrotlikni oldini olish 
hisoblanadi. Diversifikatsiya strategiyasi tashkilotlarning ishlab chiqarish va savdo 
faoliyatlarini rivojlantirishning eng yetakchi zamonaviy tendensiyalaridan biri 
hisoblanib, u orqali korxonalarni bozor sharoitida vujudga keladigan turli 
qaltisliklarga bo‘lgan raqobatbardoshligini oshiradi.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə