Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
kitob

 
Tashkilotlar doirasida diversifikatsiyani amalga oshirishning uch ko‘rinishi 
mavjud bo‘lib ular: 
1. Jamlama (konsentrik) diversifikatsiya 
– maxsulot assortimentini oldin 
ishlab chiqarilgan maxsulot bilan texnikaviy yoki bozor nuqtayi nazaridan o’xshash 
yangi mahsulotni ishlab chiqara boshlaganda yuz beradi. Bunda maqsad yangi 
iste‘molchilar guruhini jalb qilishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, uyali aloqa telefon 
apparatlari ishlab chiqaruvchi korxona o’z mahsulot xilini ko’paytirib, avto javob 
beruvchi, radio yoki videotelefon ishlab chiqarishga o’tadi. Shunday qilib korxona 
o’z dasturini boyitadi va iste‘molchilarning yangi guruhiga ega bo’ladi. 
2. Gorizontal diversifikatsiya 
– bu ilgari ishlab chiqarilgan mahsulot xiliga 
bozor strategiyasini saqlab qolgan holda yangi texnologik aloqasi bo’lmagan yangi 
mahsulotni ishlab chiqarishga o’tishdan iborat. Masalan, yoshlarga tayyor 
ko’ylaklar tikishga ixtisoslashgan korxona yoshlarga mo’ljallangan jurnal nashr 
qilishga qaror qildi deylik ya‘ni korxona yoshlarning didi va hayot tarzi sohalarini 
bilishdagi tajribasini noshirlik sohasida ham qo’llashi mumkin. 


23 
3. Qurama (konglomerat) diversifikatsiya 
– assortimentni yangimaxsulotlar 
bilan to‘ldirish va bunda korxonaning oldingi faoliyat jabhasinimavjud texnologiya, 
tovar turlari, mahsulot sotib kelgan bozoridan mutlaqo farqqiladigan yangi 
sohalarga kirib borishi bilan kengaytirishni kozda tutadi. Misoluchun firma yangi 
korxonalar qurishga mablagsarf etishi, kochmas mulk bilansavdoda ishtirok qilish
tez xizmat korsatadigan ovqatlanish korxonasini ochishimumkin. Bunda yangi 
bozor ciqish, yangi texnologiyalar joriy qilish va yangi iste‘molchilar uchun ishlash 
ko‘zda tutiladi. 
Diversifikatsiyani jahon xo‘jaligida mamlakatlar miqyosida amalga oshirish 
iqtisodiyot diversifikatsiyasi hisoblalnadi va u yuqorida keltirilgan diversifikatsiya 
strategiyasi turlaridan faqatgina sanoat, eksport tarmoqlari va investitsiya hamda 
ishlab chiqarish sohalaridagi diversifikatsiyani o‘z ichiga olishi mumkin. 
Mamlakatlar iqtisodiyotida diversifikatsiya oldinga qo‘yilgan maqsad 
asosidan kelib chiqqan holda o‘z strategiyasini tanlashi lozim. Diversifikatsiya 
strategiyasi bu faoliyatni diversifikatsiya qilish bo‘yicha amamlga oshiriladigan va 
qo‘yilgan maqsadga erishishda tanlab olingan prioritet yo‘nalishlardan tashkil 
topgan tadbirlar yig‘indisidir. Har bir sohada amamlga oshiriladigan diversifikatsiya 
strategiyasi o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Milliy iqtisodiyotlarda diversifikatsiyani 
amalga oshirishni belgilangan usullar orqali tahlilini ko‘rib chiqamiz. 
Sanoat sohasini diversifikatsiya siyosati moliyaviy tartibsizliklardan 
himoyalanishning muhim vositalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli ba‘zi 
mamlakatlar jahon xo‘jaligida o‘z o‘rnini egallash maqsadida qazib olinayotgan 
tabiiy boyliklarning turi va soniga, hamda metallar, gaz-kimyo materiallar, 
plastmassalarni qayta ishlash undan tashqari ma‘lum bir foydali xususiyatlarga ega 
bo‘lgan yangi materriallarni ishlab chiqarish va turlarini oshirishga harakat qiladilar. 
Boshqa tomondan texnik bilim va texnologik qobiliyat darajasi qanchalik yuqori 
bo‘lsa mamlakatlar shuhrati jahon iqtisodiyotida kechayotgan jarayonlarga o‘z ta‘sir 
kuchi shunchalik katta bo‘ladi. 
Rivojlanishning moderinezatsiyalashgan ssenariysiga o‘ta olmagan va 
diversifikatsiyaning yetarli darajasi ta‘minlanmagan hollarda mamlakatlar bir 


24 
tomonda, yoqilg‘i, qishloq ho‘jaligi va hom ashyo eksporti va ikkinchi tomondan 
mashina-texnika va iste‘mol importi oralig‘ida qolib ketadi. Shu sababdan, har 
tomonlama diversifikatsiyalashuv asosidagi sanoatning innovatsion rivojlanishi
asalalarini yechishga ilmiy asoslangan yondashuvlarning ishlab chiqilishi uni barcha 
mavjud bo‘lgan moliyaviy spekulyatsiyalarga konyuktura tobeligidan chiqarish va 
xalqaro moliyaviy girdoblar ta‘siridan saqlashning yagona varianti sifatida 
qaralmoqda. 
Ushbu 
vaziyatdan 
kelib 
chiqib, 
sanoat 
diversifikatsiyasi 
tusuhnchalarini anglash muhim hisoblanadi. Uning quyidagi turlari mavjud: 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə