Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
kitob

 
 
 
 
 
 
 
 
1.3-rasm. Modernizatsiyalash jarayonlarini qo’llashning turli darajalari
16

Rasmdan ko’rinadiki,modernizatsiyalash jarayonlarini qo’llashning turli 
darajalari quyidan yuqoriga tomon kengayib boruvchi ko’rinishda ifodalangan. Har 
bir darajaning qisqacha mazmunini ko’rib chiqamiz.
 
Birinchi (eng quyi) daraja – bu alohida texnika, texnologiyani 
modernizatsiyalash 
bo’lib, ko’proq tor ma’nodagi modernizatsiyalash 
tushunchasiga to’g’ri keladi. 
Ikkinchi daraja – ishlab chiqarishni modernizatsiyalash yaxlit ishlab chiqarish 
jarayonlarini namoyon etib, o’z ichiga funktsional jihatdan o’zaro bog’liq bo’lgan 
texnika va texnologiyalar bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etish 
jarayonlarini modernizatsiyalashni ham oladi. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
 
– ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. 
15
http://www.glossary.ru/cgi-bin/gl_sch2.cgi?RSluwoo!suklwtong.oo
 
16
Муаллиф ишланмалари асосида тузилган. 
Yaxlit jamiyat (ijtimoiy tuzum)ni
modernizatsiyalash 
Alohida texnika, texnologiyani 
modernizatsiyalash 
Ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash 
Korxona faoliyatini
modernizatsiyalash 
Jamiyatning alohida jabhalarini
modernizatsiyalash 


17 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalish va vositalari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab 
chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar 
asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy 
etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish. Buni quyidagi chizma 
ko’rinishida yaqqol tasavvur etish mumkin.
Uchinchi daraja – korxona faoliyatini modernizatsiyalash bo’lib, korxonadagi 
ishlab chiqarish jarayoni bilan bir qatorda boshqaruv va boshqa tashkiliy-iqtisodiy 
jarayonlarni modernizatsiyalashni ham ko’zda tutadi. 
To’rtinchi daraja – jamiyatning alohida jabhalarini modernizatsiyalash bo’lib, 
keng ma’nodagi modernizatsiyalashning quyi bo’g’ini hisoblanadi. U iqtisodiy, 
siyosiy, ijtimoiy va boshqa jabhalardagi modernizatsiyalash jarayonlaridan iborat 
bo’ladi. 
Beshinchi (eng yuqori) daraja – yaxlit jamiyat (ijtimoiy tuzum)ni 
modernizatsiyalash keng ma’nodagi modernizatsiyalashning yuqori bo’g’ini. 
Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash jarayonida amalga oshirilayotgan 
ishlar ijtimoiy hayotimizning deyarli barcha jabhalarida tatbiq etilayotganligi, 
qamrab olinish ko’lamlari esa muntazam va bosqichma-bosqich kengaytirib 
borilayotganligi, ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali rivojlanishini 
ta’minlash, uni rivojlangan mamlakatlar darajasiga ko’tarish, siyosiy va iqtisodiy 
o’zgarishlar, jahon bozori kon’yunturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga 
nisbatan chidamligi, mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan 
iqtisodiyotdagi tub islohotlar natijalariga bog’liqdir. Shuning bilan birga, 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
ijtimoiy 
hayotning 
boshqa 
sohalaridagi 
o’zgarishlariga ham chambarchast bog’liq. Ya’ni, barcha soha va jabhalari o’rtasida 
jadal olib borilayotgan modernizatsilash jarayonlarini amalga oshirish davomida 
izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlash zarur. Shundagina ko’zlangan maqsad 


18 
kutilgan samarmni beradi. Eng avvalo, mamlakatimizda har bir soha bo’yicha davlat 
darajasidagi 
dasturlar 
qabul 
qilinib, 
uning 
ijrosiga 
katta 
ahamiyat 
qaratilayotganligidir. Jumladan, modernizatsiyalash natijalari o’laroq, zamonaviy va 
takomillashtirilgan texnika-texnologiyalar yordamidasifatli hamda eksportga 
mo’ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilishiga erishilmoqda. 
O’zbekiston uchun jahon bozoriga yangi marralarga chiqishning ishonchli yo’li 
sifatida inqiroz davom etib turgan yillarga mo’ljallangan iqtisodiy dasturlarning shu 
yillarda quyidagi eng muhim yo’nalishlari belgilab berildi: 
- tarkibiy o’zgarishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, 
buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi 
bozorlarda talab yuqori bo’lgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga 
yo’naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik 
va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo’li bilan amalga oshirish, mamlakatni 
modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida 
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish
17

- korxonalarni texnik qayta qurollantirsh – alohida ishlab chiqarish turlarini 
zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab 
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan 
qurilma va uskunalarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va 
tashkil etilishini yaxshilash yo’li bilan korxonaning texnik darajasini oshirish 
bo’yicha chora-tadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intinsivligini kuchaytirish, 
ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini 
yaxshilashga yo’naltirilgan bo’ladi. 
Texnik 
modernizatsiya 
masalasini 
XX 
asr 
o’rtalari namunaviy 
industrializatsiyasi bilan ayniylashtirish noto’g’ri. Bu masalaga har qanday, hatto 
yuqori industriallashgan mamlakat ham duch kelishi mumkin. Ayniqsa jahon 
iqtisodiyoti postindustrial formatga jadal o’tayotgan bir paytda. Modernizatsiya 
strategiyasining muvaffaqiyatli tajribasi quyidagi to’rtta bosqich ketma-ketligidan 
17
Каримов И А. Жаҳон молиявий иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг 
йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009. 


19 
iborat bo’ladi: 
1) importning o’rnini bosish bosqichi (asosiy tarmoqlarni to’g’ridan-to’g’ri 
qo’llab-quvatlash, yuqori tariflar); 
2) eksportga yo’naltirilgan o’sishni ta’minlash bosqichi (eksportni va yirik 
korxonalarni qo’llab-quvvatlash, texnologiyalarni qarzga olish); 
3) jadal o’sishni rag’batlantirish bosqichi (innovatsiyalarga e’tibor beriladi, 
tariflarni pasaytirish, antimonopol tartibga solish, kichik va o’rta korxonalarni 
qo’llab-quvvatlash); 
4) rivojlangan bozor bosqichi. 
O’zbekiston hozirda modernizatsiyaning birinchi bosqichidan ikkinchi 
bosqichiga o’tish pallasida. Birinchi bosqich uchun iqtisodiyotdagi tuzilmaviy 
o’zgarishlar va davlatning etakchi tarmoqlardagi aktiv investitsion faoliyati bilan 
ajralib turadi. Inqiroz ikkinchi bosqichga o’tishni tezlashishiga sabab bo’ldi. Bunda 
iqtisodiyotning real sektori keng ko’lamli texnik modernizatsiya evaziga mustahkam 
rivojlanadi. 
Mazkur dastur iqtisodiyotning real sektorida mamlakatning eksport salohiyatini 
tashkil etuvchi, yuqori qo’shimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarishga 
yo’naltirilgan, tayyor mahsulotga bo’lgan ichki talabni qondiruvchi, va 
mahalliylashtirilayotgan 
ishlab 
chiqarishlarda 
qayta 
ishlanishi 
uchun 
yarimfabrikatlarni 
etkazib 
beruvchi 
yirik 
loyihalarni 
amalga 
oshirishga 
yo’naltirilgan. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə