Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


I BOB. ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASH VA TEXNIK



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
kitob

I BOB. ISHLAB CHIQARISHNI MODERNIZATSIYALASH VA TEXNIK 
VA TEXNOLOGIK YANGILASH VA DIVERSIFIKATSIYALASHNING 
NAZARIY JIHATLARI 
1.1. Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va 
modernizatsiyalashning iqtisodiy mazmuni 
Kishilik jamiyati taraqqiy etib borgani sari iqtisodiy munosabatlar ham 
rivojlanib, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning nisbatan samarali usul 
va vositalari takomillashib boradi. Bugngi kunda keng ma’noda qo’llanilayotgan 
modernizatsiyalash jarayoni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, 
yangilash, taraqqiyotning ilg’or andozalarini tatbiq etish va takomillashtirishning 
bosh majmui sifatida talqin etilmoqda. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning 
tahlili shuni ko’rsatadiki, qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarning asosida 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonining o’rni ahamiyatli hisoblanadi. Shunga 
ko’ra, hozirda ushbu jarayonning nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish 
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Modernizatsiyalash juda keng tushuncha bo’lib, uni ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotning barcha jabhalariga tatbiqan qo’llash mumkin. Bu eng avvalo 
modernizatsiyalash jarayonini turli jihatlarga ko’ra tasniflash orqali namoyon 
bo’ladi. 
Jumladan, B.Xodiev va boshqa bir qator mualliflar modernizatsiyaning tor va 
keng ma’nosini farqlaydilar
5
. Xususan, ular modernizatsiya tushunchasiga tor 
ma’nodagi yondashuv sifatida uning quyidagi mazmundagi ta’rifini keltiradilar: 
“Modernizatsiya – ob’ektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi 
talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. 
Asosan mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi”
6

Bundan ko’rinadiki, tor ma’nodagi modernizatsiya atamasi asosan texnika, 
texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi.
5
 
Xodiev B.Yu., Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiya qilish – milliy 
taraqqiyotimizning mantiqiy bosqichi: Ilmiy-ommabop risola. – T.: TDIU, 2018. – 53 b.
 
6
http://ekonomic.doco.ru/?id=797665467



12 
E.E.Rumyantseva ham masalaga xuddi shunday yondashadi: “Modernizatsiya 
(modernization) – 1) keng ma’noda – turli takomillashtirishlarni joriy etish orqali 
zamonaviy talablarga muvofiq o’zgarishlar, ijobiy siljishlarga erishish. Asosan 
makrodarajada ro’y berayotgan jarayonlarni tavsiflashda qo’llaniladi (masalan, 
iqtisodiyotni modernizatsiyalash, iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini moderniza-
tsiyalash); 2) tor ma’noda – mol-mulkka nisbatan – mol-mulk ob’ekti elementlarini 
almashtirish, konstruktiv nuqsonlarni bartaraf etish, (ko’chmas mulk ob’ektlari) 
tashqi ko’rinishni yaxshilash orqali ma’naviy eskirishni tugatish”
7
.
L.M.Kulikov modernizatsiyalashga fan-texnika taraqqiyotining asosi, uni 
amalga oshirish shakli sifatida qaraydi: “Fan uzoq yillardan buyon rivojlanib, ishlab 
chiqarishni yangi g’oyalar bilan “ozuqlantirib” kelmoqda. Shuning uchun fan-
texnika taraqqiyoti (FTT), ya’ni texnika va ishlab chiqarish usullarini evolyutsion, 
sekin-astalik bilan modernizatsiyalash u yoki bu darajada barcha texnologik 
davrlarga xos bo’lib kelgan. Modernizatsiya (lotincha modern(us) – yangi, 
zamonaviy) – biror narsani zamonaviy talablarga muvofiq ravishda yangilash
takomillashtirish”
8

A.Xashimovning “Modernizatsiya – ishlab chiqarishda band bo’lgan asosiy 
vositalar va nomoddiy aktivlarni fan va texnikaning so’nggi yutuqlari asosida qayta 
qurollantirish, yangilash, zamonaviylashtirish. Uni mamlakatdagi resurslardan 
samarali foydalanish (davlat lokalizatsiya dasturi) asosida amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir”
9
deb bergan ta’rifidan ko’rinadiki, muallif modernizatsiyaga 
tor ma’noda yondashish bilan bir qatorda uni amalga oshirish qamrov doirasiga ham 
nisbatan cheklangan holda yondashgan. 
Hozirda modernizatsiya tushunchasining keng ma’nosi tobora dolzarb 
ahamiyat kasb etib bormoqda. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan mualliflar tomonidan 
keng ma’nodagi modernizatsiya tushunchasi bugungi kunda jamiyat hayotining turli 
jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi mavjud 
7
Румянцева Е.Е. Новая экономическая энциклопедия. 3-е изд. – М.: ИНФРА-М, 2008. – VI, 826 с.-С.374. 
8
Куликов Л.М. Экономическая теория: учеб. - М. : ТК Велби, Изд-во Проспект, 2005, с.72. 
9
Хашимов А.А. Ўзбекистонда интеграциялашган корпорацияларни бошқариш. – И.ф.д., проф. Б.Б.Беркинов 
таҳрири остида. – Т.: “ФАН”, 2007, 286-б. 


13 
ilg’or andozalar tomon yo’naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui 
sifatida ifodalanadi
10

Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda modernizatsiya jarayonini tavsiflashdagi 
turlicha yondashuvlar mazmuni bayon etilgan (1.1.1-jadval).

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə