Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
kitob

1. Agressiv strategiya. 
Ushbu strategiyaning mohiyati tez rivojlanayotgan va 
tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan sohalarga investitsiya kiritish bilan 


26 
belgilanadi, ya‘ni moliyaviy resurslarning katta qismini bir sohaga yo‘naltirish va 
uni rivojlantirish orqali yuqori daromad olish. Mutaxassislar fikriga ko‘ra bunday 
strategiyada asosiy sohaga yo‘naltirilgan investitsiyalar umumiy miqdorining 80% 
ko‘p bo‘lmasligi kerak.16 Qolgan mablag‘ boshqa sohalarga taqsimlanishi 
maqsadga muvofiq. 2010-yildan buyon BAAda iqtisodiyotni diversifikatsiya 
qilishda aynan agressiv strategiya olib borilmoqda.
2. O’rta darajadagi strategiya. 
Tavakkalchilik darajasini birmuncha 
pasaytirishga qaratilgan strategiya o‘rta darajadagi strategiya hisoblanib bunda 
investor o‘zini stabil daromad bilan ta‘minlash uchun o‘z mablag‘ini turli sohalar 
bo‘yicha teng ravishda taqsimlaydi. Maqsad sohalarni rivojlantirish emas balki 
faqatgina ularning barqaror faoliyatini ta‘minlash hisoblanadi. 
3. Konservativ strategiya. 
Ushbu strategiyada investitsiyalarning faqatgina 
ishonchli va rivojlangan sohalar bo‘yicha taqsimlanishini ko‘zda tutadi va 
tavakkalchilik darajasi deyarli yo‘q va daromad ham katta emas. Investorlar o‘z 
mablag‘larini diversifikatsiya qilishda barcha investitsiyalar tarkibi bir sohaga 
bog‘liq bo‘lib qolishini oldini olishga harakat qilishadi, buning sababi biror sohaga 
kiritilgan aktivlar narxi tushgan davrda ikkinchi sohadan kelgan daromad yuqori 
bo‘lishi kerak va tavakkalchilik darajasini pasaytirishi darkor. Ammo shuni 
ta‘kidlab o‘tish joizki, investitsion portfelda bir hil taqsimlangan aktivlarga ega 
bo‘lish uni diversifikatsiyalashuvini bildirmaydi. 
Investitsion portfelni diversifikatsiyalash zaruriyatini birinchilardan bo‘lib 
nobel mukofoti laureati G. Markovits matematik jihatdan isbotlab berdi. U 
qimmatli 
qogʻozlar bozoriga matematik usullarni koʻllash imkoniyatlarini, shuningdek
portfel investitsiyalarini tanlash, investitsiyalarni samarali diversifikatsiyalash mu-
ammolarini tadqiq etgan. U turli qimmatli qogʻozlarga kapitalni optimal 
investitsiyalash nazariyasini yaratdi. Markovitsning portfel investitsiya nazariyasi 
asosida qimmatli qogʻozlarni diversifikatsiyalashning maqsadga muvofiqligi va 
xatarlarni baholash toʻgʻrisidagi gʻoyalari AQShda katta muvaffaqiyat qozondi. 
Markovits nazariyasiga ko‘ra investitsion portfel ikki omil orqali ya‘ni daromad va 
tavakkalchilik darajasi baho beriladi va unda investor mablag‘larini taqsimlashda 


27 
tavakkalchilik yuqori bo‘lishi bilan daromad ham to‘g‘ri proporsional darajada o‘sib 
borishini hisobga olgan holda taqsimlashi zarur. Shu sababli eng optimal variant eng 
yuqori tavakalchilik darajasi hamda daromad keltiruvhci soha hisoblanadi.
Investitsion portfelni diversifikatsiya qilish orqali tavakkalchilik darajasini 
pasaytirish investor maqsadi va tavakkalchilikka bo‘lgan tolerantligiga bog‘liq. 
Diversifikatsiya natijasida aktivlar o‘rtasidagi korelyatsiya darajasini tushurish, 
tavakkalchilik darajasini ham tushurish imkoniyatini yaratadi, ya‘ni boshqacha qilib 
aytganda, investitsiya kiritish davrida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan sohalarni tanlash 
maqsadga muvofiq. Bunda korelyatsiya uchta darajada bo‘ladi: musbat korelyatsiya 
bu daromadlar bir-biri bilan bog‘liq sohalarda; nollik korelyatsiya birbiriga bgliq 
bo‘lmagan aktiv; manfiy korelyatsiyada hechbir aktiv bir-biriga bog‘liq emas va 
tavakkalchilik darajasi deyarli nolga teng. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə