Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


 Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash omillari va shart sharoitlari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
kitob

1.3. Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash omillari va shart sharoitlari 
Hozirgi kunda turli inqirozlar natijasida va undan keyingi davr mobaynida bir 
qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat qarzlari va milliy budjet 
taqchilligi muammosi haligacha o‘z yechimini topmay, real sektorda ishlab 
chiqarish pasayib, jahon bozorida xarid talabi kamayishida davom etib ishsizlik 
darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Bunday holat ayniqsa eksport tarkibida tabiiy va 
yonilg‘i resurslari ulushi yuqori bo‘lgan ba‘zi Fors ko‘rfazi va asosan neft va gaz 
eksportiga tayanib qolgan mamlakatlarga salbiy ta‘siri darajasi yuqori hisoblanadi. 
Mamlakatlarning boshlang‘ich holatidagi qiyinchiligi eksportning xom ashyoga 
yo‘naltirilganligi, oziq-ovqat mahsulotlarini importiga muhtojlikning yuqoriligi va 
energiya balansidagi nomutanosibliklarda o‘z aksini topadi. O‘z navbatida, tashqi 
iqtisodiy strategiyaning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirilishi bu orqali xalqaro
ixtisosliklarni optimallashtirish mamlakatning jahon iqtisodiyotida to‘la qonli 
a‘zosiga aylantiradi. 


28 
1.1-Rasm. Mamalakatlarning iqtisodiy o’sish sura’tlari
18
 
Tashqi savdo aylanmasi, uning hajmi va o‘sish sur‘atlarini, ixtisoslik 
darajasini va jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini ko‘rsatadi. Mamlakat eksport 
salohiyatining oshib borishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning ishonchli 
barometrihisoblanadi. Eksport tarkibini diversifikatsiya qilishning iqtisodiy o‘sishga 
ijobiy korrelyatsiyasi mavjud bo‘lib, eksport tarkibining yuqori diversifikatsiya-
lashganlik darajasi yuqori o‘sish sur‘atlarini taminlashga ko‘maklashadi. Bundan 
tashqari diversifikatsiyalash va eksport tarkibida qoshilgan qiymat darajasi yuqori 
bolgan tovarlar ulushini oshirish har bir mamlakat oldida turgan eng asosiy 
vazifalardan hisoblanadi.
Eksport tarkibida muammolarga ega mamlakatlar eksport tarkibini 
diversifikatsiya qilishning dolzarbligi tashqi bozorlarni egallashda, milliy eksport 
tarkibining tur va xajm jihatidan ko‘p bo‘lishi jahon xo‘jaligida mamlakatning 
raqobatbardosh bo‘lishiga yordam beradi. Eksport diversifikatsiyasi, ya‘ni xorijga 
sotilayotgan mahsulotlar va xizmat turlarining kengayishi, jami eksportda alohida 
mahsulot yoki hizmat turi (ayniqsa, xom ashyo) ulushining salmoqli bo‘lishiga 
barham berilishi mahsulotlar eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini 
kengaytiradi, eksport hajmining barqaror bo‘lishini ta‘minlaydi, milliy 
18
stat.uz – sayti ma’lumotlari. 


29 
iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o‘zgarishlarga ta‘sirchanligini darajasini 
pasaytiradi. 
Ta‘kidlash joizki, tashqi savdo tarkibini diversifikatsiyalash ikki yonalishda 
amalga oshiriladi: birinchi usul tashqi savdoning geografik tarkibini diversifi-
katsiyalash bo‘lsa, ikkinchi usul uning tovarlar tarkibini takomillashtirishdir.
Geografik diversifikatsiya tashqi savdo hamkorlarni mintaqalar aro kengaytirish va 
imkon darajasida ko‘p hamkorlar bilan savdo aloqalarini o‘rnatishni taqozo etsa, 
ikkinchi usul eksport tovar tarkibini kengaytirish hamda unda qo‘shilgan qiymat 
darajasi yuqori ilmiy texnikaviy maxsulotlar ulushini ko‘paytirish bilan bog‘liq.
So‘nggi yillarda bu darajada yanada yuqorilab borishi mamlakatimizda 
amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasidir.
 
Mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya darajasinianiqlashda hozirgi kunda 
diversifikatsiya koeffitsienti dan foydalaniladi. So‘nggi yillarda deyarli barcha fors 
ko‘rfazi mamlakatlari neft maxsulotiga bog‘liqlik darajasini pasaytirish maqsadida 
turli 
islohotlar 
amalga 
oshirib 
kelishmoqda. 
Booz&Company 
direktori 
R.Abouchakra fikriga ko‘ra muqobil ko‘rsatkich ishlab chiqish aynan rivojlangan va 
iqtisodiyotini diversifikatsiyasiga hozirgi kunda katta ahamiyat berayotgan MDH va 
FK mallakatlari erishgan yutuqlari darajasini aniqlash uchun yagona ko‘rsatkich 
ishlab chiqish dolzarb bo‘lib qoldi. Aynan shu maqsadda tashkilot mutaxassislari 
tomonidan ishlab chiqilgan indeks mamlakatlarning diversifikatsiyalashganlik 
darajasi foiz ulushida uchta asosiy deb tanlab olingan ko‘rsatkichlar ya‘ni 
YaIMning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanganligi, (Ixtisoslashuv darajasi), mexnat 
resurslarining taqsimlanishi orqali hisoblanadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə