Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
kitob

1998-yillar: Neftning 
narxi past davr 
 
90-yillar so‘ngida neft narxining tushib ketishi Ko‘rfaz 
mamlakatlari barchasiningiqtisodida katta muammo keltirib 
chiqardi. Ushbu muammoni hal etishda BAA hukumatineft bilan 
bog‘liq bo‘lmagan sohalarni va xususiy sektorni faoliyatini qo‘llab 
quvvatladi.Natijada neft narxi tushishi mamlakatga ta‘siri pasaydi 
va diversifkatsiya dasturi yanadarivojlandi. 
1999-2007 yillar 
Iqtisodiy bum 
Ushbu davrda BAA iqtisodiyotning 9% o‘sish tempi uni jahonong 
eng tez rivojlanayotganmamlakatlar qatorida qo‘shdi. Mamlakatda 
sun‘iy orol, osmon o‘par binolar, Dubaydayangi ijtimoiy-iqtisodiy 
markazlar yuzaga keldi. 
2007-2009 yillar: Jahon 
moliyaviy inqirozi 
 
BAA duch kelgan muammolar joriy qilingan pul-kredit va soliq 
siyosatlari orqali bartarafetildi. Foiz stafkalari pasaytirildi va barcha 
banklarga umumiy miqdorda 19 mlrd AQShdoll. miqdorida uzoq 
muddatli keredit ajratildi. 
2010-2017 yil: Agressiv 
diversifikatsiya 
strategiyasi 
 
Hali ham YaIM da neft maxsulotlari ulushi asosiy bo‘lib qolmoqda. 
Shu sababli BAAneftga bog‘liq bo‘lmagan sohalarga katta 
investitsiyalar kiritib rag‘batlantirishda davometmoqda. 
 
Ushbu dasturlarga binoan mamlakat qirg‘oq bo‘yi huhdlarida turizm 
industriyasini 
rivojlantirish, 
amirlik 
hududlarida 
xalaqaro 
aeroport 
va 
20
Gliksberg, B. (2016) ‘Equilibria under monetary and fiscal policy interactions in a portfolio choice model’, Journal
 
of Economic Dynamics and Control
. Elsevier, 69, pp. 209–228. doi: 10.1016/j.jedc.2016.05.014.
 


47 
avtomagistarllar qurish, barcha dengiz portlarini qayta tamirlash, turizm 
industriyasini rivojlantirishda Fransiya va Italiya kabi mamlaktlar investitsiyalaridan 
foydalanish va Jebel-Ali porti hududida erkin savdo hududi tashkil etish va unda 
chet el investorlari uchun barcha qulayliklarni yaratish ko‘zda tutilgan edi. 
So‘nggi 15 yil ichida BAA iqtisodiy siyosatida yuzaga kelgan yangi 
tendensiyalar uning liberallashuvi, ochiqlik darajasini oshirish, iqtisodiyot 
sohasidagi 
qonunchilikni 
mukammallashtirish 
va 
sanoat 
infrastrukturasi 
rivojlantirishga qaratildi. Endi ustuvor yo‘nalish neft sohasini moderinezatsiyalash 
emas balki, qurilish, savdo, aloqa, bank va turizm kabi sohalarni rivojlantirishga 
aylandi. Ushbu strategiyaning muvaffaqiyatli natijasini hozirda mamlakat iqtisodini 
tahlili asosida ko‘rishimiz mumkin. Uchta asosiy deb hisoblangan omillar BAA 
iqtisodiyotini tez sur‘atlar bilan rivojlanishiga sabab bo‘ldi: 

mamlakatning ochiqligi uni Sharq va G‘arbni bog‘lovchi transport yo‘llari 
markaziga aylantirdi; 

neftdan kelgan daromadlarning moliya va investitsiya sohalariga katta 
imkonoyatlar yaratib berishi; 

iqtisodiyotning diversifikatsiyalashganligi davlat budjetiga savdo va 
sanoatning turli sohalaridan tushumlarni ko‘paytirdi. 
Cofas28 tashkilotining 2017-yildagi hisobotida BAA iqtisodiyotning kuchli 
rivojlanib kelishi uning samarali diversifikatsiya siyosati natijasi ekanligi aytib 
o‘tildi. Bundan tashqari 2014-yilga rejalashtirilgan 5% lik o‘sish hamda qonunchilik 
tomonidan yaratilgan qulay biznes muhit ham ushbu siyosat natijasidir. Ushbu 
ko‘rsatkichlar bo‘yicha tashkilot mamlakatni hozirgi holatini o‘zining yetti 
pog‘onali baholash mezoni bo‘yicha beshinchi darajada baholadi. 
“BAA iqtisodiyoti neft va neftga bog‘liq bo‘lmagan sohalarga asoslangan 
holda bir tekis rivojlanib kelmoqda. Mamlakatning diversifikatsiya siyosati 
iqtisodiyotni neftga bog‘liqligini kamaytirish va real sektorni qo‘llab-quvvatlash 
orqali iqtisodiy o‘sishni ta‘minlaydi. Biznes muhit yaxshilanmoqda hamda 
iqtisodiyot doirasida, uning oshkoraligini oshirish uchun qilingan ishlar turli 


48 
havflarni kamaytirish uchun hizmat qiladi”deydi, Cofas ning YaO‘Sh mintaqasi 
bo‘yicha iqtisodchisi Seltem Iyigum. 
Haqiqatdan ham 2010-yildagi moliyaviy iqtisodiy inqiroz natijasida 5 foizga 
yaqin qisqarishdan keyingi 5 yil ichida o‘rtacha 4% dan yuqori darajadagi o‘sish 
katta ko‘rsatkich hisoblanadi. 2017-yil o‘sish ko‘rsatkichi 5,2% ni tashkil etdi va 
kelgusi yilda 5% bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar milliy (4,6%) va jahon 
(4,8%) statistika tashkilotlari prognozlaridan birmuncha yuqori bo‘ldi. 2015 va 2017 
yilgi o‘sish korsatkichlari ham avvalgi tahminlardan yuqori darajani egalladi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə