Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


hamda modernizatsiyalashning jahon tajribasidan foydalanish imkoniyatlari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
kitob

hamda modernizatsiyalashning jahon tajribasidan foydalanish imkoniyatlari 
 
Yangi bilim va texnologiyalarni yaratish va ularadan davlatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo’lida foydalanish mamlakatning jahon 
hamjamiyatidagi o’rni va rolini, milliy xavfsizlikni ta’minlash darajasini belgilab 
beradi. Rivojlangan davlatlarda YaIM o’sishining 80-95 %i texnika va 
texnologiyalarga kiritilgan yangi bilimlar hissasiga to’g’ri keladi, ya’ni ushbu 
mamlakatlarda innovatsion iqtisodiyot rivojlanmoqda. Bugungi kunda innovatsiya 
sohasida katta tajriba va yutuqlarga erishgan rivojlangan davlatlarda innovatsiya 
faoliyatini amalga oshirish va rivojlantirishga yo’naltirilgan davlat innovatsiya 
siyosatini amalga oshiradi. Uning asosini quyidagilar – innovatsiya faoliyatini 
yanada faollashtirish, unga zaruriy qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan. 
Mamlakatning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash va jamiyat 
ehtiyojlarini to’liqroq qondirish maqsadida uning natijalaridan keng foydalanish va 
samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tashkil etadi va bu uch 
bosqichdan tashkil topgan: 
1. Innovatsiya faoliyatini rivojlantirishning ilmiy asoslangan kontseptsiyasini 
ishlab chiqish va takomillashtirish. Bu bosqichda innovatsiya bozoridagi yangiliklar 
va rivojlanish yo’nalishlari, mamlakatning innovatsion salohiyati amaldagi holati,
innovatsiya mahsulotlariga bo’lgan va kuchayib borayotgan talablar, mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi, innovatsiya sohasini rivojlantirishga 
investitsiyalarni jalb etish holati va imkoniyatlari hamda ilmiy-texnikaviy 
yangiliklardan foydalanish darajasi va ta’siri kabilar chuqur, kompleks tahlil qilinadi 
va shu asosda kontseptsiya yaratiladi. 
2. Innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan faol qo’llab-quvvatlashning 
asosiy yo’nalishlari aniqlanadi va ishlab chiqiladi. 
3. Innovatsion faollikni yanada kuchaytirishga qaratilgan maqsadlarning 


36 
samarali amalga oshirilishi bo’yicha amaliy harakatlar olib boriladi. 
Innovatsion siyosat joriy va uzoq muddatli siyosatdan iboratdir. Joriy 
innovatsiya siyosati innovatsiya faoliyatini operativ muvofiqlashtirib turishni 
anglatadi. uzoq muddatli innovatsiya siyosati resurslarning katta xarajatlarini talab 
etuvchi vazifalarni hal etishga qaratilgan. Innovatsiya faoliyatining rivojlanishida 
innovatsiya siyosatining 2-bosqichi ijrosi muhim ahamiyat kasb etadi va bu 
bosqichda innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning asosiy 
yo’nalishlari quyidagilardan iboratdir: 
- istiqbolli yo’nalishlardagi ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga ta’sir 
ko’rsatish; 
- innovatsion faollikni oshirishga yo’naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va 
amalga oshirishga yordam berish; 
- innovatsion ishlanmalar olib borilishi uchun davlat buyurtmalarini 
shakllantirish; 
- innovatsiya jarayonlarini qo’llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan 
muvofiqlashtirib borish choralarini qo’llash; 
- innovatsiya faoliyatini kadrlar bilan ta’minlash; 
- innovatsiya jarayonlari sohasidagi xalqaro aloqalarni tartibga solib borish va 
rivojlantirish. 
Innovatsiya faoliyatining rivojlanishida uni mablag’lar bilan ta’minlash 
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli rivojlangan davlat sifatida AQShda mazkur 
jarayonni tahlil qilish va to’plangan tajribalarni o’rganishni lozim, deb topdik. 
AQShda 
barcha 
ishlanmalar 
va 
yangiliklarni 
moliyalashtirish 
quyidagi 
proportsiyada amalga oshiriladi: 35 %i – federal byudjetdan (200 mlrd. AQSh 
dollari atrofida); 60 %i – ishlab chiqarish kompaniyalarining o’z mablag’lari 
hisobiga; 5 %i – shtatlar hukumatlari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari,
kollejlar, universitetlar va xususiy fondlar mablag’lari hisobiga. AQShda 
fundamental tadqiqotlarning aksariyat qismini universitetlar olib boradilar. Mazkur 
ishlanmalarning ustuvor qismi grantlari tizimi orqali federal hukumat tomonidan 
moliyalashtiriladi. AQShda ijroiya hoqimiyati innovatsiya faoliyati sohasidagi 


37 
milliy siyosatning olib boruvchi hisoblanadi. Bunda federal hukumat ilmiy 
ishlanmalarni boshqarishning markaziy apparatiga ega emas va mazkur faoliyatni 
kichik miqdordagi agentliklari va kompaniyalari orqali amalga oshiradi. Ilmiy-
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI – rus tilida NIOKR) natijalarini 
tijoratlashtirishni xususiy kompaniyalar – ITTKI iste’molchilari, universitetlar va
ITTKIning asosiy investori sifatida davlat manfaatlari balansini ta’minlovchi
AQSh prezidenti farmonlari va 20 dan ortiq qonunlar tartibga solib turadi. 
Innovatsiya 
faoliyatini 
moliyalashtirishning 
AQSh 
tajribalari 
shuni 
tasdiqlaydiki, mazkur faoliyatning rivojlanishi davlat tomonidan moliyalashti-
rilmasin (1/3 qismi) va qanchalik qo’llab-quvvatlanmasin, eng asosiy mablag’larni 
etkazib beruvchilar ishlab chiqarish kompaniyalari, ya’ni tadbirkorlik faoliyati 
sub’ektlar hisobalanishadi. Bu shundan dalolat berdiki, eng avvalo, AQShda 
tadbirkorlik faoliyati erkinligi, rivoji va undan manfaatdorlik ko’rish omillari 
ustunligi va davlat tomonidan himoya qilinishi xususiy investorlar uchun 
innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish orqali yuqori foyda olishga bo’lgan intilishni 
rag’batlantiradi va kuchaytiradi. Natijada, biz yuqorida ko’rganimizdek,
innovatsiya faoliyatini moliyalashtirishda va undagi yangilik va ishlanmalarni 
o’zlashtirishda asosiy ustunlik xususiy kompaniyalar hissasi saqlanib qoladi. AQSh 
davlati amaliyoti ko’rsatishicha, innovatsiya faoliyatini amalga oshirish quyidagi 
bosqichlarni o’ziga jam etgan innovatsiya jarayonlariga asoslanadi: 
1. Nazariy va fundamental tadqiqotlar. 
2. Maqsadli tadqiqotlar. 
3. Marketing. 
4. Aniq mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqish. 
5. Texnik loyiha. 
6. Biznes-rejalashtirish va qo’shimcha marketing tadqiqotlari. 
7. Innovatsiya mahsulotini ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish 
quvvatlarini modernizatsiyalash va texnik qayta qurolantirish (agar zarur bo’lsa). 
8. Yangi bino va inshoatlarni qurish (agar bu zarur bo’lsa). 


38 
9. Innovatsiya (yangi mahsulot va xizmatlar) bozorida oldinga harakatlanish 
uchun sotish dasturlarini chiqarish. 
10. Innovatsiyalarni seriyali tirajlar bilan ishlab chiqarishni boshlash (yangi 
mahsulotni ishlab chiqarish, yangi xizmatlarni joylash va sh.k.). 
11. 
Sotish 
xizmatlarini 
ko’rsatishni eng kamida biznes-rejadagi 
rejalashtirilgan hajmgacha kengaytirish. 
12. Foyda kapitalizatsiyasi (innovatsion kapitalni yaratishga sarflangan 
xarajatlarni qaytarib olish, qoplash). 
Innovatsion tadbirkorlikning tijorat kompaniyalari kabilar tomonidan amalga 
oshirilishi va moliyalashtirilishi odatda, yuqorida keltirilgan 6-12 bosqichlarga 
to’g’ri keladi. Biroq, maxsus innovatsion kompaniyalar faoliyati 3-12 bosqichlarni 
qamrab oladi. Biroq, ayrim ixtirolarni amaliyotga joriy etish bilan shug’ullanuvchi 
kompaniya va xususiy shaxslar 3-5 bosqichlarni mustaqil ravishda amalga oshirish 
va moliyalashtirishga qodir emaslar. Qolaversa, 3-bosqichdan o’rin olgan marketing 
tadqiqotlari innovatsiya jarayonining 4-11 bosqichlarida ham amalga oshirilishi va 
moliyalashtirilib borilishi tabiiy holligi bunga sababdir. 
Innovatsiya jarayonining 1-2 bosqichlari o’ta mas’uliyatli, amalga oshirilishi 
uzoq vaqtni talab etuvchi mazkur bosqichlarning yakuniy natijalari kam 
prognozlanishi, ularning amalga oshirilishini moliyalashtirish, ko’p hollarda, 
xususiy biznes uchun imkoniyatdan yuqori bo’lishi sababli mazkur bosqichlar, 
odatda, davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Mazkur bosqichlarning amalga 
oshirilishida davlatning ishtirokining muhimligi yana shu bilan asoslanadiki, nazariy 
tadqiqotlar bosqichida ijobiy natijalar olingan taqdirda ham mahmulot bozor uchun, 
ya’ni bazor talabiga mos yaratilmagan bo’lishi kabi katta riskka ega bo’lishi 
mumkin. Tajriba ko’rsatishicha, nazariy tadqiqotlarning 90 %i natijasiz 
yakunlanadi, qolgan 10 %idan ham hammasi iste’mol bozori uchun mos bo’lmasligi 
mumkin. Shu sababli bu kabi yuqori risk darjasida va kutilgan natijani olishning 
kam prognozli sharoitida o’z kapitali bilan tavakkalchilikka qo’l uruvchi xususiy 
kompaniyalarning ko’p topilishi juda kam. Biroq, nazariy tadqiqotlarni uzluksiz 
davom ettirish va ularning natijalari mamlakatni rivojlantirish uchun juda muhimdir.


39 
Shu sababli iqtisodiyotni boshqarishning davlat apparati foliyati samaradorligi 
mamlakatdagi singari alohida tarmoq va kompaniyalarda ham innovatsiya jarayoni 
amalga oshirilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Fundamental tadqiqotlar natijalari, 
ularning xalq xo’jaligiga joriy etilishi va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, 
birinchi navbatda, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish 
darajasiga bog’liq. 
AQShda innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish va rivojlantirishda davlat 
siyosatini amalga oshirishning muhim yo’nalishi bo’lib, kichik innovatsion 
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Ushbu maqsadda AQShda har yili 
davlat byudjetidan 5 mlrd. AQSh dollaridan ziyod mablag’lar, xususiy sektor 
mablag’lari hisobidan 1 mlrd. AQSh dollari atrofida mablag’lar sarflanadi. Bunda 
kichik innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab-quvvatlashning quyidagi 
shakllari katta ustuvorlik berilgan: 

kichik innovatsion tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashning maxsus dasturini 
ishlab chiqish va amalga oshirish; 

innovatsiyalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash liniyasi bo’yicha 
qarzlar ajratish; 

davlat moliyaviy qo’yilmalari; 

venchur fondlari va ularning setlarini tashkil etish; 

xususiy sektor mablag’lari hisobiga moliyalashtirish va boshqalar. 
AQShda innovatsion tadbirkorlikni va u orqali innovatsiya jarayonini 
rivojlantirishda muhim o’rin tutuvchi innovatsion infratuzilmani shakllashtirish va 
takomillashtirishga katta e’tibor qaratiladi va u quyidagilarni o’z ichiga qamrab 
olgan: 

tegishli normativ-me’yoriy va qonuniy baza; 

innovatsiyalar taklifi va ularga bo’lgan talablar bozori; 

innovatsiyalarni tijoratlashtirish va innovitsiyalarni joriy etishdan olingan 
foydani kapitalizatsiyaqilish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar seti; 

innovatsiya jarayoni ishtirokchilariga xizmat ko’rsatuvchi konsultatsiya 
markazlari; 


40 

informatsion-vositachi (xizmat ko’rsatuvchi) tashkilotlar; 

yangiliklarni joriy etish bo’yicha eksport-import operatsiyalarini amalga 
oshiruvchi muassasalar; 

innovatsiya jarayonlari ishtirokchilari manfaatlari yo’lida injenerlik, 
auditorlik, boshqaruv, koordinatsion va boshqa pullik xizmatlarni amalga oshiruvchi 
muassasalar tarmog’i. 
AQShda innovatsiya faoliyatining samarali moliyalashtirilishi va jadal 
rivojlanishi natijasida innovatsion mahsulotlarni, nafaqat, o’z iqtisodiyotida sotish, 
balki, xorijga ham sotishda katta imkoniyatlarga ega bo’ldi. Jumladan, so’nggi 
yillarda jahon bozorida xalqaro texnologik almashinuvning va yuqori texnologiyali
mahsulotlar savdosining kuchayishi natijasida AQSh davlati ko’p yillardan beri 
texnologiyalarning yirik eksportyori sifatida boshqa davlatlardan litsenzion
mukofot puli sifatida 60 mlrd. AQSh dollaridan ortiq daromad ko’radi. Litsenzion 
savdodan, shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya va 
boshqa sanoati yuksak rivojlangan davlatlar ham ijobiy saldoga erishib keladilar. 
Bunda Yaponiya davlati XX asrning 50-yillaridan boshlab qariyb 40 yil davomida 
xorijiy texnologiyalar iste’molchisi hisoblanib kelgan holda, XX asrning oxirlariga 
kelib zamonaviy texnologiyalar eksportyoriga aylandi hamda XXI asrning 
boshlarida uning eksport-importida ijobiy saldoga erishdi. Bunga Yaponiya 
davlatida innovatsiya faoliyatini rivojlantirish va uni moliyalashtirishga davlat 
tomonidan juda katta e’tibor berilishi va qo’llab-quvvatlanishi sabab bo’ldi va 
buning natijasida mazkur davlatning ITTKI bo’yicha xarajatlarining AQSh 
davlatidagi amalga oshirilgan xarajatlar o’rtasidagi tafovutning sezilarli darajada 
qisqarishiga olib keldi. 
Xorij davlatlari amaliyotida innovatsiya faoliyatini rivojlantirishda, naqafat, 
moliyalashtirish, balki, innovatsiya siyosati samarali ijrosini ta’minlashda muhim 
omil bo’lib kelayotgan turli yo’nalishdagi innovatsion qo’llab-quvvatlash tadbirlari 
ham muhim o’rin egallamoqda. Buni quyidagi ma’lumotlar ham to’liq tasdiqlaydi: 
1. Hukumat tashkilotlari mavzulari bo’yicha ITTKIni amalga oshiruvchi 
kichik innovatsion tadbirkorlik korxonalarini moliyaviy va texnik qo’llab-


41 
quvvatlash davlat dasturlari (AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy 
va boshqa davlatlar). 
2. Xarajatlarning 50 %i yangi mahsulot va texnologiyalarni yaratishga
ketadigan bevosita moliyalashtirish (subsidiyalar, qarzlar), (Frantsiya, AQSh va b.). 
3. Foiz to’lovlarisiz ssudalar taqdim etish (Shvetsiya), yangiliklarni joriy etish 
xarajatalrining 50 %ini qoplash uchun qaytarilmas tarzda beriladigan ssudalar 
(Germaniya). 
4. Ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga maqsadli dotatsiyalar (deyarli barcha 
rivojlangan davlatlarda). 
5. Tijorat riski ehtimolligini hisobga olgan holda innovatsiyalarni joriy etish 
fondlarni yaratish (Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Shveytsariya, 
Niderlandiya). 
6. Individual ixtirochilar uchun davlat bojini pasaytirish va ularga soliq 
imtiyozlarini taqdim etish (Avstriya, Germaniya, AQSh, Yaponiya va b.),
shuningdek, ularni qo’llab-quvvatlash va iqtisodiy sug’urtalash uchun ijtimoiy 
infratuzilmani (Yaponiya). 
7. Individual ixtirochilarning arizalari bo’yicha patentli ishonchli vakillar 
bepul xizmatlarini ko’rsatish, boj to’lovlarini ozod qilish(Niderlandiya, Germaniya, 
Yaponiya, Hindiston). 
8. Innovatsiya sohasida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar uchun soliqqa tortish 
rejmini engillashtirish, shu jumladan, ITTKIga qilingan xarajatlarni soliqqa 
tortishdan ozod qilish, universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlarini imtiyozli soliqqa 
tortish (AQSh, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya). 
9. Intellektual mulk va mualliflik huquqi himoyasini qonuniy ta’minlash 
(barcha rivojlangan davlatlarda). 
10. Risklarni pasaytirish va riskli zararlarni qoplash bo’yicha davlat 
dasturlari (AQSh, Yaponiya). 
11. Kichik tadbirkorlik korxonalari kuchi bilan innovatsiya loyihalarini 
amalga oshirish uchun ishlatiladigan venchur kapitali fondlarining keng
tarmoqlarini tashkil etish (barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda). 


42 
12. Ilmiy parklar, biznes-inkubatorlar va texnologik rivojlanish hududlari
tarmoqlarini tashkil etish (barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda). 
13. Kichik innovatsion tadbirkorlik korxonalarini har tomonlama ilmiy-
texnikaviy, moliyaviy va ishlab chiqarish bo’yicha qo’llab-quvvatlashni 
ta’minlovchi baquvvat davlat muassasalari (AQSh, Yaponiya, Hindiston, Xitoy va 
boshqa davlatlar). 
14. Manfaatdor korxonalarga texnik echimlarni va mumkin bo’lgan 
hamkorlarni tez topishga imkon beruvchi progressiv texnologiyalar va innovatsion 
ishlanmalar bo’yicha maxsus informatsion-qidiruv saytlari. Yaponiya davlatida 
innovatsiya faoliyatini moliyalashtirishning o’ziga xos amaliyoti va tajribalari 
shakllangan. Mazkur davlatda ITTKIlari amalga oshirish va moliyalashtirishga 
katta e’tibor qaratiladi. Jumladan, Yaponiya hukumati mamlakatda bajariladigan 
ITTKI umumiy hajmining taximnan 25 %ini moliyalashtiradi. Bunda fuqarolik 
jamiyati manfaatlari uchun amalga oshiriladigan tadqiqotlar ustuvorlik asosida 
moliyalashtiriladi. Fundamental tadqiqotlar davlat tomonidan birinchi o’rinda 
moliyalashtiriladi. Innovatsion tadibrkorlikni davlat tomonidan moliyalashtirishning 
bilvosita shakli ustuvorlik kasb etgan holda rivojlandi. ITTKI ishlari bilan 
shug’ullanuvchi va bevosita moliviy qo’llab-quvvatlashni olgan firmalar faqat 
qisman davlat tomonidan bilvosita moliyalashtirilgan. Asosan, bunday firmalar 
uchun soliq imtiyozlari ko’zda tutiladi. Bundan tashqari, yangi texnologik echimlar 
va mahsulotlar yaratishga shartnomalar va davlat buyurtmalari orqali kichik 
innovatsion tadbirkorlikni ham davlat rag’batlantiradi.
Yaponiyada innovatsiya faoliyati tarkibiy tuzilishini quyidagicha tasvirlash 
mumkin: 13% – fundamental tadqiqotlar; 25 % – amaliy tadqiqotlar; 62 % – 
tajriba-konstruktorlik ishlanmalari. Yaponiya hukumati mamlakatning moliya-kredit 
muassasalari mablag’larini ustuvor ishlab chiqarishlar va iqtisodiyot tarmoqlariga 
yo’naltirishga imkon beruvchi ilmiy-tadqiqot ishlari va tajriba-konstruktorlik 
ishlarini moliyalashtirish tizimini yaratdi. Buning uchun davlat sanoat siyosatida 
bevosita singari bilvosita moliya-kredit resurslarining taqsimlanishi, qayta kreditlash 
amaliyoti joriy qilinishi ko’zda tutilgan, foiz stavkasi darajasi pasaytirilgan 


43 
strategiya qo’llaniladi. Yaponiyada innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 
qarzlar va investitsiyalar davlat dasturlarini amalga oshirish bo’yicha asosiy ish 
hajmini trast fondlar Byurosi va Yaponiya rivojlanish banki bajaradilar. Innovatsiya 
faoliyatini moliyalashtirish G’arbiy Evropa davlatlarini birmuncha rivojlangan.
Mazkur faoliyatni qo’llab-quvvatlash tizimini yuqorida umumiy tarzda ko’rib 
o’tdik. O’z navbatida, innovatsiya jarayonlarini moliyalashtirishning katta qismi 
bilvosita moliyalashtirish hissasiga to’g’ri keladi: 
- subsidiyalar ajaratish (ITTKIni bevosita moliyalashtirish bilan birga); 
- ITTKIlari xarajatlarini pasaytirish va imtiyozli soliqqa tortishni qo’llash; 
- venchurli moliyalashtirish tizimini rivojlantirish; 
- fondlar bozorini rivojlantirish; 
- institutsional (pentsiya) fondlarini mustahkamlash; 
- xususiy investitsiyalar (“biznes-farishtalari”)ga ta’sir ko’rsatish; 
- professional va boshqaruv kadrlarini tayyorlash; 
- boshqaruv va konsalting firmalarini shakllantirish; 
- ilmiy-texnik informatsion markazlarni tashkil etish; 
- immigratsion qonunchilikni ishlab chiqish. 
Hogirga kunda ekspertlar bahosiga ko’ra, jahonda ilmtalab texnologiyalarning 
pullik miqdori jahon yalpi ichki mahsulotining taxminan 60 %ini tashkil etadi, ulran 
bilan savdo qilish boshqa turdagi tovarlar hajmi o’sishi darajasidan oshib ketgan. 
Jahon sanoat ishlabchiqarishi 2,5-3 % o’sish darajasiga ega bo’lgan sharoitda 
intellektual mulk ob’ektlariga litsenziya bilan jahon savdo hajmi har yil 12 %ga 
o’sib bormoqda.
Uning iqtisodiy samaradorligi shundaki, avvalo, bunday tovarlar bilan savdo 
rentabelligi juda yuqoridir – sotish xarajatlarining 10-25 %inini tashkil etadi. 
Boshqa tomondan firma texnologiyani sotib olib, qisqa fursatda jahon sifat darajasi, 
mahsulot ishlab chiqarishning yuqori raqobatbardoshligiga erishadi. Shuningdek, 
yangi sotish bozoriga kirib borib, eksport hajmini oshiradi. Qolaversa, ITTKIlariga 
xususiy xarajatlarni birmuncha qisqartirib, katta foydaga erishadi. Hisob-kitoblarga 
ko’ra, AQShda xorijiy texnologiyalar litsenziyasi importi bo’yicha sarflangan har 


44 
bir dollar samaradorligi bo’yicha taxminan ITTKIlariga investitsiya qilingan 6,2 
dollarga, Buyuk Britaniyada – 3,1 dollar, Frantsiyada – 5,4 dollar, Yaponiyada – 16 
dollarga teng. 
Bundan tashqari, xaridorda sotib olingan texnologiyalar darajasidan qat’iy 
nazar o’z xususiy tadqiqotlarini amalga oshirish imkoni saqlanib qoladi va 
ITTKIlarini investitsiyalardan tejalgan mablag’lar yangi tadqiqotlar uchun xizmat 
qiladi. Natijada, xaridor ertangi kunda yangi texnologiyalar muallifi va eksportyori 
sifatida ham jahon bozorida o’z o’rnini yanada mustahkamlab borishi ta’minlanadi.
 
Mazkur holat ITTKIlari va uning iste’moli bilan shug’ullanuvchi har bir 
kompaniya uchun xos bo’lib, jahon innovatsiya bozorining rivojlanashi, innovatsiya 
faoliyatini moliyalashtirish va kengaytirib borishda faol ishtirokchiga aylanib 
borishida muhim omilga aylanadi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə