Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalashning xorij tajribasi


-rasm. Modernizatsiya jarayonining tamoyillari



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/43
tarix24.01.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#99146
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
kitob

1.2-rasm. Modernizatsiya jarayonining tamoyillari
14

Ba’zi manbalarda modernizatsiyaning alohida jihatlariga e’tibor qaratiladi. 
Masalan, an’anaviy jamiyatdan zamonaviy (modernity) yoki industrial jamiyatga 
murakkab o’tish jarayonining tarkibiy qismi bo’lgan siyosiy modernizatsiya 
ajratilib, uning mazmunini umumiy tizimiy o’tishning ajralmas tarkibiy qismi 
sifatidagi siyosiy tizimning o’zgarishi tashkil etishi ta’kidlanadi. 
Umuman olganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo’lib, bugungi kunda 
uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu borada 
taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg’or andozalar tomon yo’naltirish va 
takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin.
Umuman olganda, modernizatsiyalash jarayonlari ijtimoiy hayotning deyarli 
barcha jabhalarini qamrab olib, ayniqsa, mazkur yo’nalishlar orasida iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash muhim o’rin tutadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va 
samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari 
taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar, jahon 
bozori kon’yunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan “chidamliligi”, 
mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub 
islohotlar va ularning natijalariga bog’liqdir. Biroq, shu bilan birga iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi o’zgarishlarga 
chambarchas bog’liq.
Iqtisodiy fanda modernizatsiyalash jarayonlarini turkumlash katta ahamiyat 
14
Муаллиф томонидан тузилган. Манба: Конкурентоспособность и модернизация российской экономики. - 
http://www.moderniz.org.ru/

Modernizatsiyalashning 
tamoyillari 
Davomiyligi 
Tabaqalashganligi 
Global tavsifi 
Tizimiyligi 
Majmuaviyligi 
Innovatsion tavsifi 


16 
kasb etadi. Masalan, texnologik (K.Levi-Stross), funktsional (N.Smelser) va global 
(P.Viner) modernizatsiyalar farqlanadi. Alohida mamlakatlarda modernizatsiya 
bosqichlarining turlicha talqini farqlanadi
15

Modernizatsiyalash jarayonlarining bosqichlari to’g’risida so’z ketganda, 
fikrimizcha, nazariy jihatdan mazkur jarayonlarini qo’llashning turli darajalarini 
ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi (1.1.3-rasm).

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə