|
![](/i/favi32.png) Islom diniga doir manba va adabiyotlar3-мавзу маърузаси152
mANBAShUNOSLIK
hamda shahar madaniyatidagi yuksalish bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan. Ilm-fan, mumtoz she’riyat, san’at hamda kitobga
bo‘lgan qiziqish va talabning ortishi natijasida qo‘lyozma kitob
tayyorlash jadallik bilan rivojlanib, asta-sekin badiiy ijodning
yetakchi sohalaridan biriga aylangan. Ayni vaqtda Sharq mam-
lakatlarida shahar madaniyatining rivojlanishi jamiyatdagi asl-
zoda kishilarning dunyoviy mazmundagi, tarixiy-qahramonlik,
lirik muhabbat va falsa
fi
y-axloqiy mavzulardagi mumtoz sharq
she’riyati ijodkorlarining asarlarga qiziqishini kuchaytirgan,
she’riy bayozlar, zamonaviy ijodkorlarning g‘azallar majmuyi,
lirik va falsa
fi
y-axloqiy asarlarni ifodalagan alohida kitoblar
yaratila boshlagan.
Qur’oni karim hamda diniy mazmundagi asarlar odatda
yirik o‘lchamdagi xat turlari – ku
fi
y, nasx, rayhoniy yoki suls
xatlarida bajarilgan; ilmiy, tarixiy, adabiy-badiiy asar matnlari
XIV asrgacha nasx, ta’liq xatlarida ko‘chirilgan. Nasx va ta’liq
xatlari asosida hosil qilingan nasta’liq xati dastlab hasham-
dor qo‘lyozmalarda foydalanilgan va asta-sekin ommalashib,
XIV asr oxirlari–XV asrdan asosiy xat turiga aylangan. Nasx,
suls xatlari diniy mazmundagi asarlarda hamda sarlavhalardagi-
na ishlatilgan. Ko‘p joyni talab etmaydigan nasta’liq xatining keng
qo‘llanilishi kitob hajmi va o‘lchamining kichrayishiga, sahifalar-
ga bezak berishda yangi usullarning paydo bo‘lishiga olib kelgan.
Dunyoviy mazmundagi nazmiy asarlarda minia tyuraning na
fi
s
jihatlari bilan badiiy uyg‘unlik kasb etib, badiiy qo‘lyozmalarda
ham bezak sifatida muvaffaqiyat bilan qo‘llanilgan.
Sharq xalqlari Islom dini qoidalaridan kelib chiqib, kitobni
bezatishda, asosan, voqeaband tasvirlardan emas, o‘simliksimon,
epigra
fi
k naqshlardan, geometrik shakllardan iborat bezaklar-
dan foydalanib kelgan. Amir Temur va temuriylar davri kito-
bat san’atida geometrik shakldagi naqshlar ikkinchi darajali
sanalib, murakkab shakldagi, bir-biriga chirmashgan naqshli
yozuv, voqeaband tasvir asosiy bezaklardan sanalgan. XV asr-
|
|
|