155
SHARQ KITOBAT TARIXI, QO‘LYOZMALAR XAZINALARI
saqlangan maxsus qalamdonda xato yozilgan har
fl
arni yuvish
uchun kichkina yumshoq abr (bulut – gubka), siyohdonga so-
lishga mo‘ljallangan bir qancha “ipak los”lar ham bo‘lgan.
Xattot
qo‘lyozmani ko‘chirishga kirishishdan avval muqova-
lanishga mos tarzda qog‘oz
dastalarni tayyorlab, varaqda satrlar
necha qator bo‘lishi, matn qanday joylashtirilishini aniqlagan-
dan so‘ng, mistardan foydalangan. Mistar qalin qog‘oz (kar-
ton)ga matnning yozilish tartibini aks ettirib, oraliqlari bir xil
bo‘lgan yonma-yon yoki qiya qilib ipak iplarni tortib tuzilgan.
Xattot mistarni qog‘ozning ostiga qo‘yib, qo‘li
bilan bosganda,
qog‘ozga iplarning izi tushgan va ana shu bu izlar bo‘yicha matn
ko‘chirilgan.
Xattot ish jarayonida miniatyurada aks etadigan voqeaband
tasvirni belgilab, tegishli sahifalarda bo‘sh joylarni qoldirgan
va matnning o‘sha parchasini yozmasdan ketgan. Musavvir o‘zi
yaratayotgan tasvirda xattot tomonidan qoldirib ketilgan matn
parchasini yozish uchun
joy ajratib, to‘g‘ri burchakli chiziqlar
bilan hoshiyalagan hamda o‘sha joyga miniatyurada aks et-
gan tasvirni ifodalovchi parchani qo‘shib qo‘ygan. Miniatyu-
raga biriktirilgan matn parchasi tasvirni izohlash bilan birga,
sahifalardagi matn bilan miniatyura orasidagi bog‘liqlikni
ko‘rsatgan.
Musavvir
xattot tomonidan bo‘sh
qoldirilgan sa-
hifa yoki yarim sahifa o‘rinlarni voqeaband tasvirlar bilan
bezashda dastlab nozik qalam bilan rasmning badiiy tuzilish
negizini chizib, ingichka mo‘yqalam yordamida rangli bo‘yoq,
lozim bo‘lganda oltin va kumush bo‘yoq bilan ziynatlagan.
Tasvir, o‘quvchi matn bilan tanish bo‘lmasdan turib,
asarning
ayrim epizodlari va umumiy mazmuni haqida tasavvur etish
imkonini bergan. Asar mavzusiga ko‘ra chizilgan tasvir kitob
bezagi bo‘lishi bilan birga, musavvir yashab,
ijod etgan davrni,
u xizmat qilgan ijtimoiy doiraning mafkurasini ham ifodalagan.
Musavvir o‘z ishini yakunlagach, ishni
lavvoh
davom et-
tirgan. U qo‘lyozma kitobni badiiy bezatishda naqqosh va ziy-