Islom diniga doir manba va adabiyotlar


ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83
3-мавзу маърузаси

117
ISLOM DINIGA OID YOZMA MANBALAR
“Muxtasar ul-Viqoya”
asari jahonga mashhur. Uni 
Ubaydulloh ibn Mas’ud ibn Toj ush-shari’a al-Buxoriy (va-
foti 747/1346- 
y.) yozgan. “Muxtasar” asari Ubaydulloh ibn 
Mas’udning bobosi yozgan “Viqoya”ning qisqartmasidir. U 
esa “Hidoya”ning faqat 
fi
qhiy masalalari jamlanmasidir. 
“Muxtasar”ning asl nomi “Niqoya” hisoblanadi. “Muxtasar” esa 
uning laqabidir. Ba’zi tolibi ilmlar yanglish “Niqoya”ni Mavlono 
Aliy al-Qori (vafoti 1014/1606-y.)ning sharhiga nisbat beradilar.
“Viqoya”.
Ushbu asar “Muxtasar al-Viqoya” sohibining 
bobosi Mahmud ibn Sadr ush-shari’a Ahmad al-Mahbubiy 
(vafoti 630/1232) qalamiga mansubdir. U Buxorodan chiqqan 
yetuk hana
fi
y mazhabi faqihlaridan bo‘lib, al-Kafaviy (vafoti 
990/1582)ning aytishiga qaraganda, “al-Hidoya”, “al-Fatovo”, 
“al-Voqeot” masalalarini intixob (tanlab) qilib ta’lif qilgan. Uni 
nabirasi Sadr ush-shari’a Ubaydulloh ibn Mas’ud al-Mahbubiy 
(vafoti 747/1346-y.)ga bag‘ishlagan.
“Voqeot”
mazhabimiz 
fi
qhiy masalalarining tabaqasida 
uchinchi o‘rinda turadigan kitoblar majmuining nomlanishi. 
Bunday kitoblar uchta imom – Imomi A’zam (vafoti 150/767), 
Imom Abu Yusuf (vafoti 183/799) va Imom Muhammad (va-
foti 189/805)dan rivoyat qilinmagan, lekin ularning eng oxirgi 
ashoblari yoki ashoblarining shogirdlari tartib bergan fatvolar-
dir.
Ulardan eng avvalgisi Abul
-
Lays Samarqandiy (vafoti 
376/986) qalamiga mansub deyiladi. U o‘z “Voqeot”ida ustoz-
lari, ustozlarining shayxlari Muhammad ibn Muqotil (vafoti 
248/862), Muhammad ibn Salama (vafoti 233/847), Nasr 
ibn Yahyo (vafoti 268/881) kabi zotlarning fatvolarini jam-
lashga harakat qilgan. Keyinchalik shunday asarlardan an-
Noti
fi
y (vafoti 442/1050) va Sadr ush-shahid (vafoti 536/1141)
ning asarlari paydo bo‘ldi. Fiqhiy asarlarimizda mutlaq 
“Voqeot”dan deb keltirilgan masalalar an-Noti
fi
yning asari-
dan olingan bo‘ladi.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə