Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
3-мавзу маърузаси

“Tarixi Jahonkushoy”
(“Jahongir (Chingizxon) tarixi”) nomli shoh asari bilan shuhrat 
topdi. Asar 1260-yilda yozib tamomlangan.
Gardiziyning “Zayn ul-axbor” asari (Tehron, 1363)


192
MANBAShUNOSLIK
Asar uch qismdan iborat: 1) Mo‘g‘ullar; ularning Chin-
gizxon davrigacha, shuningdek, Jo‘chixon, Chig‘atoyxon va av-
lodlarining tarixi; 2) Xorazmshohlar va Xurosonning mo‘g‘ul 
hukmdorlari davridagi (1258-yilgacha) tarixi; 3) Eronning 
1256–1258-yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Is-
moiliylarning diniy-harbiy uyushmasi va Ismoiliylar davlati 
(1090–1258) tarixi.
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixi uchun bu asarning I–II 
qismlari alohida qimmatga ega. Asarning Xorazm va Xorazm-
shohlar tarixiga oid (II qism), Movarounnahr va Sharqiy Turkis-
ton tarixi, shuningdek, Mo‘g‘iliston haqidagi xabarlar asosan 
muallifning bu mamlakatlarga qilgan sayohatlari vaqtida 
to‘plangan ma’lumotlar asosida yozilgan.
Hamdulloh Qazviniy (ibn Abu Bakr ibn Ahmad ibn 
Nasr Mustav
fi
 yning (1281–1350) “Tarixi guzida” 
(“Say-
langan tarix”) umumiy tarix yo‘nalishida yozilgan bo‘lib, unda 
qadim zamonlardan to 1330-yilgacha Eron va qisman O‘rta 
Osiyoda bo‘lib o‘tgan voqealar bayon etilgan. Asar muqaddi-
ma (fotiha) va olti bobdan iborat: 1) payg‘ambarlar va avliyo-
lar; 2) islomiyatdan avval o‘tgan Eron podsholari; 3) Muham-
mad payg‘ambar, xalifayi Roshiddin, Ummaviylar va Abbosiy-
lar tarixi; 4) Abbosiylar davrida Eron, Afg‘oniston va O‘rta 
Osiyoda hukmronlik qilgan sulolalar (Safforiylar, Somoniylar
G‘aznaviylar, G‘uriylar, Daylamiylar, Saljuqiylar, Xorazmshoh-
lar, Mo‘g‘ullar va b.); 5) islomiyat davrida o‘tgan shayxlar, olim-
lar va shoirlar; 6) Qazvin shahri tarixi. Asar Eron, O‘rta Osiyo 
hamda O‘zbekistonning XIII–XIV asrning birinchi yarmidagi 
tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə