192
MANBAShUNOSLIK
Asar uch qismdan iborat: 1) Mo‘g‘ullar; ularning Chin-
gizxon davrigacha,
shuningdek, Jo‘chixon, Chig‘atoyxon va av-
lodlarining tarixi; 2) Xorazmshohlar va Xurosonning mo‘g‘ul
hukmdorlari davridagi (1258-yilgacha) tarixi; 3) Eronning
1256–1258-yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, shuningdek, Is-
moiliylarning diniy-harbiy uyushmasi
va Ismoiliylar davlati
(1090–1258) tarixi.
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tarixi uchun bu asarning I–II
qismlari alohida qimmatga ega. Asarning Xorazm va Xorazm-
shohlar tarixiga oid (II qism), Movarounnahr va
Sharqiy Turkis-
ton tarixi, shuningdek, Mo‘g‘iliston haqidagi xabarlar asosan
muallifning bu mamlakatlarga
qilgan sayohatlari vaqtida
to‘plangan ma’lumotlar asosida yozilgan.
Hamdulloh Qazviniy (ibn Abu Bakr ibn Ahmad ibn
Nasr Mustav
fi
yning (1281–1350) “Tarixi guzida”
(“Say-
langan tarix”) umumiy tarix yo‘nalishida yozilgan bo‘lib, unda
qadim zamonlardan to 1330-yilgacha Eron va qisman O‘rta
Osiyoda bo‘lib o‘tgan voqealar bayon etilgan. Asar muqaddi-
ma (fotiha) va olti bobdan iborat: 1) payg‘ambarlar
va avliyo-
lar; 2) islomiyatdan avval o‘tgan Eron podsholari; 3) Muham-
mad payg‘ambar, xalifayi Roshiddin, Ummaviylar va Abbosiy-
lar tarixi; 4) Abbosiylar davrida Eron, Afg‘oniston va O‘rta
Osiyoda hukmronlik qilgan sulolalar (Safforiylar,
Somoniylar,
G‘aznaviylar, G‘uriylar, Daylamiylar, Saljuqiylar, Xorazmshoh-
lar, Mo‘g‘ullar va b.); 5) islomiyat davrida o‘tgan shayxlar, olim-
lar va shoirlar; 6) Qazvin shahri tarixi.
Asar Eron, O‘rta Osiyo
hamda O‘zbekistonning XIII–XIV asrning
birinchi yarmidagi
tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: