Islom diniga doir manba va adabiyotlar


IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83
3-мавзу маърузаси

187
IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR
tayyorlagan, uning kirish qismi va dastlabki ikkita bobini rus ti-
liga tarjima qilgan. O.I. Smirnova tomonidan amalga oshirilgan 
asarning to‘liq tarjimasi nashr etilmagan. Shuningdek, asarning 
A. Rasulev tomonidan amalga oshirilgan o‘zbekcha (Toshkent, 
1966), R. Fray tomonidan amalga oshirilgan inglizcha (Kemb-
ridj, 1954) va Badaviy va at-Tiroziy (Qohira, 1965) amalga
oshirilgan arab tilidagi tarjimalari matni asosida Sh.S. Ka-
moliddin tomonidan asar rus tiliga solishtirma-qiyosiy tarjima 
qilingan va 2011-yilda Toshkentda nashr etilgan.
Noma’lum muallif qalamiga mansub “Hudud al-
Olam” 
(“Olam chegaralari”) fors tilida 982–983-yillarda Eronning 
Juzjon viloyatida yozilgan va shu viloyat hokimi amir Abul Horis 
Muhammad ibn Ahmadga bag‘ishlangan. Asarning to‘liq tarzda 
“Kitob hudud al-olam min al-mashriq ila-l-mag‘rib” (“Olam ning 
Mashriqdan Mag‘ribgacha bo‘lgan chegaralari kitobi”) deb nom-
lanadi. Bu asar o‘z zamonasida ham, undan keyin gi davrlarda 
ham yuqoridagi nom bilan boshqa manbalarda qayd etilmagan. 
Shu sababli asar boshqa nom bilan mashhur bo‘lganligi qayd eti-
ladi. Asar 1258-yilda qayta ko‘chirilgan. Asar jami 60 bobdan ibo-
rat bo‘lib, muqaddimadan keyin quruqlikning chegaralari, dengiz 
va qo‘ltiqlar, orollar, tog‘lar, konlar, daryolar, cho‘llar va qumlar, 
so‘ngra o‘sha davr geogra
fi
yasida ma’lum bo‘lgan viloyatlar ta’ri
fi
berilgan, shuningdek, ko‘plab etnogra
fi
k va iqtisodiy ma’lumotlar 
keltirilgan. Asarda O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonga doir geo-
gra
fi
k, etnogra
fi
k ma’lumotlar ko‘plab uchraydi. Xususan, Buxoro, 
Poykend, Sug‘d, Karmana, Kushoniya, Samarqand, Kesh, Termiz, 
Kot, Farg‘ona, Shosh va boshqa viloyat hamda shaharlar tavsi
fi
keltirilgan. Asar ning yagona qo‘lyozmasi Abdulfozil Gulpoygoniy 
tomonidan 1892-yilda Buxorodan topilgan. 1893-yildan sharq-
shunos olim A.G. Tumanskiy shaxsiy kutubxonasida saqlangan 
va 1924-yilda Osiyo muzeyi fondiga berilgan. “Hudud al-Olami” 
asari matni 1930-yilda rus tilida V.V. Bartold va 1937-yilda ingliz 
tilida V.F. Minorskiy tomonidan nashr etilgan.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə