Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83
3-мавзу маърузаси

“Zayn ul-axbor” 
(“Tarixlar bezagi”), asosan qadim 
zamonlardan islomiyatdan avval o‘tgan qadimgi Eron podsholari 
davridan to 1041-yilgacha, ya’ni g‘aznaviylardan Sulton Mavdud 
(1041–1051) bilan Sulton Muhammad (1030–1031; ikkinchi mar-
ta 1041) o‘rtasida, ya’ni 1041-yili Dinovarda bo‘lgan urushgacha 
Xurosonda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida hikoya qiladi. Asarda, 
ayniqsa, Xurosonning arab istilosidan 1041-yilgacha bo‘lgan tari-
xi boshqa asarlarga qaraganda kengroq yoritilgan. Asarda rum-
liklarning madaniyati, turli xalqlarning diniy marosimlari va yil 
hisoblari, O‘rta Osiyoning turkiy aholisi va Hindiston haqida de-
gan boblardan iborat. Gardiziyning ushbu asari Xuroson va O‘rta 
Osiyoning arablar istilosidan to XI asrning o‘rtalarigacha bo‘lgan 
siyosiy tarixini o‘rganishda muhim o‘rin tutadi.
Nuriddin Muhammad ibn Av
fi
y al-Buxoriy, Buxoroning 
atoqli olimlaridan. 1172-yilda Buxoroda tug‘ilgan va 1233-yil-
da Hindistonda vafot etgan. Buxoro madrasalarida tahsil ol-
gan. 1201-yilda Buxoroda Qoraxoniy hukmdori saroyida kotib 
lavozimida ishlagan. Bir muddat Xorazmda Najmiddin Kubro va 
u kishining shogirdlari suhbatida bo‘lgan. Ilm talabida Bag‘dod, 


191
IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR
Naysobur, Marv, Hirot, G‘azna shaharlarida bo‘lgan. O‘rta 
Osiyoga mo‘g‘illar bostirib kelganida Hindistonga ketib qolgan, 
birmuncha vaqt Gujurot qozisi ham bo‘lgan. “Lubobul-albob”, 
“Javomi’ al-hikoyot” kitoblari mashhur. Milodiy 1233-yilda 
Dehlida vafot etilgan. Av
fi
y qalamiga mansub “Javomi al-hiko-
yot” tarixiy va folklor materiallariga asoslanib yozilgan bo‘lib, 
u Sharqda keng tarqalgan. Asar o‘zbek tilida “Nodir hikoyatlar” 
nomi bilan nashr etilgan.
Alouddin Otamalik Juvayniy
(1226–1283) Mo‘g‘iliston, 
O‘rta Osiyo, O‘zbekiston hamda Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-
siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi 

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə