Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83
3-мавзу маърузаси

184
MANBAShUNOSLIK
nashri hisoblanadi. Shuningdek, bu asar Xiva xoni Muhammad 
Rahimxon II (1865–1910) topshirig‘i bilan 1901–1907-yillarda 
eski o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan. Asarning O‘rta 
Osiyoga aloqador qismlarining P.G. Bulgakov tomonidan bosh-
langan ruscha tarjimasi olimning shogirdi Sh.S. Kamoliddin 
tomonidan nihoyasiga yetkazilgan va 2008-yilda nashr etilgan.
Arablarning Movarounnahrni bosib olish jarayonida ko‘ch-
manchi turkiy qabilalar o‘troq xalqlarga arablar bosqiniga 
qarshi kurashda yordam berganlar. Bu davrda arab mustam-
lakachilari turli axborot manbalari vositasida O‘rta Osiyo o‘troq 
viloyatlari atro
fi
dagi ko‘chmanchi hududlardagi turkiy elatlar 
haqida ma’lumotlar olishga harakat qilganlar. Musulmon tarix-
shunosligi endi shakllangan davrlardayoq genealogiyaga qizi-
qish mavjud bo‘lgan. Genealogiya tarixni yozishga kuchli ta’sir 
ko‘rsatgan. Musulmon tarixshunosligining barcha sohalarida 
shajaralarga keng murojaat qilingan. Ularda hukmdorlarning 
ayollari, farzandlarining ro‘yxati keltiriladi va ularning kelib 
chiqishi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘ladi. Bu narsa keyin-
chalik shajara bilan bog‘liq juda katta asarlarning yuzaga ke-
lishiga sababchi bo‘lgan.
Mashhur olim Yoqut al-Hamaviy (1170–1221)ning 
“Mu’jam al-buldon”
(“Shaharlar qomusi”) asari ham shu-
lar jumlasidan bo‘lib, asar o‘z mazmun va mohiyati jihatidan 
tarixiy-geogra
fi
k va bibliogra
fi
k lug‘atlar sirasiga kiradi. Asarda 
Movarounnahr o‘lkasi geogra
fi
yasi, tarixi, fan va madaniyatiga 
oid qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Jumladan, “Mu’jam al-buldon” asarida Samarqand, Buxoro,
Xorazm, Farg‘ona va boshqa viloyatlarning o‘sha davr holati-
ga tegishli geogra
fi
k va boshqa ma’lumotlar, ularga qarashli 
bo‘lgan shahar va qishloqlar, ularning jug‘ro
fi
y o‘rni, tabiati, 
suvlari, qazilma boyliklari, qadimda mazkur joylarda mavjud 
bo‘lgan binolar, ularning devorlari, minoralari, darvozalari 
haqida ma’lumot beradi.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə