Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83
3-мавзу маърузаси

178
MANBAShUNOSLIK
bo‘lib, o‘sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o‘z 
ichiga qamrab olgan. Muallif O‘rta asrlardagi har bir ilm ma z-
munini sharhlash yo‘li orqali tushuntirib beradi.
Abu Rayhon Beruniy
973-yilning 4-sentabr kuni
Xorazmning o‘sha paytdagi poytaxti yaqinida tug‘ilgan. 20
yoshga to‘lgach, o‘z vatani Xorazmni tashlab, Jurjonga yo‘l oladi. 
Uni Tabariston va Jurjon amiri Ziyovuddin Kobus ibn Vashmgir 
qo‘llab-quvvatlaydi. Beruniy o‘zining birinchi yirik asari “Osor 
al-boqiya min al-qurun al-xoliya – 
” 
(“Qadim ajdodlardan qolgan yodgorliklar”) asarini Kobus ibn 
Vashmgirga bag‘ishlaydi. 1010-yilga yaqin Beruniy Xorazmga 
qaytib, Ma’mun ibn Ma’mun saroyida yashaydi. Unga qarshi
uyushtirilgan qo‘zg‘olon guvohi bo‘ladi, uning o‘ldirilishi, ham-
da Mahmud G‘aznaviyning hokimiyatni egallashini o‘z ko‘zi bi-
lan ko‘radi. Mahmud G‘aznaviy Xorazmni egallagach, 1018-yili 
al-Beruniyga o‘zi bilan G‘aznaga ketishni buyuradi. Mahmud 
G‘aznaviy hukmronligi davrida Beruniy kuchli nazorat ostida 
qiyin hayot kechiradi. Shunday bo‘lsa-da, Abu Rayhon Beruniy 
1018–1030-yillar oralig‘ida Hindistonga sayohat qilib, uzoq vaqt 
u yerda qoladi. Sanskrit tilini o‘rganib, hind xalqi ilmiy merosi 
bilan chuqur tanishadi va mahalliy olimlarga aniq fanlardan 
saboq beradi.
Mahmud G‘aznaviydan keyin hukmronlik qilgan Mas’ud va 
Mavdud davrida unga nisbatan munosabat ancha iliqlashgan. 
1048-yilning 13-dekabrida u G‘aznada vafot etgan, Beruniy 
o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini 27 
yoshida yozgan. Asarning turkiy xalqlar haqidagi qismida, 
manba sifatida, ibn Xurdodbeh va al-Jayhoniy asarlaridan foy-
dalanilgan.
Muallifning “Geodeziya” asarida – g‘uz (o‘g‘uz), pecheneg 
(bijanak), alan va as qabilalarining joylashgan hududlari hamda 
turkiy xalq pecheneglarining ta’sirida eroniyzabon as va alan-
larning kattagina qismining turkiylashuvi haqida ma’lumotlar 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə