Islom diniga doir manba va adabiyotlar


IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83
3-мавзу маърузаси

179
IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR
mavjud. Beruniy o‘zining ko‘plab zamondosh tarixchilaridan 
farqli tarzda o‘z asarlarida faqat voqeani tasvirlab qolmasdan 
o‘quvchini ular haqida ilmiy xulosalar qilishga undaydi, ilmiy 
va tarixiy uslublarning farqini ko‘rsatib o‘tadi.
Beruniyning Xorazm tarixini o‘rganishdagi o‘rni kattadir. 
Uning Xorazm tarixiga bag‘ishlangan asari bugungi kunga-
cha aniqlanmagan bo‘lsa-da, olimning ilk asari hisoblangan 
“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”idagi keltirilgan 
O‘rta Osiyo tarixi haqidagi ma’lumotlar juda muhim hisob-
lanadi.
Abu Rayhon Beruniy (913–1048)


180
MANBAShUNOSLIK
Beruniy faoliyatini qadimgi yunon, sanskrit, arab, hind va 
boshqa tillarni mukammal bilganligi sababli ko‘p ilmiy masa-
lalar yuzasidan, uning boy ilmiy merosiga tayanib, Sharq va 
G‘arb bog‘lab turuvchi muhim bo‘g‘in, deya baholash mumkin.
IX–XII asrlardagi O‘zbekiston tarixini o‘rganishda, o‘rta 
asrda yozilgan lug‘atlar katta ahamiyatga ega. Bu turdagi ijod 
namunalari ichida 
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu 
lug‘ot at-turk
– 
” (“Turkiy tillar devoni”) (XI 
asr) asarini alohida ko‘rsatish mumkin.
Mahmud Qoshg‘ariy o‘rtaosiyolik mashhur olim Abu Ray-
hon Beruniyning zamondoshi va izdoshi bo‘lgan. Uning to‘liq 
ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al-Qoshg‘ariy edi. 
Tug‘ilgan va vafot etgan yillari noma’lum, biroq uning XI asr-
ning 20-yillarida tug‘ilib, 80-yillarida vafot etganini faraz qilish 
mumkin. Uning ota-onasi asli Qashqardan (Qoshg‘ar) bo‘lgan. 
Keyinchalik otasi va bobosi Issiqko‘l yaqinidagi Barsg‘on yoki 
Balosog‘unga joylashganlar. Bu ikki shahar Qoraxoniylar dav-
latining yirik markazlaridan bo‘lgan. Mahmud Balosog‘unda 
tarbiyalanib, bilim olgan. U arab va fors tillarini bilgan va 
shu tillardagi adabiyotlar bilan yoshligidanoq tanishgan. Ay-
niqsa, u turkiy elatlarning turli lahjalarini katta ishtiyoq bilan 
o‘rgangan.
Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan juda ko‘p asarlar yozilgan 
bo‘lishi tabiiy, lekin bugungacha ularning faqat bittasi “Devoni 
lug‘ot at-turk” yetib kelgan. Asar nihoyatda katta qiymatga ega. 
Chunki, Mahmud Qoshg‘ariy ma’lumotlarni turli turkiy qabila-
lar ichida yashab, o‘zi shaxsan to‘plagan.
Mahmud Qoshg‘ariy “Devon”ida davlatlar va mamlakatlar, 
shaharlar va qishloqlar, tog‘lar va dovonlar, daryo va ko‘llarning 
yuzlab nomlari uchraydi. Bu nomlarning juda ko‘piga etimologik 
izohlar, tarixiy va geogra
fi
k bayonlar beriladi. Uning o‘zi yozishi-
cha, otasi Issiqko‘l janubiy sohilidagi Barsgon (Barsxon) shahri-
dan bo‘lgan. Boshlang‘ich ma’lumotni Qoshg‘ariy Qashqarda ol-



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə