Islom diniga doir manba va adabiyotlar


IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83
3-мавзу маърузаси

181
IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR
Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘ot at-turk”
asari va undagi dunyo xaritasi


182
MANBAShUNOSLIK
gan. U bilimini mustahkamlash maqsadida O‘rta Osiyo va Eron 
shaharlari bo‘ylab sayohatga chiqqan. Qisqa muddat Bag‘dodda 
bo‘lib, arab tilini mukammal o‘rgangan.
Shuningdek, Mahmud Qoshg‘ariy turkiy xalqlar yashaydigan 
hududlarda bo‘lgan, ularning til va lahjalarini o‘rganib, o‘z asari 
uchun ma’lumotlar to‘plagan. U turkiy tillarning chuqur bilim-
doni bo‘lgan. O‘z “Devon”ida turkiy shevalarni, arab 
fi
lologiyasi 
usulida o‘rganib chiqib, asar qiymatini yanada oshirgan. Yana 
shunisi ahamiyatliki, Mahmud Qoshg‘ariy asarini nazariy yo‘l 
bilan emas, balki amaliy tarzda, o‘zi ana shu qabilalar ichida 
yashagan holda, jonli materiallari asosida to‘plagan. Mahmud 
Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ot at-turk” asari 476-yilning Jumo-
da as-soniy oyining 12 kuni (1083-yil 27-oktabr)da yozilgan va 
xalifa al-Muhtadiy bi amrilloh (1075–1094-yillarda hukmronlik 
qilgan)ga bag‘ishlangan va bu xalifaning saljuqiy sulton Malik-
shoh va Turkon xotinning (1082-yil) 18 yoshli qiziga sovchilik 
yuborgan sanasiga ham to‘g‘ri keladi.
Ammo Mahmud Qoshg‘ariy asarining turkiy xalqlar, ular-
ning tillari tarixini o‘rganishdagi katta ahamiyatini ta’kidlagan 
holda, yana shuni aytish mumkinki, Mahmud Qoshg‘ariyning 
asarida o‘g‘uz komponentlari rolini biroz kuchaytirish ko‘zga 
tashlanadi.
IX–XII asrlarga oid genealogik asarlardan 
Abu Sa’d Abdul-
Karim ibn Muhammad ibn Mansur as-Sam’oniyning
asarini ko‘rsatish mumkin, uning kelib chiqishi o‘rtaosiyolik 
arab lardan bo‘lgan. U 1123-yili Marvda tug‘ilgan. Uning 
“Ki-
tob al-ansab
– 
” (“Nasablar kitobi”) asari katta 
aha miyatga ega. U Nishopur, Isfahonda bo‘lib, Bag‘dodda 8 yil 
(1135–1144) yashagan. Shuningdek, u Hamadon, Damashq, 
Quddus, Ray, Tus, Bag‘dod, Basra va boshqa shaharlarda bo‘lib, 
Marvga qaytib kelgan. Shundan so‘ng, u faqat O‘rta Osiyo va Xu-
roson shaharlari bo‘ylab sayohat qilgan. As-Sam’oniy 1167-yili 
vafot etgan. Uning 40 dan ortiq asari mavjud bo‘lib, ko‘pchiligi 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə