Islom diniga doir manba va adabiyotlar


IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83
3-мавзу маърузаси

177
IX–XIII ASRLAR TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR
shaharlarida o‘tgan. Bu shaharlarda u voyaga yetgan, yasha-
gan, ta’lim olgan. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mash-
hurligi vazir Abul Hasan al-Utbiy huzurida kotib bo‘lib xizmat 
qilgan davriga to‘g‘ri keladi. Shu vazifasi tufayli u “al-Kitob al-
Xorazmiy” nomi bilan ham tanilgan. O‘z xizmat vazifalari yuza-
sidan Buxoroga tez-tez borib turgan va ko‘pgina allomalar bilan 
hamsuhbat bo‘lgan. Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat 
asnosida amirning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini 
qo‘lga kiritgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997-yilda vafot et-
gan. Olimning dunyoqarashi o‘sha davrda keng tarqalgan qa-
dimgi yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyandalari 
Yoqub ibn Is’hoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy hamda Abu 
Bakr ar-Roziy ta’siri ostida shakllandi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, 
ko‘pchilik asarlari singari o‘sha davrning ilm tili – arab tili-
da bitilgan, yagona ma’lum asari – “Mafotih al-ulum” (“Ilm-
lar kalitlari”)dir. “Mafotih al-ulum”ning qo‘lyozma nusxalari 
juda ko‘p emas. Yaqin-yaqingacha uning to‘rt nusxasi bor deb 
hisoblanib kelinar edi. Ana shu to‘rt nusxadan uchtasi Buyuk 
Britaniya muzeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari hamda 
Berlin kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi. Ameri-
kalik olim K. Bosvort asrimizning 60-yillarida ushbu asar-
ning yana olti nusxasini Turkiya kutubxonalarida mavjudligini 
aniqla di. Barcha olti nusxa Istanbul shahridagi kutubxonalarda 
saqlanadi. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari O‘rta asar-
lardagi fanlar rivojlanishi tarixiga oid kamyob manba sifatida 
ko‘pgina olimlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etdi. Birin-
chi bo‘lib bu manbani o‘rgangan va 1895-yilda nashr qilgan 
olim – gollandiyalik sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, 
I.Yu. Krachkovskiy, V.V. Bartold, K. Brokelman, E. Videman, 
G. Sarton, M.M. Xayrullayev, U.I. Karimov, G.P. Matvievskaya, 
H. Hasanov, A. Sharipovlar ham asarning turli tomonlarini 
tadqiq qilganlar. “Mafotih al-ulum” o‘ziga xos qomusiy asar 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə