Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
3-мавзу маърузаси

174
MANBAShUNOSLIK
M.Ya.de Gue tomonidan nashr qilingan. Shuningdek, asarning 
Qohira nashri ham mavjud. Har bir bob muayyan mamlakat 
yoki tarixiy-ma’muriy birlikning istilosiga bag‘ishlanadi. O‘rta 
Osiyo yoki turkiy xalqlarga doir ma’lumotlar “Xuroson fathi” 
bobida keltirilgan. Qolaversa, Balozuriyning yana bir qator 
boshqa asarlari ham mavjud.
Abu Ja’far Muhammad at-Tabariyning (836–923) 
“Tarix ar-rusul va-l-muluk”
(“Payg‘ambarlar va podsholar 
tarixi”) asari O‘rta Osiyoning mazkur davrdagi tarixini yori-
tishda asosiy manbalardan hisoblanadi. Uning 20 dan ortiq 
asarlari mavjud bo‘lib, “Kitob ixtilof al-fuqaho” (“Faqihlarning 
qarashlaridagi farqlar haqida kitob”), “Tafsir al-Qur’on” (“Qur’on 
tafsiri”) va “Tarix ar-rusul va-l-muluk” (“Payg‘ambarlar va pod-
shohlar tarixi”) asarlari katta ahamiyatga egadir.
“Tarix ar-rusul va-l-muluk” (“Payg‘ambarlar va podshoh-
lar tarixi”) asari umumiy tarix bayoni tarzida yozilgan bo‘lib, 
dunyo paydo bo‘lishidan tortib, 915-yilgacha xalifalikda sodir 
bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi.
Asarda turkiy xalqlarga oid alohida boblar mavjud emas, le-
kin asar sinchiklab, diqqat bilan kuzatilsa, ayrim ma’lumotlarni 
uchratish mumkin. Shuningdek, ushbu asar orqali IX–X asr-
larda O‘rta Osiyo va Xurosonda yashagan qabila va elatlar 
haqida boshqa manbalarda uchramaydigan ma’lumotlarni
olish mumkin. Lekin shunday bo‘lishiga qaramasdan, ushbu 
asar hali to‘liq o‘rganilmagan. M.Ya. de Gue o‘z tasarru
fi
da 
mavjud qo‘lyozmalar asosida asarni uch seriyada nashr etgan. 
Asarning 1976-yil Qohirada Muhammad Abul Fazl Ibrohimning 
yangi tahrirda nashr etilgan nusxasi ham mavjud. Asarning 
Markaziy Osiyo tarixiga oid qismlari V.I. Belyayev tomonidan 
rus tiliga tarjima qilingan.
XIX asr oxirida “Tarix ar-rusul va-l-muluk” asari Xivada 
eski o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Mazkur tarjima hozir O‘zR 
FA SHI fondida saqlanadi.



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə