Islom diniga doir manba va adabiyotlar



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/83
tarix29.11.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#141579
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
3-мавзу маърузаси

176
MANBAShUNOSLIK
“Muruj az-zahab...” asari katta ahamiyatga ega. Asar muqaddi-
ma va 132 bobdan iborat. Dastlabki 70 bob dunyo “yaratilishi”ga 
oid afsonaviy ma’lumotlar, dengizlar, daryolar, tog‘lar, ular 
yaqi 
nida yashovchi qabila va elatlar tavsi
fi
ga bag‘ishlangan. 
Qolgan 52 bob Muhammad payg‘ambar tug‘ilganidan boshlab, 
xalifa Al-Mu’tiy (vafoti 946-yil) hukmronligigacha bo‘lgan davr 
ta rixini bayon etadi. Asarda Markaziy Osiyo tarixiga oid ko‘plab 
ma’lumotlar mavjud bo‘lib, shu jumladan 8, 9, 14, 15, 16, 17 va 
34 boblarda turkiy xalqlar haqida muhim ma’lumotlar uchraydi.
Somoniylar va G‘aznaviylar zamonida yuksak ma’muriy 
lavozim egasi bo‘lgan raylik 
Abu Nasr Muhammad ibn Abd 
al-Jabbor al-Utbiyning
(961–1035) 
“Tarixiy Yaminiy
– 
” asari amir Sabuqtakin va uning o‘g‘li “Yamin ad-
davla” (Davlatning o‘ng qo‘li) ega bo‘lgan G‘aznaviylar sultoni 
Mahmud faoliyatiga bag‘ishlanadi. Al-Utbiy yoshligidayoq Xu-
rosonga kelib, G‘aznaviylar noibi Abu Ali Simjuriy (997–1030) 
xizmatiga kiradi. Keyin u G‘azna shahriga kelib, Mahmud 
G‘aznaviy xizmatiga kirgan. Asarda muallif asosiy e’tiborini X 
asr oxirgi va XI asr birinchi choragidagi voqealarni yoritishga 
qaratgan. Asarning Turkmaniston tarixiga oid qismlari rus ti-
lida nashr etilgan.
Al-Utbiyning ko‘p ma’lumotlari ichida Qoraxoniylar davlati 
tarixiga doir, xususan, Ilekxon va oxirgi Somoniy Mustansir-
ning to‘qnashuvlari, hamda boshqa muhim voqealar va O‘rta 
Osiyoda yashagan qabila va urug‘lar to‘g‘risidagi qaydlari aha-
miyatli hisoblanadi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy. 
Milodning IX–XI asrlari 
Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk 
allomalar davri edi. O‘sha davrning keng bilimli, peshqadam 
olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy bo‘lgan. Bu olim 
haqida saqlanib qolgan ma’lumotlar juda kam. Olimning to‘liq 
ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xoraz-
miydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot 



Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə