Islom ta`limoti reja: Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari va Kalom falsafasi. Tasavvuf (sufizm) ta`limoti va tariqatlari



Yüklə 197,1 Kb.
səhifə7/8
tarix23.12.2023
ölçüsü197,1 Kb.
#157067
1   2   3   4   5   6   7   8
Islom ta`limoti reja Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari va

Shirkning shar’iy tushunchasi – Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida tenglashtirishdir. Ya’ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida sherigi bor, deb e’tiqod qilishdir.
Shirkning turlari quyidagilar:

  • ibodatda shirk keltirish;

  • duoda shirk keltirish;

  • robbilikda shirk keltirish;

  • hukmda shirk keltirish;

  • mulk va sultondagi shirk keltirish;

  • xalq-yaratishdagi shirk keltirish;

  • itoatda shirk keltirish.

Kufr (arabcha – to’smoq, inkor etmoq) – imonsizlik, Islomni tan olmaslik yoki uning amallarini bajarmaslik.
Kufrga quyidagi jiddiy gunohlar va jinoyatlar kiradi:

  • shirk keltirish;

  • namozdan voz kechish;

  • sehrgarlik;

  • zinokorlik;

  • o’z joniga qasd qilish;

  • ichkilikbozlik;

  • qimorbozlik.

7 asrning 2-yarmida Xorijiylar ularga qo’shilmagan har bir musulmonni kofir, ya’ni dinga ishonmovchi, uni rad etuvchi deb hisoblashgan. 7-8 asr boshlarida Murji’iylar tarkibidan “mo’tadil” oqim ajrab chiqib, ularning fikricha kufr sodir etgan kishi kofir bo’lmaydi va u musulmonlar safidan o’chirilmaydi, uning qilmishi haqida faqat Qiyomat kuni Allohgina hukm chiqara oladi deyiladi.


Qur’оni karim va umuminsоniy g’оyalar. «Quron» - arabcha «qara’a» (o’qimoq) fe’lidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204ta, 6232ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi.
Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki o’qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko’ra - avval katta suralar, undan so’ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. ko’rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo’lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.
Islomshunoslik va Qur’onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini quyidagicha shaklda tasavvur qilish mumkin:
1. Makka davri (610-615 yillar). Yevropa olimlari bu davrda nozil bo’lgan suralarga «Nazmiy suralar» deb nom berganlar.
2. Makka davri (616-619 yillar), Muhammad s.a.v. va ularning izdoshlari doimiy ta’qib ostida yashagan va ko’pchilik Habashistonga ko’chib ketgan muhitda nozil bo’lgan. Bu suralarda Ollohning «Rahmon» sifatida ko’p tilga olinganligi sababli Yevropa olimlari ularni «Rahmon suralari» deb ataganlar.
3. Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham Muhammad s.a.v. va sahobalar ta’qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko’pincha shahardan tashqarida ibodatga to’planganlar. Bu davr suralarida islomning aqoidiga keng o’rin berilgan.
Tarixiy voqealar aniqroq ko’zda tutilgan holda Madina davriga oid 24 ta surani besh davrga ajratish ma’qulroqdir:
1-Madina davri (622 yil oktyabrdan 624 yil gacha). Muhammad s.a.v. Madinaga ko’chib kelganlaridan makkaliklar bilan birinchi yirik to’qnashuv - Badr jangigacha nozil bo’lgan 4 sura bu davrga kiradi.
2-Madina davri (624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud jangigacha o’tgan bir yil ichida nozil bo’lgan 3 surani o’z ichiga oladi.
3-Madina davri (625 yil martida - 627 yil martigacha). Uhud jangidagi talofotdan keyin Xandaq jangigacha o’tgan ikki yil ichida 5 ta sura nozil bo’lgan.
4-Madina davri (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Xandaq jangidan so’ng Makkaning olinishigacha o’tgan salkam uch yil ichida nozil bo’lgan 8 sura shu davrga kiradi.
5-Madina davri (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka fath qilinganidan keyin Muhammad s.a.v. vafotlarigacha o’tgan ikki yildan ortiqroq davr ichida nozil bo’lgan 4ta sura shu davrga kiradi.

Yüklə 197,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə