Ismailova T. S., Haydarov B


AQSh va Yaponiya firmalarida xodimlarni boqarish tamoyillarining



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə52/104
tarix08.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#116230
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

8.3. AQSh va Yaponiya firmalarida xodimlarni boqarish tamoyillarining
o’ziga xos xususiyatlari.

AQSh firmalarida personalni boshqarish tizimini alohida xususiyatlari:
* personalga ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga yordam beruvchi eng muhim omil sifatida qaraladi. Shu boisdan unga ma’lum darajadagi avtonomiya huquqi beriladi;
* firmaga yangi ishchilarni qabul qilishda ushbu mezonlar e’tiborga olinadi: ma’lumoti, ish tajribasi, psixologik xususiyatlari, jamoada ishlay olishi. Menejer, injener va olimlarga alohida e’tibor beriladi;
* AQSh dagi firmalarda an’anaga ko’ra menejerlar individual tarzda mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi. Bu degan so’z, ularning ish natijalari individual tarzda baholanadi;
* tashkiliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan qarorlar odatda, ayrim shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va aynan ular mazkur qarorning amaliy ijrosi uchun javobgar hisoblanadi.
Mehnatning xarakterli shart-sharoitlari:
* talab etiladigan kasb-korlar ro’yxati va ularga muvofiq ravishda lavozimiy yo’riqnomalar qat’iy tarzda belgilanmaydi, balki konkret shart-sharoitlarga xizmat qiluvchi personal o’z salohiyat layoqatlarini namoyon etishi uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi;
* markaziy xizmat vakillarining mas’uliyatini kamaytirish va tashkilotning ma’muriy apparatini qisqartirish tamoyiliga amal qilinadi;
* mehnatga haq to’lashning alohida uslublarini (masalan, individual tarzda) joriy etish;
* firma miqyosida injenerlar, olimlar va ishlab chiqarish jarayonlarida band bo’lgan xodimlarning mehnatini birlashtirish, ya’ni muayyan maqsadli loyiha ustida ishlaydigan ishchi guruhlarini tashkil etish.
Yaponiya firmalarida personalni boshqarish tizimining alohida xususiyatlari:
* umrining oxirigacha yoki uzoq muddatga ishga olinadi;
* firmadagi xizmat muddati oshib borishiga qarab oylik ish haqining oshirilishi;
* personalning firma miqyosida (tarmoq miqyosida emas) faoliyat yurituvchi kasaba uyushmalariga a’zo bo’lishi.
Boshqaruv tamoyillari:
* shaxsiy va firma miqyosidagi ijtimoiy hayot individual va umumiy manfaatlar uyg’un birlashtiriladi. Shu sababdan xodim o’z tashkilotiga juda bog’lanib qoladi. Bundan tashqari, xodimning firmaga sadoqatli qolishi evaziga turli xildagi kafolatlar va imtiyozlar beriladi;
* umumjamoaviy manfaatlar individual manfaatlardan ustun qo’yiladi, firma miqyosida har qanday mehnat kooperatsiyasi olqishlanadi;
* firma miqyosida egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar hamma xodimlarning do’stona munosabatda bo’lishi;
* firmaning mavjud bo’lishini kafolatlovchi uch turdagi kuchlarning (boshqaruvchilar, personal, investorlar) ta’siri va manfaatlari o’rtasidagi muvozanatni saqlash;
* biznes bo’yicha hamkorlar, shu jumladan, xomashyo (ehtiyot qism)larni yetkazib beruvchilar va xaridorlar o’rtasida alohida munosabatlarning o’rnatilishi.


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə