Ismailova T. S., Haydarov B


Tashkilotlarda mehnat resurslaridan foydalanish



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə51/104
tarix08.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#116230
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

8.2. Tashkilotlarda mehnat resurslaridan foydalanish.

Insonlarsiz hech bir tashkiliy tuzilma mavjud bo’lolmaydi. Tashkilot o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishmog’i va keskin raqobatchilik sharoitlarida yashashga layoqatli bo’lmog’i uchun alohida mutaxassislikka ega guruh insonlar o’zaro hamkorlik qilishlari lozim bo’ladi. Shu boisdan bo’lsa kerak, ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalar jumlasiga kiritiladigan mehnat zahiralarini boshqaruvchilik nazariyasi va amaliyotining muhim elementlaridan biri deb hisoblashadi.


Yirik tashkilotlarda mehnat resurslaridan foydalanish jarayonlari ustidan umumiy boshqaruvchilik odatda, kadrlar bilan ishlash bo’limining zimmasiga yuklatiladi. Shtab tarkibiga kiritiladigan bo’linmalar jumlasidan biri hisoblanmish, kadrlar bilan ishlash bo’limida professional jihatdan maxsus tayyorgarlikdan o’tgan xodimlar ish olib borishi lozim. Zero, mazkur bo’limning mutaxassislari firma oldida turgan tashkiliy va iqtisodiy maqsadlarga erishishni ta’minlash yo’lida izlanadi va ma’muriyat bilan birgalikda harakat qiladi. Buning uchun kadrlar bilan ishlash bo’limining xodimlari o’z sohasida o’ta bilimdon va malakali bo’lishi kerak. Umuman olganda, tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash bo’limlarining faoliyatida ish yuritishning o’ziga xos nozik jihatlari ko’zga tashlanadi. Birinchidan, kadrlar bilan ishlash bo’limi mutaxassislarining kasbiy faoliyati tashkilotning quyi pog’onasidagi rahbarlarning faoliyati va kundalik ehtiyojlaridan boxabar bo’lishni taqozo etadi. Ikkinchidan, ular tashkiliy tuzilmaning barcha pog’onalaridagi xizmatchi va rahbarlar bilan tegishli aloqalar o’rnata bilishi darkor. Zero, o’zaro aloqadorlik rishtalari mavjud bo’lmasa, tashkilotning umumiy ish unumi keskin pasayib ketishi ehtimoldan xoli emas. Aslida kadrlar bilan ishlash bo’limi tashkilot rahbariyati bilan xodimlar o’rtasidagi bog’lovchi zvenodir. Shunga muvofiq ravishda ularning ish vazifasi alohida xususiyatga ega. Mazkur bo’limning faoliyati nechog’li muhimligini anglatmoq uchun diqqatingizni ushbu vaziyatga tortmoqchimiz. Tashkiliy jihatdan rahbarlik firmaning yuqori pog’onadagi boshqaruvchilari tomonidan amalga oshiriladi. Ammo strategik rejalarni konkret ravishda ijro etilishini ta’minlash esa boshqaruvchilik ierarxiyasining quyi pog’onalarida turgan rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Demak, real ravishda tashkiliy va iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirish ko’p jihatdan quyi bo’g’inlardagi tashkiliy rahbarlikning nechog’li samarali ekaniga bog’liqdir. O’z navbatida bu masalani to’g’ri hal etish uchun tashkilotning quyi pog’onasidagi rahbarlar bilan doimiy ravishda ish olib borish kerak. Bu borada kadrlar xizmatining o’rni va roli beqiyosdir. Ularning asosiy qiladigan ishi quyi zveno rahbarlariga boshqaruvchilik sir -u sinoatlarini o’rgatishdan iborat.
Tashkilotning umumiy samaradorligini oshirish mehnat resurslaridan o’rinli va unumli foydalanish tamoyiliga asoslanadi. Shuning uchun tashkiliy tuzilmaning barcha rahbarlari inson omilining o’ziga xos xususiyatlarini to’g’ri anglashi, ular bilan ishlash tamoyillari hamda metodlarini bilish shart.
Mehnat resurslari faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish jarayoni tarkiban quyidagi bosqichlardan iborat:
- Resurslarni rejalashtirish, ya’ni tashkilot faoliyatining uzluksiz davomiyligini ta’minlash uchun ayni paytda va kelajakda zarur bo’ladigan insoniy resurslar ko’lamini aniqlash va bu borada amalga oshiriladigan ishlarning rejasini tuzish;
- Tashkilotga yagona xodimlarni jalb etish va ishga olish, tashkiliy tuzilma faoliyatini ta’minlash uchun shtatlar jadvalidagi barcha lavozimlarni egallashga munosib bo’lgan kadrlar zaxirasini tayyorlash;
- Kasbga yo’naltirish va yangi xodimlarni tashkilot muhitiga moslashtirish (ijtimoiy adaptatsiya). Ko’zlanadigan asosiy maqsad tashkilot xodimlardan nimalarni kutishini va o’z navbatida ular tashkilotdan nimalarga umidvor bo’lishi mumkinligini xodimlarga anglatishdan iborat;
- Ta’lim berish. Bu yo’nalishda bajariladigan asosiy vazifa tashkilot faoliyati uchun zarur mehnat malakasini va ish samarasini oshirishga moslashtirilgan o’quv dasturlarini tayyorlash;
- Xodimlarning mehnat faoliyatiga baho berish metodikalarini ishlab chiqish va ular bilan xodimlarni tanishtirish uslublarini aniqlash;
- Tashkilotda belgilangan shtatlar jadvaliga ko’ra xodimlarni lavozimidan ko’tarish, tushirish, bir lavozimdan boshqasiga o’tkazish, ishdan bo’shatish tamoyillari va uslublarini ishlab chiqish, turli xil lavozimlarga yoki ish sohalariga o’tkazish vositasida xodimning kasbiy malakasini takomillashtirish, mehnat shartnomasini bekor qilish tartiblarini belgilash;
- Rahbarlik qilish malakasiga ega kadrlarni tayyorlash, xizmat lavozimlari bo’yicha yuksaltirish jarayonlarini boshqarib borish. Buning uchun har bir rahbar mehnatining samaradorligini oshirishga imkon beradigan, alohida xodimning shaxsiy fazilatlari va qobiliyatlarini kuzatib borish asosida ularning kasbiy layoqatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladigan maxsus faoliyat dasturlarini ishlab chiqish.


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə