Ismailova T. S., Haydarov B


* kadrlar bilan bog’liq qism; *



Yüklə 1,86 Mb.
səhifə50/104
tarix08.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#116230
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104
Ismailova T. S., Haydarov B

* kadrlar bilan bog’liq qism;
* kasbiy qism;
* tashkiliy qism.
Kadrlar bilan bog’liq qism o’z ichiga kasbiy layoqatni ta’minlovchi kasbiy bilimlar, mahorat va ko’nikmalar (malakaviy salohiyat), o’rganish qobiliyatlari (ma’lumot salohiyati) ni oladi.
Korxona mehnat salohiyatining tashkiliy qismi ham alohida xodimning, ham jamoaning ish samarasini belgilaydi.
Korxona mehnat salohiyatining tashkil etilishi jamoaning malakaviy-kasbiy tarkibi va xodimlar soatini rejalashtirish bosqichida boshlanadi. Korxona mehnat salohiyatini boshqarishda fan-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishning barcha omil va elementlarining davriy yangilanishiga sabab bo’lishidan kelib chiqishi kerak. Bunday sharoitda korxona mehnat salohiyatini boshqarishdan ko’zlangan maqsad ishchi kuchining amaliyotda foydalanilmayotgan imkoniyatlari ulushini mumkin qadar kamaytirishdir. Korxona mehnat salohiyatini boshqarish quyidagi to’rt tamoyilga rioya etilishiga asoslanishi kerak:
* korxona mehnat salohiyatining bajarilayotgan ish turlari va mehnat vazifalarining hajmi, tavsiflari va murakkabligi bilan mutanosib bo’lishi kerak;
* korxona mehnat salohiyati tarkibining ishlab chiqarishning moddiy omili bilan bog’liqligi;
* korxona mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligining ta’minlanganligi;
* ishchilarning kasbiy-malakaviy rivojlanishi va ular bajarayotgan ishlab chiqarish vazifalari ko’lamining kengayishiga sharoitning yaratilishi.
Sanab o’tilgan omillarning to’rttalasi ham to’liq hisobga olingandagina korxona mehnat salohiyatidan to’laligicha foydalanilganligi haqida xulosa qilish mumkin.
Umuman, mehnat salohiyatini boshqarish o’z ichiga uch asosiy bosqichni oladi, bular shakllantirish, rivojlantirish va foydalanish. Shunday qilib, mehnat salohiyatini shakllantirish bir tomondan, xodimlarga bo’lgan ehtiyojning aniqlanishi bilan boshlanib korxonada barcha talablarga javob beradigan va rivojlanishning manbai bo’ladigan personalning mavjudligi bilan yakunlanadigan mustaqil jarayon bo’lsa, ikkinchi tomondan bu shunday bir butun jarayonning qismidirki, ushbu jarayonda mehnat salohiyatining shakllantirilishi faqatgina birinchi bosqichdir va bu bosqich asosida korxonadagi personalning rivojlanishi va foydalanilishi amalga oshiriladi.


Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə