Ismoilova zuhra amaliyot ishi 1 Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda ta’lim texnologiyasini tadbig’i



Yüklə 293,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix04.02.2023
ölçüsü293,48 Kb.
#100141
1   2   3   4   5   6   7   8
Ismoilova Zuxra Amaliyot ishi

3)
 
informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, 
foydali ma’lumotlarni izlash, yig’ish, saralash, qayta ishlash va ulardan 
maqsadli, o’rinli, samarali foydalanish; 
4)
 
kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va 
ijodiy yondashish, o’zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish; 
5)
 
innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, 
ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir 
yangi g’oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish; 
6)
 
kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, 
jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo’lish, ularni tinglay bilish, ularga 
ijobiy ta’sir ko’rsata olish. 
3.
 
Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda kasbiy o’sishga erishish, 
malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o’z ichki imkoniyatlarini 
namoyon qilish. 
4.
 
Texnologik kompetentlik – kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan 


ISMOILOVA ZUHRA 
AMALIYOT ISHI 
ilg’or texnologiyalarni o’zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va 
texnologiyalardan foydalana olish. 
5.
 
Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, 
texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda 
oqilona qaror qabul qilish, to’g’ri harakatlanish malakasiga egalik. 
Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning 
o’ziga xos jihatlari o’rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga 
O’zbekiston sharoitida ham pedagogga xos kasbiy kompetentlik, uning o’ziga 
xos jihatlari o’ranilgan bo’lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan 
tadqiqot o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko’ra pedagogga 
xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi: 
Kasbiy (shu jumladan, pedagogik) kompetentlikka ega bo’lishda o’z ustida 
ishlash va o’z-o’zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’z-o’zini 
rivojlantirish vazifalari o’zini o’zi tahlil qilish va o’zini o’zi baholash orqali 
aniqlanadi. 
O’z ustida ishlash quyidagilarda ko’rinadi: 
-
kasbiy BKMni takomillashtirib borish; 
-
faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish; 
-
kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish; 
-
ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish; 
-
salbiy odatlarni bartaraf etib borish; 
-
ijobiy sifatlarni o’zlashtirish. 
Pedagogning o’z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechadi. Ular: 
Pedagogning mutaxassis sifatida: 
-
aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish; 
-
pedagogik jarayon 
samaradorligini, 
o’zining 
ishchanlik
faolligini oshirish; 
-
izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o’zlashtirish; 
-
ilg’or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo’lish; 
-
faoliyatiga fan-texnikaning so’nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish; 
-
kasbiy ko’nikma va malakalarini takomillashtirish; 
-
salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini 
izlash yo’lida olib boradigan amaliy harakati uning o’z ustida ishlashini 
ifodalaydi. 
Pedagoglarning o’z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali 
yondasha olishlari qo’l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi 
modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Modelda o’z ustida ishlash 
bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi. Har 
bir bosqich uchun belgilangan vazifalarning samarali hal etilishi navbatdagi 



Yüklə 293,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə