~ 47 ~
oʻtilgan investitsiya
tamoyillariga rioya qilishni, balki ulardan
tadbirkorlik faoliyatida har tomonlama foydalanishni ham nazarda
tutadi. Firma tomonidan resurslardan foydalanish
samaradorligining
koʻrib chiqilayotgan koʻrsatkichlarini qurish muhim axborot bazasini
talab qiladi. Korxonalarda buxgalteriya hisobi, tahliliy materiallar,
balanslarda jamlangan moliyaviy hisobotlarning toʻgʻri
yuritilishini
talab etadi. Bu orqali esa inson resurslarining tartibli boshqarilish
hamda foydalanish jarayonini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu orqali esa hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida 2022-
yilning 1-iyul holatiga kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har
1000 aholiga 13,9 birlikni tashkil qilmoqda.
2022-yilning yanvar-avgust oylarida yangi tashkil etilgan kichik
biznes subyektlarining 25
tasini kichik korxonalar, 3 825 tasini
mikrofirmalar tashkil qilganligi ham soha salmogʻida kichik biznes
turlarining oʻrni qanchalik darajada katta ekanligini koʻrsatadi. Kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining
chakana savdo tovar
aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga koʻra, 11 304,2 mlrd.
soʻmni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 10,0 % ga
oshganligini koʻrishimiz mumkin. Viloyat miqyosida ushbu sektorning
jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 79,2 % ni tashkil
etgan
99
.
Bozor munosabatlari sharoitida
mulkchilik shakllarining
rivojlanishi keng koʻlamda erkin tovar ishlab chiqaruvchilar, kichik
biznes subyektlari va tadbirkorlar qatlami faoliyatini
rivojlantirishni
taqozo etadi. Shunday ekan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
iqtisodiyot tuzilmalarida eng oldingi oʻrinlarni egallashi kerak.
Shuningdek, 2019-yilning yanvar-dekabrida
kichik tadbirkorlik
subyektlarining soni (har 1000 aholiga, birlikda) hududlar boʻyicha
eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahrida 28,8 birlik, Navoiy
viloyatida 18,1 birlik, Sirdaryo viloyatida 17,9 birlik, Jizzax viloyatida
15,6 birlik, Toshkent va Buxoro viloyatlarida 14,9 birlik, Fargʻona
viloyati 12,2 birlikni tashkil etdi. Surxondaryo viloyatida 8,3 birlikga
teng boʻlib, ushbu koʻrsatkich eng past boʻlib qolmoqda
100
.
Dostları ilə paylaş: