~ 46 ~
ISSN:
2181-1695
OAK:
01-08/1819/6
www.herald.kokanduni.uz
KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATIDA INSON RESURSLARIDAN
FOYDALANISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
A.A.Yusupov, katta oʻqituvchi,
Qoʻqon universiteti
MAQOLA HAQIDA
ANNOTATSIYA
Qabul qilindi:
24-iyun 2023-yil
Tasdiqlandi:
26-iyun 2023-yil
Jurnal soni:
7
Maqola raqami: 11
DOI:
https://doi.org/10.54613/ku.v7i7.777
Ushbu maqolada kichik biznes subyektlari faoliyatida inson resurslaridan
foydalanishning
metodologik asoslari
xususida tahliliy fikr-mulohazalar bildirib oʻtilgan. Shuningdek, kichik
biznes subyektlari faoliyatida inson resurslaridan samarali foydalanish jarayonlari,
ularning
metodologik asoslari hamda kichik biznesni rivojlantirishga ta’siri haqida ma’lumotlar keltirib
oʻtilgan. Bundan tashqari, mamlakatimiz iqtisodiyotida kichik biznes ulushi va unda inson
resurslarining oʻrniga oid tahliliy yondashuvlar asosida statistik tahlil natijalari yoritib oʻtilgan.
KALIT SOʻZLAR/
Ключевые слова/
keywords
iqtisodiy prognoz, inson resurslari, kichik
biznes,
ishlab chiqarish, inson kapitali,
korxona, bozor iqtisodiyoti, zamonaviy
iqtisod
KIRISH:
Bugungi kunda kichik biznes subyektlari faoliyatida
inson resurslaridan foydalanishning metodologik asoslari oʻrganish
soha oldiga koʻpgina vazifalarni qoʻyish
orqali iqtisodiy maydon va
muhitning yaratilishiga imkon bermoqda. Birgina korxonaning resurs
bazasini baholashning oʻziyoq eng muhim vazifa sifatida barqaror
foyda, toʻlov qobiliyati va raqobatbardoshligini taʼminlashda
ifodalangan foydalanish natijasini oʻrganish muhim vazifa hisoblanadi.
Shuningdek, asosiy vazifalar sifatida korxona tomonidan
maʼlum turdagi resurslardan foydalanishni muntazam ravishda
kuzatish va oʻrganish, uning maqsadi faoliyatning muayyan
yoʻnalishlari samaradorligi darajasini baholash, faoliyatning kuchli va
zaif
tomonlarini aniqlash, kompaniya faoliyatining muayyan
maqsadlarini
belgilashning
oqilonaligini,
qolaversa,
shartlar
oʻzgarganda ularni tuzatish imkoniyatini aniqlash, xavflarni va vaqt
omilining taʼsirini hisobga olgan holda faoliyatning alohida
yoʻnalishlari samaradorligini oshirish imkoniyatlarini oʻrganish,
belgilangan maqsadlarga erishish uchun resurslarning maʼlum
kombinatsiyalarini
tanlashni asoslash, resurslar bazasini sarflash
samaradorligi kontekstida foydalaniladigan vositalar va boshqaruv
usullarini iqtisodiy tahlil qilish koʻnikmalarini oʻzida birlashtiradi.
Globallashuv davrida har bir iqtisodiy maydon va hudud kichik
biznes subyektlari faoliyatida inson resurslaridan foydalanishni
baholashda ishchi kuchidan foydalanish jarayoni inson resurslari
samaradorligini baholash quyidagi masalalarni oʻrganishga qaratilgan.
Bu masalalar
toifasiga xodimlar soni, uning tarkibi va malaka
darajasini tahlil qilish, kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatlarini
oʻrganish, ish vaqtidan foydalanish samaradorligi toʻgʻrisidagi
maʼlumotlarni tekshirish, mehnat harakatining dinamikasi, shakllari va
sabablarini oʻrganish, shuningdek, belgilangan
mehnat intizomining
bajarilishini tahlil qilish, xodimlar sonining ishlab chiqarish
koʻrsatkichlariga taʼsirini oʻrganish, shuningdek, rentabellikni mehnat
xarajatlari bilan hisoblash va taqqoslash kiradi.
Aytish mumkinki, mehnatdan foydalanishni oʻrganishning asosiy
vazifasi mehnat faoliyati unumdorligini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi,
ish vaqtining yoʻqolishiga va ish haqining pasayishiga olib keladigan
barcha omillarni aniqlashdir. Bu borada inson resurslari
samaradorligini baholash quyidagi muhim yoʻnalishlarda amalga
oshiriladi: tashkilotni zarur kadrlar bilan taʼminlash,
ishchi kuchi
harakatining dinamikasi va yoʻnalishlarini belgilash, mehnat
unumdorligi koʻrsatkichlarini oshirishda.