|
![](/i/favi32.png) Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/646-48XULOSALAR:
Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash
sharoitida respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan
shugʻullanuvchi korxonalarga alohida eʼtibor qaratilib, bu jarayon
yangi innovatsiyalar va tashabbuskorlikni talab etib, shular asosidagina
(resurslarni tejab, sifatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish yoʻli bilan)
iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash mumkin. Buning uchun kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar fan
va texnikada erishilgan eng soʻnggi innovatsiyalarni ishlab chiqarishga
joriy etishga alohida eʼtibor qaratishlari lozim.
Milliy iqtisodiyotda muhim oʻrin egallab borayotgan kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini yanada rivojlantirish hamda bu
orqali ichki bozorni raqobatbardosh, sifatli va eksportbop mahsulotlar
bilan toʻldirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda buning asosida aholi
daromadlarini koʻpaytirish va barqaror iqtisodiy oʻsishni ta’minlash
borasida ahamiyatga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir
qatorda, bu soha davlat byudjetiga soliq toʻlov tushumlari hajmining
koʻpayishi va iqtisodiy rivojlanishning asosiy koʻrsatkichi hisoblangan
yalpi ichki mahsulot salmogʻining oshishiga asosiy turtki boʻlmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati jamiyatimizdagi
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning tayanchiga hamda asosiy
kuchiga aylanib bormoqda.
Mamlakatimizning
iqtisodiy
islohotlarini
bosqichlarida
iqtisodiyotimizning tarkibiy tuzilmasida tub oʻzgarishlarga asos
solishdan iborat gʻoyat muhim masala bu tadbirkorlik va xususiy
biznesni tashkil etish va rivojlantirishdir. Bu maqsadni amalga oshirish
uchun qator iqtisodiy islohotlar oʻtkazildi, uning rolini oshirish uchun
yirik institutsional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil
etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga
koʻmaklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga
kiradi. Bir soʻz bilan aytganda, Oʻzbekistonda xususiy tadbirkorlik va
kichik biznes korxonalari majmuyini tashkil etish muvaffaqiyatli
bormoqda.
Dostları ilə paylaş: |
|
|