|
![](/i/favi32.png) Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/646-48ADABIYOTLAR
TAHLILI:
Mamlakatimiz
olimlari
tomonidan chop etilgan iqtisodiy ilmiy manbalarda "ishbilarmonlik
muhiti" tushunchasiga ta'riflar keltirilmagan, lekin unga yaqin fikrlar
bor. Masalan, B.Yu. Xodiyev, M.S.Qosimova, A.N. Samadov kabi
iqtisodchilar "tadbirkorlik faoliyatini samarali olib borish uchun
ma'lum bir ishchi muhiti boʻlishi kerak" deb qayd etadilar.
Ularning mulohazalariga koʻra "...tadbirkorlik muhiti asosan
quyidagi toʻrtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
omillarning oʻzaro bogʻliqligi natijasida amalga oshiriladi". Rossiyalik
iqtisodchilardan E.Bikova, B.Jixarevich, N.Simionova, N. Yu.
Nikitina, S. M. Korunov, A. A. Yashin, I. D. Oparin kabilarning kichik
biznes va tadbirkorlik faoliyati muhitini rivojlantirishga doir koʻplab
oʻquv qoʻllanmalari va ilmiy maqolalari chop etilgan.
Tahlil uchun kichik biznesni rivojlantirish axborot manbalari
sifatida korxonaning xodimlar toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni oʻz
ichiga olgan statistik, operativ va boshqa hisobot hujjatlaridan
foydalanish inson resurslari samaradorligini toʻgʻri baholash va
metodologik asoslarini ishlab chiqishda birlamchi omil sifatida xizmat
qiladi.
Tashkilot
xodimlari
miqdoriy
koʻrsatkichlar
boʻyicha
baholanadi, ular uchun ish haqi fondi, oʻrtacha ish haqi va xodimlar
soni hisoblab chiqiladi. Miqdor koʻrsatkichlari bilan bir qatorda
xodimlarning kasbiy malakasi, maʼlumoti, jinsi va yoshi tarkibini
tavsiflovchi sifat koʻrsatkichlari ham oʻrganiladi.
Bu jarayonda xodimlar tarkibini oʻrganish, shuningdek, ushbu
turdagi resurslardan foydalanish samarasini tahlil qilish imkonini
beradi. Xodimlar tarkibini tahlil qilish har bir alohida boʻlinma va
alohida mezon boʻyicha (masalan, ish tajribasi yoki malaka darajasi)
amalga
oshiriladi.
Shuningdek,
tahlil
natijasida
tanlangan
koʻrsatkichlarni muayyan boʻlimdagi mehnat unumdorligi darajasi
bilan taqqoslaydi.
Kichik
biznes
subyektlari
faoliyatida
inson
resurslari
samaradorligini oshirishda mehnat unumdorligi eng avvalo, mehnat
unumdorligi boʻyicha topshiriqlarni bajarish darajasi, mehnat
unumdorligi koʻrsatkichlarini oshirish zaxiralari va ulardan
foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ish koʻrsatkichlarining
oʻzgarishiga taʼsir qiluvchi omillar orqali oʻrganiladi.
Zamonaviy iqtisodiy rivojlanish shartlarini hisobga olgan holda,
xodimlardan foydalanish koʻrsatkichlarining oʻzgarishini doimiy
ravishda kuzatib borish muhim rol oʻynaydi, buning uchun koʻp
komponentli baholash qoʻllaniladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|