Issn 81-0591 2 9 1 issn 2181-0591



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/205
tarix28.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#137774
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   205
SUV VA YER 2022 6 soni

 
Key words: 
uneven subsidence, cracks, dam, accident, dam seepage, defects, apron, shutter. 
Suv omborlari joylashish o‘rniga bog‘liq holda tasniflash. Suv omborlari joylashish o‘rniga 
ko‘ra quyidagi ikki turga bo‘linadi: o‘zan suv omborlari; to‘ldiriladigan suv omborlari. O‘zan suv 


23 
“Suv va yer resurslari” agrar-gidromeliorativ ilmiy-ommabop jurnal
 
6(17)-son 2022-yil
omborlari daryo yoki soylar vodiylarida baland to‘g‘onlar qurib, suv oqimini bevosita to‘sish yo‘li bilan 
barpo etiladi. Bunday suv omborlari ko‘pchilik hollarda ensiz va cho‘ziq shaklda bo‘ladi. Ularning 
to‘g‘onoldi qismi eng chuqur bo‘lib, undan daryo o‘zani bo‘yicha yuqorilashgan sari chuqurlik kamayib 
boradi. Mazkur turdagi suv omborlarini qurish iqtisodiy nuqtainazardan ancha tejamlidir. O‘lkamizdagi 
ko‘pchilik suv omborlari, jumladan, Chorvog‘, Kosonsoy, Qayroqqum, Chordara, Tuyabo‘g‘iz, 
Pachkamar suv omborlari shu turga misol bo‘ladi. 
Inshootlar qismlarini notekis cho‘kishi, tashqi bosimlar va havo harorati ta’sirida inshootda 
yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin. 
Bundayholatda: 
-
Yoriqlarraqamlanadi; 
-
Yoriqlarto‘g‘risidagibatafsilma’lumotinshootlardagiyoriqlarholatinivizualkuzatishjurnaligaq
aydqilinadi; 
-
Yoriqningko‘rinishinirasmichiziladivainshootningsxemasidaqaydqilinadi; 
Yoriqlarnikengayishinianiqlash uchunbelgilarvayoriqo‘lchagichlar (mayoqlar)o‘rnatiladi. Suv 
omboridagi inshootlarni tekshirish natijasida quyidagilar aniqlandi: 
1.
To‘g‘on. 
To‘g‘on qurilishi faqat 560 metr uzunlikda to‘liq emas profilda qurilgan. Qurilgan qismida 
yuqori qiyalik mustaxkamlanishi bajarilmagan. Drenaj tizimi qilinmagan. To‘g‘on o‘ng qirg‘og‘ida 
filtratsiya suvlari chiqib turgan va kotlovanni to‘ldirgan. Kotlovanni o‘simliklar qoplagan. 
2.
Chegaraviy damba.
 
Damba qurilishi 1977- yilda boshlanib. 1978-yilda to‘xtatilgan. Kotlovani bo‘yicha ishlar 
bajarilgan. 
3.
Suv chiqazgich. 
Kirish qismi: Defektlar kuzatilmagan. 
Bosimli uchastkasi: kuzatilmadi, suvga to‘la bo‘lgan. 
Suv chiqazgich minorasi: defektlar kuzatilmagan. 
Bosimsiz galereya: kuzatilmadi, ichida suv bor edi. 
Risberma: risberma oxirida tosh tashlanmaganligi tufayli kanal boshlang‘ich qismi yuvilgan. 
Gidrotexnik jixozlar: 
a) avariya zatvorlari va ko‘targichlar mexanik jixozlar omborga olib qo‘yilgan. Zatvor metall 
konstruksiyasi ishchi holatda; 
b) avariya – remont zatvorlari va ko‘targichlar. Chap zatvor qoplamasi zichlagichidan filtratsiya 
o‘tib turibdi; 
v) ishchi zatvorlar va ko‘targichlar ishchi holatda; 
g) kran jihozlari. 50 tonnali elektrik kran ishchi holatda; 
d) elektr jixozlari. Zatvorlarni boshqarish elektr jixozlari shiti ishchi holatda. 
4. Suv keltiruvchi kanal. 
Kanal kuchli loyqaga ko‘milgan va o‘simliklarga to‘lgan. 22,5 km dan 5 km betonlashtirilgan. 
Kanal suv o‘tkazish qobiliyati 30 m
3
/s o‘rniga 27,1 m
3
/s. 
5.
Suv olib ketuvchi kanal. 
Kanal loyqaga to‘lgan, o‘simliklar qoplagan, kerakli nishablikka ega emas. 45 km o‘rniga 11 
km betonlashtirilgan. Suv o‘tkazish qobiliyati 35 m
3
/s o‘rniga 27 m
3
/s. Kanalning ko‘p qismlarida 
qiyaliklar buzilgan. 
6.
Suv ombori kosasi. 
Suv ombori kosasi qisman loyqaga ko‘milgan, ammo uning miqdori to‘g‘risida ma’lumot yo‘q. 
7.
Suv o‘tkazuvchi inshootlar suv o‘tkazish qobiliyati aniqlanmagan. 
8.
Elektr ta’minoti

Asosan G‘ijduvon podstansiyasidan olinadi, rezerv yo‘q. 
9.
Aloqa. 
Tuman Q va SXB bilan radiotelefon bilan aloqa qilinadi, aloqa turg‘un emas. 
10.
Loyiha hujjatlari. 
Ishchi chizmalar bor, to‘liq hajmda emas. Inshootlar pasporti va ekspluatatsiya qilish qoidalari 
yo‘q.

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə