Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə26/76
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137289
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan taqsimlash qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. TTning kabel kanallari yonmaydigan plitalar bilan yopilishi va tozalikda saqlanishi kerak.
2. Navbatchi xodimda kalibrlangan eruvchan kirgizmalar zaxirasi bo‘lishi shart. Kalibrlanmagan eruvchan
kirgizmalarni qo‘llash man qilinadi. Eruvchan kirgizmalar saqlagichlar turiga mos kelishi shart.
3. TQning tashqi eshiklarida ularning nomlari ko‘rsatiladi. Barcha simlar, shinalar, kabellar, kontakt
qisqichlari va saqlagichlar yagona tizim bo‘yicha markirovka qilinadi (izolatsiyalangan yorliqlar, qisqich va
saqlagichlar ustidagi yoki ostidagi panelda yoki korpusda yozish yoki o‘yib yozish bilan).
Saqlagichlar va saqlagichlar panellarida bundan tashqari, eruvchan kirgizmaning nominal toki ko‘rsatiladi.
TQ panellari ochiq rangga bo‘yaladi, ularda alohida zanjirlar va uzatmalarning vazifalarini ko‘rsatuvchi aniq
yozuvlarda bajariladi. Bunday yozuvlar panellarning old va orqa taraflarida bo‘lishi shart.
TQ eshiklarida xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga mos ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yiladi.
4. Barcha kalitlarda, tugmachalarda va boshqaruv dastaklarida ular mo‘ljallangan operatsiyalarni
ko‘rsatuvchi yozuvlar bo‘lishi shart (“Ulansin”, “O‘chirilsin”, “Kamaytirilsin”, “Ko‘paytirilsin” va boshqalar).
5. Signal lampalarida va boshqa signal apparatlarida signal xususiyatini ko‘rsatuvchi yozuvlar bo‘lishi shart
(“Ulangan”, “O‘chirilgan”, “O‘ta qizish” va boshqalar).
6. TQlarni, panellarni, yig‘malarni, shchitchalarni ko‘rikdan o‘tkazish, chang va ifloslanishdan tozalash 3 oyda
kamida 1-marta o‘tkaziladi.
7. TQ uskunalarining profilaktik tekshiruvlari, o‘lchovlari va sinovlari Elektr uskunalarni SQ va Mda ko‘zda
tutilgan hajmlarda va muddatlarda o‘tkaziladi.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
10-ILOVA

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə