Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida


Elektr o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə29/76
tarix28.11.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#137289
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish

Elektr o‘lchash vositalarini ekspluatatsiya qilishda texnik talablar
1. Ushbu Qoidalar uskunalarning texnologik parametrlarini tekshirish tizimlariga, ish rejimlarini o‘lchash
vositalariga (statsionar va ko‘chma), shuningdek, elektr energiyasini hisobga olish vositalariga (aktiv va reaktiv
energiya hisoblagichlariga) taalluqlidir.
2. Elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalarini o‘rnatish, montaj va ekspluatatsiya kilish EQTQ
talablariga hamda ishlab chiqaruvchi zavod yo‘riqnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Elektr kattaliklarni o‘lchash vositalari O‘zbekiston Respublikasi standartlariga mos kelishi va EQTQ
talablarini qondirishi, shuningdek, o‘lchash vositalarining turini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi shart.
4. Elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalarini davlat va idoraviy qiyoslash muddatlari
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi davlat standartlari, “O‘zstandart” agentligi va idoraviy metrologiya
xizmati organlarining NTH bilan belgilanadi.
5. Elektr energiyasini hisobga olishning hisob-kitob vositalarini va namunaviy o‘lchash vositalarini davlat
qiyoslovidan o‘tkazish davlat standartlarida belgilangan muddatlarda, shuningdek, ushbu vositalar
ta’mirlangandan so‘ng o‘tkaziladi.
6. Elektr o‘lchash vositalarini qiyoslashning tashkil etilishi, uni o‘tkazish usullari va hisobotlari O‘zbekiston
Respublikasining davlat standartlariga, “O‘zstandart” agentligi va idoraviy metrologiya xizmati organlarining NTH
talablariga mos kelishi shart.
7. Barcha elektr o‘lchash vositalari ushbu o‘lchov vositalariga standartlar, texnik shartlar va zavod
yo‘riqnomalarining talablariga javob beradigan sharoitlarda o‘rnatiladi va ekspluatatsiya qilinadi.
8. Elektr energiyasini o‘lchash va hisobga olish vositalariga pasportlar (yoki jurnallar) tuziladi. Ularda barcha
ta’mirlar va qiyoslashlar haqida belgilar qo‘yiladi.
9. Elektr uskunalari va elektr uzatish tarmoqlarining ish rejimlarini nazorat qiluvchi statsionar o‘lchov
vositalariga o‘lchanayotgan kattalikning nominal qiymatiga mos belgi qo‘yilishi kerak. Belgilarning o‘lchamlari va
qo‘yish usullari o‘lchov asboblarining shkalalariga qo‘yilgan davlat standartlari talablariga mos kelishi shart.
Tashqi manbadan elektr ta’minotiga ega asboblar kuchlanish mavjudligini bildiruvchi signalizatsiya qurilmasi
bilan jihozlanishi shart.
10. Har bir elektr energiyasini hisoblash vositasida (hisoblash asbobida) elektr energiyasining hisobi olib
borilayotgan ulanmaning nomini ko‘rsatuvchi yozuv bo‘lishi shart.
11. Energetika uskunasiga biriktirib o‘rnatilgan elektr o‘lchash vositalarining (tok va kuchlanish
tranformatorlarining, shuntlarning, elektr o‘zgartirgichlarning va boshqalar) qiyoslash muddatlari ular o‘rnatilgan
uskunalar ishlarining ta’mirlararo davriga mos kelishi shart. Uskunalarni ta’mirlash hajmiga ushbu o‘lchov
vositalarini demontaji, qiyoslash va o‘rnatish ham kiritilishi shart.
Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish
qoidalariga
13-ILOVA

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə