Itimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti



Yüklə 19,52 Kb.
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü19,52 Kb.
#139674
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Shaxsning malaka va odatlari-azkurs.org

Shaxsning faolligi Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo’ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. XX asr boshlarida avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi. Odam o’zining avlodlaridan nasliy yo’l bilan o’tgan instinktiv mayllarining namoyon bo’lishi tufayli faoldir, instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi Z.Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog’laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi. Inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlar, deb tushuntiradi. Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik mavjudotlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha) tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xususiyatli bog’lanishlarni ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'iy nazar) ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi.

Shaxsning malaka va odatlari Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir. Malaka - deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo’ladi. Odat kishi qalbiga o’rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi. Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya'ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar boqchasiga o’rganguncha qiynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo’ladi. Yangi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi.


Yüklə 19,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə