Itimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti



Yüklə 19,52 Kb.
səhifə7/7
tarix29.11.2023
ölçüsü19,52 Kb.
#139674
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Shaxsning malaka va odatlari-azkurs.org

Malakalarning hosil bo’lish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq, masalan tilga 4-5 yoshda tez o’rganiladi. Hunar egallash 12-13 yoshda tez o’rganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq, asab tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin hosil bo’ladi. Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta'sir ko’rsatadi. Shaxsni individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi fikrlarni keltirib o’tish joiz. Atoqli psixolog K.K. Platonov shaxsni "konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub'ektdir", L.I.Bojovich esa "odam o’zini anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda "men" degan tushuncha paydo bo’ladi" deb ta'kidlaydilar. A.N.Leontevning "faoliyat, ong, shaxs" degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar mavjud. "Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko’z o’ngida va o’z ko’z o’ngida qoladi". Mazkur fikrlardan ko’rinadiki, shaxs o’zini-o’zi anglashga qodir, ijtimoiy munosabatlarning sub'ekti, o’zini-o’zi anglash imkoniyatiga ega bo’lgan ongli mavjudot sifatida e'tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy jarayonlarining ta'sirida kamolga etadi.

Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir. Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. B.G.Anan'evning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga ajratish jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko’rinishi bo’lib, uning qaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olingan. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida ta'lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi o’zaro ta'sirining ifodalanishi yotadi. Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo’ladi.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT



http://azkurs.org
Yüklə 19,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə