Itimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti



Yüklə 19,52 Kb.
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü19,52 Kb.
#139674
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Shaxsning malaka va odatlari-azkurs.org

M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan "psixologiyadan qisqacha izohli lug’atda" individ bo’linmas, ayrim jins, shaxs ma'nolarini anglatib, biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudot sifatida ko’rsatib o’tiladi. Keltirilgan ta'riflardan shuni xulosa qilish mumkinki shaxs deb muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug’ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatining mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aql-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug’diradi, qo’llarining shakli shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbollarining mavjud-ligini ko’rsatadi. Yuqorida aytilganlarning barchasida chaqaloqning inson zotiga mansubligini ta'kidlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi. Buni quyidagi sxema asosida tushuntirish lozim. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri - bu uning individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o’ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir.

Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o’ziga xosligi hamda uning qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o’zida mujassamlashtirgan odam yo’q, inson shaxsi o’z individualligi jihatidan betakrordir.


"Endopsixika" va "ekzopsixika" haqida tushuncha
Hozirgi kunda asosiy muammolardan biri bir shaxsning boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishga ega ekanligidir. Ushbu psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi.
Shaxs tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir necha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi binobarin, ushbu bo’laklarning yig’indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanida psixologlar shaxsning psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli jihatlariga asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar.

Yüklə 19,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə