Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Hududiy dasturlarning samaradorligini oshirish yo`nalishlari



Yüklə 3,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/203
tarix24.05.2023
ölçüsü3,5 Mb.
#112544
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   203
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

5.5.Hududiy dasturlarning samaradorligini oshirish yo`nalishlari. 
Hududiy dasturlarning samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir: 
- yetarli darajada rivojlanmagan, umumrespublika darajasidan orqada qolayotgan hududlarni 
rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishning yagona metodikasini tasdiqlash; 
- respublika shahar va qishloq tumanlaridagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni monitoring qilish, 
ularni rivojlanish darajalariga ko`ra tipologiyasini ishlab chiqish; 
- hududiy dasturlarni, orqada qolgan tuman va shaharlarni qo`llab-quvvatlash dasturlarining 
loyihalarini ekspertizadan o`tkazishni tashkil etish. 
Joylarda hududlarni rivojlantirish dasturlarini samarali boshqarish maqsadida viloyat, 
shahar, tuman hokimliklariga quyidagi vazifalarni yuklash maqsadga muvofiq bo`ladi: 
- hududiy rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish, hududiy dasturni tuzish bo`yicha 
takliflar berish; 
- dastur asosida qo`llab-quvvatlashga muhtoj, muammoli shahar, tuman, aholi punktlarini 
ajratish va belgilash; 
- ular asosida mahalliy dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish hududiy dasturlarni 
respublikaning hududiy siyosati ustuvorliklari hamda tamoyillariga muvofiqlashtirish; 
- mahalliy dasturlar loyihalarini ekspertizadan o`tkazish va ular asosida yagona hududiy 
dasturlarni shakllantirish hamda ularni ko`rib chiqish, tasdiqlash uchun hududiy rivojlantirish 
bo`yicha Respublika komissiyasiga taqdim etish; 
- maxalliy dasturlarni amalga oshirishga rahbarlik qilib bajarilishini nazorat qilish, dastur 
bo`yicha joriy axborotlar va hisobotlarni muntazam berib borish. 
5.6. O`zbekistonda hududiy rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solishni 
takomillashtirish 
 
Bozor iqtisodiyotiga o`tayotgan mamlakatlar tajribasi ko`rsatishicha, hududiy (mintaqaviy) 
siyosat tartibga solish usullari orqali mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishini o`zgartirishga ta`sir 
etadi. 
Prezidentimiz SH.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida “hududlarni kompleks 
rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozim”.deb ta’kidlab o‘tdilar.
Iqtisodiyotdagi tizimli o‘zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 
joriy yilda 35 foizdan 37 foizga ortishi kutilmoqda. Biroq ayrim shahar va tumanlarda bu o‘ta 
muhim masalaga etarlicha e’tibor berilmayapti. 
Oqibatda, respublikaning 27 ta tumanida sanoatning ulushi viloyat ko‘rsatkichining 1 foiziga 
ham etmaydi. SHu sababli, har bir tuman va shahar sanoatini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq 
muddatli dasturlar ishlab chiqish kerak. Bu masalani, avvalo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 
viloyatlar rahbarlari alohida nazoratga olishi kerak. 
YAngi yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari ijrosi uchun 4 trillion so‘mdan 
ziyod mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda. 
Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va
________________________ 
1O‘zbekiston Respublikasi SHavkat Mirziyoevntng Oliy majlisga Murojaatnomasi. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr’ 
hozirdan boshlab zarur choralar ko‘rilmasa, ushbu ko‘rsatkich yaqin kelajakda pasayishi 
mumkin. 


Mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini 2030 yilga qadar 60 foizga etkazish 
bo‘yicha Davlat dasturi ishlab chiqilishi vazifa qilib belgilandi
1
.
Bu borada faqat poytaxt va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlarni emas, avvalo, hududlarda 
joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish e’tibor markazida turishi kerak. 
Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va 
posyolkalarda ko‘p qavatli uylar qurishga o‘tishimiz lozim. Muhandislik-kommunikatsiya 
infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish dasturlari bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanishi darkor.
O`zbekistonda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga 
solishdan ko`zlangan bosh maqsad hududlarni barqaror rivojlantirishni ra`gbatlantirish va 
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajalari o`rtasida keskin farqlarning vujudga kelishiga yo`l 
qo`ymaslik uchun sharoit yaratishdan iborat. 
Mamlakat hududlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini tartibga solish maqsadini amalga 
oshirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
- mamlakatning barcha hududlarini barqaror rivojlantirish uchun ularning iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanish darajalarini imkon darajada tenglashtirish; 
- hududlarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish
- ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashtirilishi va rivojlanishidagi asossiz vujudga 
keltirilgan nomutanosiblikni bartaraf etish; 
- hududlar ixtisoslashuvini oqilonalashtirish va tumanlararo iqtisodiy aloqalarni 
optimallashtirish; 
- hududlarning hududlararo va tashqi iqtisodiy integratsiyalashuvi, ayrim hududlarning 
iqtisodiy va ijtimoiy biqiqligiga barham berish. 
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning huquqiy shakllari sifatida qonunlar, 
qonunosti va sud huquqiy xujjatlar, aktlar xizmat qiladi. O`zbekistonda hududlar rivojlanishini 
tartibga solishda Prezident farmonlari, qaror, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va 
farmoyishlari muhim rol o`ynamoqda. 
Hududlar rivojlanishini tartibga solishning tashkiliy-institutsional tarkibi respublika ijro 
hokimiyati darajasida Vazirlar Mahkamasi, ko`pgina vazirlik va idoralar tomonidan 
shakllantiriladi. 
Hududlarni rivojlantirish umumiy siyosati Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va 
amalga oshiriladi. Ayrim iqtisodiyot sektorlari va yo`nalishlari bo`yicha hududiy muammolar 
bilan Markaziy bank, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O`zdavmulk”, Monopoliyadan 
chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasi, Qurilish va arxitektura bo`yicha qo`mita, 
“O`zkommunxizmat” agentligi va boshqalar shu`gullanadilar. 
Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish quyidagi yo`nalishlarbo`yicha amalga oshirildi: 
- hududlar, tumanlar guruhi va tumanlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab 
chiqish; 
- hududlar mineral-xom ashyo resurslarini kompleks o`zlashtirish, yer-suv resurslaridan 
samarali foydalanish, tashqi atrof muhitni muhofaza qilish; 
- sanoat va uning tarmoqlarini rivojlantirishning hududiy va respublika dasturlarini ishlab 
chiqish, faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish quvvatlari profilini o`zgartirish, xorijiy investitsiyali 
yangi korxonalarni qurish; 
- hududlar qishloq xo`jaligini ularning tabiiy-iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda 
ixtisoslashtirish, qishloq xo`jaligida islohotlarni rivojlantirish va yanada chuqurlashtirish bo`yicha 
respublika, hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 
- ish bilan bandlik, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq aholisini tabiiy gaz va 
ichimlik suvi bilan ta`minlash bo`yicha respublika dasturlarini amalga oshirish; 
- respublika va mahalliy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish; 
- mahalliy byudjetni mustahkamlash, hududlarga dotatsiya va subventsiyalar ajratish; 
- boshqarishning hududiy-xo`jalik tizimini oqilona tashkil etish maqsadida mamlakatni 


ma`muriy-hududiy bo`linishini takomillashtirish. 
Hudud rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish mahalliy o`z-o`zini boshqarish 
organlari iqtisodiy bazasi, mamlakatdagi byudjet tizimi, tadbirkorlikning rivojlanish ko`lami, 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari hamda usullariga, tezligiga, 
soliq imtiyozlarini qo`llash tajribasi, byudjetdan tashqari jam`garmalar, moliyaviy resurslarga, 
hududning investitsiyaviy va eksport imkoniyatlari, viloyatlar va tumanlararo, shuningdek, tashqi 
iqtisodiy aloqalar, bozor infratuzilmasi ob`ektlari rivojlanish darajasi, aholining ish bilan bandlik 
muammolarining xususiyatlari va hududdagi ekologik vaziyatga bo`gliq. 
Hudud rivojlanishini davlat tomonidan to``gridan-to``gri tartibga solish respublika byudjeti, 
dotatsiya va subventsiyalar hisobiga maqsadli dasturlar va yirik investitsiya loyihalarini amalga 
oshirish orqali bo`ladi. 
Davlat tomonidan hududlarni rivojlantirishni tartibga solish maqsadida quyidagi dasturlar 
ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda: 
1. Sanoatni rivojlantirish dasturlari. 
2. Qishloq xo`jaligini rivojlantirishni tartibga solish. Bunda quyidagi tartiblash usullaridan 
foydalanilmoqda: 
- hududlarda mahsulot hajmi, qishloq xo`jaligi ekin maydonlari va hududlarning 
ixtisoslashuvini tartibga solish; 
- qishloqda ijtimoiy va bozor infratuzilmasini vujudga keltirish; 
- qishloq xo`jaligi yerlarining meliorativ ahvolini yaxshilash
- qishloq xo`jaligi korxonalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash va mustahkamlash, ishlab 
chiqarishga xizmat ko`rsatish bo`yicha korxonalar tarmo`gini yaratish; 
- tabiatni muhofaza qiluvchi va gidrotexnik qurilmalarni qurish; 
- zarar ko`rib ishlovchi va past rentabelli qishloq xo`jaligi korxonalarini moliyaviy qo`llab-
quvvatlash. 
Qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturiga muvofiq qishloqda 
mulkdorlar sinfini, fermer xo`jaliklarini shakllantirish jarayonlari davom ettirildi, tuproq 
unumdorligini oshirish, selektsiya va uru`gchilikni yaxshilash, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi 
hajmlarini o`stirish chora-tadbirlari ko`riladi. 
3. Hududlar eksport salohiyatidan samarali foydalanish va qo`shma korxonalarni tashkil 
etishni tartibga solish. 
Endilikda, respublika hududida, ayniqsa, kam rivojlangan hududlarda qo`shma korxonalar 
tashkil etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun maqsadli dasturlar tuzish va ularni 
ra`gbatlantirish uchun soliq, boj, kredit imtiyozlari mexanizmini yaratish maqsadga muvofiqdir. 
4. Transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish. Hududlarda temir yo`llar, avtomobil
yo`llarini qurish hududiy siyosatning muhim qismi hisoblanadi. Buning oqibatida hududlarning 
viloyatlararo, tumanlararo tashqi iqtisodiy aloqalari kuchayadi, tadbirkorlik, biznes rivojlanishi, 
xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay muhit yaratiladi. 
5. Hududlarning ijtimoiy rivojlanishini tartibga solish. 
Ijtimoiy sohani tartibga solishda respublika, hududiy va mahalliy boshqarish darajalari 
mavjud bo`ladi. Hududlarning ijtimoiy rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish territorial 
dasturlar orqali amalga oshiriladi. 
O`zbekistonda qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish va hududlarning rivojlanishini 
tartibga solish mexanizmini takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga 
muvofiqdir: 
- hududlarni rivojlantirish bo`yicha respublika va hududiy dasturlarni tanlash va ularni 
amalga oshirishni asoslash hamda navbatga qo`yish tizimini shakllantirish; 
- respublika va hududiy dasturlarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, buning 
uchun mahalliy hokimliklar va tegishli vazirliklarning mas`uliyatini oshirish; 
- iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo`yicha davlat dasturlarining hududiy jihatlarini 
kuchaytirish; 
- tarmoq dasturlarining hududiy jihatlari monitoringini tashkil etish; 


- hududlar va tarmoq imkoniyatlari, zahiralarini chuqur o`rganish va hisobga olish asosida 
prognoz ko`rsatkichlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash; 
- dasturlarni amalga oshirish ustidan qat`iy nazoratni kuchaytirish, nazorat tizimini yaratish. 
Hududiy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish uchun ma`muriy 
qarorlar qabul qilish bilangina cheklanib qolmasdan, shu bilan birga, iqtisodiy ra`gbatlantirish 
tavsifiga ega bo`lgan dastak va usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Moliyaviy jihatdan qo`llab-quvvatlash uchun hududni tanlashda hududdagi muammoli 
holatlarni chuqur o`rganish lozim bo`ladi. 
Hukumat tomonidan hududlarni tashkiliy-axborot, tashqi iqtisodiy faoliyat, xorijiy kreditlar, 
grantlar olish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro dasturlar va texnik ko`maklar 
loyihalarida ishtirok etishida yordam berish va qo`llab-quvvatlash kerak bo`ladi. 
Hududiy rivojlanishni tartibga solishda moliyaviy mexanizmlardan foydalanish muhim 
ahamiyatga egadir. Hududlarni rivojlantirish uchun 1999 yilgacha mavjud bo`lgan byudjetlararo 
transfertlar o`z mabla`glari minimal xarajatlarni qoplay olmaydigan hududlarga subventsiyalar 
shaklida berilar edi. 
Subventsiyalar hajmi Davlat byudjeti loyihasi bilan birgalikda tasdiqlanadi. Mabla`glar, 
birinchi, navbatda hududlarning ish haqi, stipendiyalar, nafaqa va pensiyalarni moliyalashtirishga 
ajratiladi. 
2000 yilda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining “Byudjet tizimi to``grisida”gi 
Qonuni bu tizimga ba`zi o`zgartirishlar kiritdi. Bu o`zgarishlar jumlasiga mahalliy byudjetlarning 
defitsitsizligi to``grisidagi qoida kiritildi. Shuningdek, mahalliy hokimliklarga tasdiqlangan 
ko`rsatkichlardan yuqori, qo`shimcha tarzda tushgan daromadlardan o`z ehtiyojlari uchun ishlatish 
huquqi berildi. 
Mahalliy byudjetlarni balanslashtirish umumdavlat soliqlardan ajratmalar normativlarini va 
berilgan dotatsiyalarni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. 
Respublika hukumati tomonidan mahalliy hokimiyat organlari va o`zini o`zi boshqarish 
organlariga davlat boshqaruvi vakolatlari bir qismining o`tkazilishi oqibatida hududiy mahalliy 
byudjetlarning roli oshadi. 

Yüklə 3,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə