Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 240 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/129
tarix22.03.2024
ölçüsü240 Kb.
#182468
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   129
Ozbekiston tarixi 7 uzb 2022

Mulohaza uchun
Ijodiy faoliyat
1. Mustaqil davlatni idora qilish uchun yana qan-
day omillar zarur bo‘ladi?
2. «Eftaliylar davlat boshqaruvida ma’lum qonun-qoidalar 
mavjud bo‘lgan. Davlat harbiy kuchga tayan gan», – degan 
mulohazani tushuntiring. Harbiy boshqaruvni ta’minlash 
uchun qanday tartiblar joriy etiladi?
V asrda sosoniylar va eftaliylar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlarda eftaliylar 
qo‘shinining ustun kelishi ular harbiy mahoratining yuqori darajada ekanligi-
dan dalolat beradi. Firdavsiyning «Shohnoma» asarida Vaxshunvor va Peruz 
davri voqealari ham o‘z aksini topgan. Eftaliylarning podshosi Katulf «Shohno-
ma»da ko‘rsatilgan shu xalqning Gatfar ismli podshohiga o‘xshatilgan.
Eftaliylar hukmdori tasvirlangan 
koshin (freska) parchasi


Tashqi savdo bojidan 
manfaat dor bo‘lgan eftaliy
-
lar Ipak yo‘lini o‘z nazoratlari ostida tutib 
turishga harakat qilgan. Xitoy, Hindiston, 
Eron va Vizantiya bilan bo‘lgan xalqaro 
savdoda faol qatnashgan. Ipak yo‘li sav
-
dosida sosoniy savdogarlari bilan raqo
-
batda asosan sug‘diy lar vositachi rolini 
o‘ynardi. Ichki va tashqi savdo mu no-
sa batlarida eftaliylar dastavval sosoniy 
hukmdorlarining kumush tangalaridan 
keng foydalanadilar. Bundan tashqari
Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab, 
Samarqand va Xo razm da mahal liy ho
-
kimlar tomonidan chiqarilgan chaqa 
tan ga lar mamlakatning ichki savdosida 
keng muomalada bo‘lgan.
Bu davrda Turonda shishasozlik rivoj-
langan. Shishalar rangdorligi, yarqi roq ligi 
va tiniqligi jihatidan Vizantiya shi shasidan 
ustun tur gan. Xitoy imperatorlari o‘z sa-
roylarini bezashda Turon dan keltirilgan 
rangli shishadan foydalanganlar.
Ijodiy faoliyat
1. Nima sababdan eftaliylar hukm-
ronligining dastlab 
ki yillarida 
sosoniylar tangalaridan foydalanishgan?
2. Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezash-
da Turondan keltirilgan rangli shishadan 
foydalangan. Nima uchun Xitoyda va 
boshqa o‘lkalarda bunday shishalarga xa-
ridor ko‘p bo‘lgan, deb o‘ylaysiz? Fikringiz-
ni asoslang.
Ma’lumot uchun
Turon aholisining bir qismi sug‘d tilida, ikkinchi 
qismi esa tur kiy tilda so‘zlashgan. Bu davrda sug‘d tili 
xalqaro savdo tili sifatida Yettisuv, Farg‘ona, Sharqiy 
Turkiston va Xitoy hududlarida muomalada bo‘lgan. 
Eftaliylar alifbosi Baqtriya yozuvi asosida shakllangan. Mazkur 
alifbo 25 harfdan iborat bo‘lgan.
Eftaliylar davrida ham bolalarga yoshligidan ta’lim va tarbiya 
berilgan. Ayniqsa, harbiy soha bilan faqat o‘smir o‘g‘il bolalargina 
shug‘ullanmagan. Qizlar ham otda yurishga, kamondan o‘q otish 
kabi jismoniy mashqlarga jalb qilingan.

Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə