Iv asrdan XIII asr boshlarigacha 7-sinf o‘quvchilari uchun darslik



Yüklə 240 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/129
tarix22.03.2024
ölçüsü240 Kb.
#182468
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   129
Ozbekiston tarixi 7 uzb 2022

Mulohaza uchun
15


Kidariylar askari
V asrning 20-yillarida sharqdan Sir daryo va Orol bo‘y
-
lari orqali Xorazm hamda Amudaryo hav zasiga yana 
bir ko‘chmanchi chorvador aholi – 
toxarlar
kirib kelgan. 
Toxariylar kushonlarning avlodlari bo‘lgan. Ularga 
Kidar
ismli hukmdor boshchilik qilganligi uchun ularni 
ki
-
dariylar
deb ham atashadi. Tez orada kidariylar 
Xioniylar davlatining janubiy qismida o‘z hukm-
ronligini o‘r nat ganlar. Balx shahri bu yangi 
davlatning poytaxtiga ay lan tirilgan.
Manbalarda aytilishicha, kidariylar dastlab 
Sharqiy Turkiston hududida yashaganlar. 
Yuechjilar (kushonlar) hukmdori Sido
-
lo jujanlar hujumi tufayli o‘z qarorgohini 
Bolo (Balx)ga ko‘chirgan. Kidar esa, 
Shimoliy Hindistonga yurish qilib
Gandhardan shimoldagi 5 ta davlatni 
o‘ziga bo‘ysundirgan.
Kidariylar Hindistonda Gupta davla
tini 
egallab, bu yerda 75 yil hukmronlik
qilgan va Xitoyga elchilar yuborgan
.
16


Kidariylar tangalari
Afsuski, xioniylar 
va kidariylarning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimi haqidagi 
ma’lumotlar bizgacha 
yetib kelmagan.
Kidariylarning janubdagi Eron sosoniy
-
lari bilan munosabati yomonlashib borgan. 
456- yilda kidariylar va sosoniylar o‘rtasida 
to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi. Bu to‘qnashuvda ki
-
dariylar sosoniylardan yengiladi. 
Keyinchalik kidariylar ham ko‘chmanchi 
chorvador aholi – 
eftaliylar
bilan to‘qnashadi
-
lar. Natijada, ular Shimoliy Hindistonga cheki
-
nadilar. 
Kidariylarning tangalari braxmiy yozuvida
zarb etilgan. Ularga tegishli «Kidara Kushon 
sha» degan yozuv bitilgan tangalar ham topil
-
gan. Bunday tangalar ikkita hokim tomonidan 
bir vaqtning o‘zida zarb etilgan.
17
Tarixchi K. Treverning fikricha, xioniylar IV asrning 70-yillari-
da o‘zining kuchaygan pallasiga kiradi. Turonda kidariy-
lar va еftaliylar hukmronligi o‘rnatilgach, xioniylarning si-
yosiy ahvoli o‘zgaradi va ular еftaliylarga tobe bo‘lib qoladi.
1. Agar siz III-IV asrlarga tushib qolsangiz, qal’ani qurish va 
uni dushmanlardan himoya qilish uchun qanday yo‘l tutgan 
bo‘lardingiz? Davr sharoitidan kelib chiqib javob bering.
2. Xioniylar va Kidariylar davlatlari hududini xaritadan ko‘rsating.

Yüklə 240 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə